O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti yarmatov r. B., Axmedshina f. A



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/47
Sana22.04.2022
Hajmi0,97 Mb.
#574233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Diss yozish.strukturasi

I.
 
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ISHINING TUZILMASI 
1.1.
 
MAGISTRLIK MAVZUSINI TANLASH VA ILMIY 
RAHBARNI TAYINLASH
 
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari dolzarb ilmiy-tadqiqot 
masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag‘ishlanishi 
maqsadga muvofiq. Dissertatsiyalarning mavzulari oliy ta’lim 
muassasasida shartnoma va loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-
tadqiqot ishlarining bir qismi bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin.
Dissertatsiya 
mavzulari 
kafedraning 
yetakchi 
professor-
o‘qituvchilari tomonidan (tashkilotlarning o‘z yechimini kutayotgan va 
istiqbolli masalalarini hisobga olgan holda) o‘quv yili boshlanishigacha 
shakllantiriladi va zaruriyat bo‘lganda buyurtmachilar bilan kelishilgan 
holda oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha 
prorektori tomonidan tasdiqlanadi. 
Magistrlik dissertatsiyasining 
mavzusi har bir 
magistrant 
tomonidan mutaxassislik kafedrasi tomonidan tavsiya etilgan mavzular 
bankidan mustaqil tanlab olinadi.
Professor yoki fan doktori (Doctor of Scince DSc) beshtagacha, 
shuningdek dotsent, fan nomzodi (Doctor of Philosophy PhD) va 
mutaxassis 
uchtagacha 
talabaning 
magistrlik 
dissertatsiyasiga 
rahbarlikni amalga oshirish mumkin. (Mazkur ish turining bajarilganligi 
institutning buyrug‘i, talabaning kalendar ish rejasi va magistrlik 
dissertatsiyasining himoyaga taqdim etilgani asosida aniqlanadi). 
Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy ta’lim muassasasi yoki 
fakultet kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining 
magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy 
maslahatchilari) o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) 
taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari o‘qiyotgan birinchi 
o‘quv yilining birinchi semestrida tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori 
(direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 
Dissertatsiyalarning mavzulari tasdiqlangandan va ilmiy rahbarlar 
tayinlangandan so‘ng 1 oy muddatda ular haqidagi ma’lumot talabalar 



familiyasi, ismi, sharifi hamda dissertatsiya mavzularining maqsadi va 
vazifalari qisqacha ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining rasmiy 
saytida e’lon qilinadi. 
Dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbarning o‘zgartirilishi talabaning 
ularni o‘zgartirish sabablari asoslantirilgan yozma arizasi asosida oliy 
ta’lim muassasasining o‘quv-uslubiy kengashi qarori bilan amalga 
oshiriladi va oliy ta’lim muassasasining rektori buyrug‘i bilan yangi 
dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar tayinlanadi. 
Dissertatsiya mavzusini o‘zgartirishda ilmiy rahbarning roziligi 
hisobga olinadi. O‘zgartirilgan dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar 
to‘g‘risidagi ma’lumot bir hafta muddatda talabalar familiyasi, ismi, 
sharifi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari 
ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida qayta e’lon 
qilinadi. 
Tadqiqot mavzusi tanlangach, magistrant ilmiy rahbarning bevosita 
ishtirokida dissertatsiya yozishning ish rejasini ishlab chiqadi. Unda 
dissertatsiya mavzusini tanlashdan himoyagacha bo‘lgan bosqichlarda 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda ularning muddatlari o‘z 
aksini topadi. 
Magistraturada magistratura talabasining shaxsiy kalendar ish rejasi 
(1-ilova) asosida ta’lim olishiga magistratura bo‘limi boshlig‘i, tegishli 
fakultet dekani va kafedra mudiri hamda ilmiy rahbar (ilmiy 
maslahatchi) mas’ul hisoblanadi. 
Shaxsiy kalendar ish reja o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik 
va malakaviy amaliyot faoliyatiga oid tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi. 
Ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tegishli kafedrada 
tasdiqlangan ish reja magistratura bo‘limi tavsiyasi asosida oliy ta’lim 
muassasasining 
o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan 
tasdiqlanadi. Talaba ish rejaning bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra 
yig‘ilishida hisobot beradi. Bunda talabalar hisobotini eshitish jadvali 
tegishli kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va magistratura bo‘limi bilan 
kelishgan holda tegishli fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. 
Talaba ilmiy rahbari ishtirokida semestrlar yakunida tegishli 
fakultet ilmiy kengashi (o‘quv-uslubiy kengash) va magistratura 


10 
bo‘limiga dissertatsiyaning bajarilish holati, ilmiy, tayyorlangan uslubiy 
maqolalar, o‘tkazilgan ijodiy ishlar va boshqalar haqida yozma hisobot 
taqdim etadi. 
Talaba tomonidan shaxsiy ish rejasini tizimli ravishda buzilishi va 
talaba aybi bilan dissertatsiyaning o‘z vaqtida bajarilmasligi holatlarida 
ilmiy rahbar talabaga ilmiy rahbarlik qilishdan voz kechishi va uni 
dastlabki himoyaga tavsiya etmasligi mumkin. 
Magistratura talabasining ilmiy rahbar bilan maslahatlashuvlari 
avvaldan belgilangan kunlar va soatlarda muntazam ravishda o‘tkazib 
boriladi. Maslahatlar vaqtida magistr tomonidan dissertatsiya ishi 
rejasining bajarilishi ko‘rib chiqiladi va dissertatsiya ishining borishi 
muhokama qilinadi. Mazkur muhokamalarning natijalari 
magistratura 
talabasining 
vaqtini to‘g‘ri taqsimlash va dissertatsiyani tayyorlash 
hamda yozishni tezlashtirishga yo‘naltirilishi kerak.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish