O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti yarmatov r. B., Axmedshina f. A


Dissertatsiyaning rasmiy himoyasi quyidagilarni o‘z ichiga



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/47
Sana22.04.2022
Hajmi0,97 Mb.
#574233
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
Diss yozish.strukturasi

Dissertatsiyaning rasmiy himoyasi quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
1. talabaning taqdimotini;
2. talabaning komissiya a’zolarining savollariga bergan javoblarini; 
3. Komissiya a’zolarining dissertatsiya bo‘yicha sharhlarini; 
4. Komissiya a’zolari tomonidan dissertatsiyaga berilgan tavsiya va 
e’tirozlarga talabaning bildirgan fikrlarini. 
Komissiyasi oldida so‘zlanadigan nutq matni magistrant tomonidan 
tayyorlanadi. Ushbu matn nafaqat ilmiy ishning sifatini, balki 
magistrantning o‘z ustida qanday ishlaganlik darajasini ham bildiradi. 
 
 
2.5. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING HIMOYASINI 
O‘TKAZISH QOIDALARI 
Magistrlik dissertatsiyasining himoyasi ommaviy shaklda o‘tadi, 
ilmiy munozara tusida bo‘ladi va yuksak talabchanlik, prinsipiallik va 
ilmiy etikaga rioya qilish vaziyatida bo‘lib o‘tadi. Dissertatsiyaning 
himoyasi paytida Davlat attestatsiya komissiyasi raisi dissertatsiyaning 
nomini, 
muallifining 
familiyasi, 
ismi-sharifini 
ma’lum qiladi, 
shuningdek, 
ishda 
zarur 
hujjatlarning 
mavjudligini 
bildiradi, 
magistrantning «ta’limiy va ilmiy tarjimayi holini», uning o‘zlashtirishi, 
mabodo mavjud bo‘lsa, e’lon qilgan maqolalarini qisqacha tavsiflaydi. 
So‘z magistrantning ilmiy rahbariga beriladi. Ilmiy rahbar o‘z nutqida 
magistrantning dissertatsiya ustida olib borgan ishga munosabatini ochib 
beradi, shuningdek, attestatsiya komissiyasi, ilmiy rahbarning bergan 
savollari xususida o‘z fikrini bildiradi, raislik qiluvchi ilmiy rahbarning 
dissertatsiya ishi haqidagi yozma xulosasini davlat attestatsiya 
komissiyasi a’zolariga o‘qib beradi. So‘ngra magistrantning o‘ziga so‘z 
beriladi. Magistrant nutqini oldindan tayyorlagan ma’ruzasi asosida 


35 
quradi (imkoni boricha uni yoddan aytib bergani ma’qul). Tadqiqot 
natijalarini ma’lum qilish uchun unga 15 minutgacha vaqt beriladi. 
Ma’ruza tadqiqotning metodologik bazasini, qo‘yilgan vazifalar 
yechimi natijalari va dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tavsiyalarni o‘z 
ichiga oladi. Magistrant asosiy diqqat-e’tiborini o‘tkazilgan tadqiqotning 
asosiy yakunlari, o‘zi shaxsan ishlab chiqqan yangi nazariy va amaliy 
qoidalarga qaratadi. Zarur bo‘lganida tayyorlangan slaydlar, jadvallar va 
grafiklar namoyish qilinishi mumkin. 
Nafaqat magistrant nutqi matnining mazmuni, shu bilan birga, 
nutqning o‘zi ham himoya muvaffaqiyatini oldindan belgilab beradi. 
Magistrant nutqi aniq, imloviy jihatdan to‘g‘ri, tushunarli va ifodali 
bo‘lishi kerak. U hamma savollarga ishonch bilan, ilmiy dalillar asosida 
javob berishi, erkin nutq qoidalariga amal qilishi kerak. 
Magistrantning 
nutqidan 
keyin 
raislik 
qiluvchi 
bajarilgan 
dissertatsiyaga rasmiy opponentning taqrizini o‘qib beradi va opponet 
bildirgan fikrlarga o‘z javobini aytishi va opponentning xulosalari 
hamda tavsiyalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon qilishi uchun 
magistrantga so‘z beradi. 
Shundan so‘ng muhokama va ilmiy munozara jarayoni boshlanadi. 
Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari dissertatsiyada ko‘tarilgan 
muammolar, tadqiqot uslublari bo‘yicha har qanday savollarni berishi, 
tadqiq etish tartib-qoidalarini va tajriba ishi natijalarini aniqlashtirishi 
mumkin. 
Bunday savollarga javob berishda faqat ish mohiyatiga daxl 
qilinishi lozim. Magistrant o‘zining ilmiy natijalarini baholashda 
kamtarinlik va davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga nisbatan 
ehtiromli munosabat namoyon qilishi zarur. 
Javob berishdan oldin savolni diqqat bilan tinglash va zarur 
bo‘lganida savolni yozib olishi kerak. Har bir berilayotgan savolga 
imkoni boricha izchillik bilan javob qaytarish lozim, savollarning 
hammasini eshitib bo‘lib, faqat shundan keyin birdaniga javob berish 
yaramaydi. Munozara tugaganidan so‘ng magistrantga yakunlovchi so‘z 
berilishi ham mumkin. Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolarining 
yopiq majlisida himoyaga yakun yasaladi. Bunday qaror komissiya 


36 
a’zolari ovozlarining oddiy ko‘pchiligi bilan qabul qilinadi. Ovozlar 
teng bo‘lib qolganida raisning ovozi hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi. 
So‘ngra rais majlisda ishtirok etuvchilarga dissertatsiyasini himoya 
qilgan tadqiqotchilarga magistrlik akademik darajasining berilishini 
bildiradi va komissiya majlisini yopiq, deb e’lon qiladi. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish