6. Kremaster refleksi:
son ichki yuzasi terisini shtrixsimon chizishganda moyakni
ko‘taruvchi mushaklar qisqaradi.
7. Kaft refleksi:
tovon tashqi cheti terisini shtrixsimon chizishganda tovon
barmoqlarining kaftga qarab bukilishi.
8. Anal refleksi:
anal teshik sohasiga igna bilan suqilganda shu soha aylana mushagi
qisqaradi.
8-savol.
Patologik reflekslar turlari, tekshirish usullari.
Javob:
I. Yozuvchi patologik reflekslar
Babinskiy refleksi.
Oyoq kafti terisini to‘mtoq igna bilan ta‘sirlaganda piramida tizimi
zararlangan bemorlarda oyoq bosh barmog‘i bukilib, qolgan barmoqlar yelpig‘ichday
yo‘ziladi.
Oppengeym refleksi.
Katta boldir suyagining yuqori qirrasidan bosh barmoq bilan bosib
turib, barmoq pastga qarab yurgizilsa, bosh barmoq bukilib, qolgan barmoqlar
yelpig‘ichday yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |