Ishemik insultda kasallik boshlanganidan boshlab,
dastlabki 6 soatda (terapevtik
oyna) neyronlar o‘lishining oldini olish imkoniyati bo‘ladi, neyronlar nekroz o‘chog‘i
atrofida «yarimsoya» paydo qiladi. Shu maqsadda okklyuziyalangan tomirning
o‘tkazuvchanligini tiklaydigan fibrinolitiklar va neyroprotektor preparatlari qo‘llaniladi.
Tromboz vа emboliyalarda to‘qima plazmogeni reaktivatorlari buyuriladi
(plazma
100-
150 ml), geparinoterapiya o‘tkaziladi. (10 ming birlik har kuni perfuzor orqali yoki 2,5
178
ming birlik qorin terisi ostiga kuniga 4- 6 mahal), bilvosita ta‘sir qiladigan
antikoagulyantlar (fenilin - 0,03, har kuniga 2-3 mahal, sinkumar - 8-16 mg 3-4 hafta
davomida), antiagregantlar (trental - 5 ml venaga tomchilab, 200 ml fiz eritmada kuniga 2
mahal). Gemodilyutsiya reopoliglyukin, reomakrodeks (400 ml venaga tomchilab).
Papaverin va eufillin qo‘llash haqidagi masala hanuz muhokamada. Hozirgi
paytda shu narsa isbotlanganki, bu preparatlar intakt tomirlarga ta‘sir qilib, aynan ularni
kengaytiradi, bu esa «miya ichi o‘g‘irlash sindromining» rivojlanishiga olib keladi. Biroq
papaverin zararlangan tomirlarga faqat insultdan keyin dastlabki uch kun ichida ta‘sir
qilmaydi, eufillin bo‘lsa miya to‘qimasiga yana metabolik ta‘sir кo‘rsatadi hamda faqat
30% bemorda «qayta o‘g‘irlash» fenomenini paydo qiladi, degan fikr bor.
Nerv to‘qimasidagi almashinuv jarayonlarini yaxshilash uchun venaga piratsetam
(nootropil) 20%-10,0 №10, tserebrolizin 10-30 ml №10 buyuriladi. Shu maqsadda
aminokislota - glitsin - 2 tabletkadan kuniga 3 mahal til ostiga insultning o‘tkir davrida
beriladi, glitsin umumiy miya va o‘choqli simptomlarni ancha pasaytiradi, ong
buzilishining regressini tezlashtiradi.
Korteksinni qo’llash (
10 mg mushak orasiga 1ml fiziologikeritmada №10) qon-
tomir devorining endotelial zararlanishini va neyronlarga autoimmun agressiyani
kamaytirish hisobiga yaxshi natija beradi, bu ularni ishemiyaga uchragan penumbr
sohalarida saqlanishiga imkon beradi. Shu munosabat bilan korteksinning ta‘siri
antiapoptoz sifatida baholanadi.
Kaltsiy kanallarining blokatorlari - nimotop - 60 mg kuniga 3-4 mahal (2-3 oy),
korinfar - 10-20 mg kuniga 3-4 mahal til ostiga, finoptin (izoptin) - 40-80 mg kuniga
(davolash 2 haftadan 6 oygacha). Ushbu dori vositalarni qo‘llangan vaqtda, arterial qon
bosimni va qon quyilishi vaqtini nazorat qilish lozim. Chunki bu dori-vositalarini
yondosh ta‘siri natijasida arterial qon bosimning keskin pasayshi, yoki qon
ivuvchanligining kamayshi kuzatilishi mumkin.
Gipoksiya protektorlari (antigipoksantlar) - gipoksiyaning miya strukturasiga
zararlovchi ta‘sirini pasaytiradigan vositalar. Antigipoksant sifatida aktoveginni qo‘llash
maqsadga muvofikdir. Bu vosita tirik hujayralarning gipoksiya va ishemiya sharoitlarida
kislorod va glyukozalarga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi, bu bilan nerv to‘qimalarida
mikrotsirkulyatsiyani va metabolizmni yaxshilaydi. Ishemik insultning o‘tkir davrida
aktovegin venaga 250-500 ml (1000-2000 mg) tomchilab, har kuni, 2-3 haftaga
buyuriladi. Komada - kuniga 2 mahal. Miyani gipoksiyadan himoya qilish uchun
shuningdek, baroterapiya kichikroq bosim ostida (1,1-1,2 atm), 4-7 kun (qisqa kurs)
buyuriladi. Hozirgi vaqtda bosh miya qon aylanishini yaxshilovchi turli xil dori vositalari
mavjud shu qatorda instenon dori vositasini aytib o‘tish kerak. Instenon qon aylanishi va
bosh miya metabolizmining juda kuchli kombinatsiyalangan aktivatori hisoblanadi. Uni
ishemik инсултнинг o‘tkir davrida venaga tomchilab glyukozaning 5% li eritmasida
мушак orasiga 2.0 kuniga 2 mahal 5-7 kun yoki klinik yaxshilangunga qadar buyuriladi.
Ishemik insultda bemor uzog‘i bilan 2 hafta yotishi kerak.
Gemorragik insultda bemor, xususan subaraxnoidal qon
қуйилишда 3 hafta
mobaynida o‘rnidan qimirlamay yotishi kerak. Iloji бориchа, унга orom berish kerak
(o‘rinda o‘tirishi, o‘zi bir yondan ikkinchi yonga a?darilishi mumkin emas), xojat paytida
kuchanmasligi kerak (ichni yumshatadigan dorilar buyuriladi), yo‘talayotgan bo‘lsa,
yo‘talni qoldiradigan preparat buyuriladi, asabini buzmasligi shart (seduksen- 0,5% 2-4
ml, natriy oksibutirati - 20% 5-6 ml mushak orasiga).
Gemostatik maqadida aminokapron kislota 5% - 100,0 venaga tomchilab
yuboriladi,3-5 kun, kuniga 1-2 marta.
DVS - sindromining oldini olish uchun venaga tomchilab ferment preparatlar:
gordoks (400 ming birlik kuniga 4 mahal 5 kun);
kontrikal, trasilol
(25-50 ming birlik
kuniga 2 mahal 7-10 kun mobaynida) buyuriladi.
179
Ditsinon (250 mg kuniga 4 mahal parenteral) qon oqishi vaqtini qisqartiradi,
tomirlar devorining o‘tkazuvchanligini pasaytiradi. Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash
uchun reopoliglyukinning kichik dozalari (venaga bo‘lib-bo‘lib) tavsiya qilinadi.
Miyaga qon quyilgandan keyin 3- 5 - kuni qonning ekzatoksik ta‘siri ta‘siri
natijasida kelib chiqqan ikkilamchi angiospazmni yo‘qotadigan preparatlar qo‘llaniladi:
bu rezerpin 0,1% - 1,0 mushak orasiga, lidokain 20% - 2,0 venaga tomchilab 5%
glyukozada, nimodipin - 50 mg kuniga 1-2 mahal.
Fenotropildan foydalanganda yaxshi natijalar kuzatildi.
Ixtisoslashtirilgan muassasalarda gemorragik insultni (иккинchи kuni) xirurgik
davolash mumkin. Quyidagilar neyroxirurgik muolajalariga mone‘lik hisoblanadi:
1.
umumiy ahvolning og‘irligi;
2.
qonning qorinchaga oqib chiqishi;
3.
ko‘ruv do‘mboqchasiga va miya ustuniga qon quyilishi.
4. miya gematomasini hajmi 40-50 sm
3
ko‘p bo‘lgan holda (hajmi КТ yoki MRT
uslubi yordamida aniqlanadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |