O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti



Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet543/735
Sana29.01.2022
Hajmi7,42 Mb.
#418250
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   735
Bog'liq
asab kasalliklarida hamshiralik ishi

 
Klinika. 
Epilepsiyaning klinik ko‘rinishlari juda xilma-xil, lekin hamma turdagi 
epilepsiyaga turg‘un paroksizmal holatlar va sekin-asta zo‘rayuvchi buzilishlarning (asosan 
ruhiy sohada) bo‘lishi xos. 
 
Paroksizmal 
belgilar. 
Ularning 
juda 
xilma-xilligiga 
qaramay,klinik 
va 
elektroensefalografik ko‘rinishlariga qarab, tarqoq (generalizatsiyalashgan) epileptik xurujlar 
(birlamchi va ikkilamchi tarqoq), partsial epileptik xurujlarga ajratiladi. Ular harakat - djekson, 
adversiv va boshqalar; sezish - somatosensor, ko‘ruv, hid bilish va boshqa xurujlarga bo‘linadi. 
Ko‘rsatilgan tasnifi bo‘yicha murakkab parsial xurujlar - hushning holati (avtomatizmlar - hush 
buzilgan holatda maqsad sari yo‘nalgan tartibli harakatlar), disforiya bo‘lishi mumkin. 
Xurujlarning ba‘zi turlarini ko‘rib chiqamiz.
Toniko-klonik tutqanoq (katta shaytonlash talvasali tutqanoq). 
Shartli ravishda uning 
rivojlanishi 4 fazaga bo‘linadi.
Birinchi faza - aura. 
Aura xurujning ikkilamchi tarqoqliginiko‘rsatadi, birlamchi tarqoqda 
aura bo‘lmaydi va xuruj boshida bemor birdaniga yiqilib, shaytonlaydi va tutqanoq tutadi. Aura 
harakat, sezgi, hid bilish, eshituv, ko‘ruv, ruhiy bo‘lishi mumkin.
Auraning u yoki bu o‘ziga xosligi katta yarim sharlar bazal o‘zaklar vа ustun 
strukturalarida umumlashgan patologik ritm boshlanadigan epileptic o‘choq joylashganini 
ko‘rsatadi. Masalan, chap mimik mushaklar tortishuvi ko‘rinishida harakat aurasi epileptik 
o‘choqning kontralateral (bu holda o‘ng) yarim sharning oldingi markaziy egatchasining pastki 
qismida joylashganligini ko‘rsatadi. 
Epileptik o‘choqning qayerda joylashganini bilish jarrohlikda - miyaning epileptik o‘choq 
joylashgan qismini olib tashlashda katta amaliy ahamiyatga ega. Oqibatda patologik ritm 
umumlashmaydi. Birinchi fazada bemorning hushi normal bo‘lib, undan avvalgi va shu 
paytdagi hamma narsani eslay oladigan yagona fazadir. Aura bir necha lahza davom etadi, 
so‘ngra xurujning 2 fazasiga o‘tadi.
Ikkinchi faza - tonik xurujlar fazasi. 
Bemor hushidan ketib,birdaniga yiqiladi. Bunda 
bemor o‘ziga xos qichqiradi. Nafasi to‘xtaydi. Yuzi bo‘zarib ketadi, keyin qizaradi va ko‘p 
o‘tmay, ko‘karadi. Nafas buzilishlari nafas mushaklarining birdaniga qisqarib, tonik 
zo‘riqishiga bog‘liq. Bosh bir tomonga o‘giriladi yoki bir oz orqaga tashlanadi. Ko‘zlar chetga 
yoki yuqoriga qarab turadi. Ko‘z qorachiqlari kengayadi, yorug‘likdan ta‘sirlanmaydi. Bo‘yin 
venalar bo‘rtib chiqadi. Tish qattiq siqilgan. Og‘izdan so‘lak, shilliq, ba‘zan qon chiqadi. Qo‘li 
tirsak bo‘g‘imidan yoziladi, barmoqlari musht bo‘ladi, oyoqlari son-chanoq va tizza 
bo‘g‘imlarida yoyiladi. Ko‘krak qafaci nafas chiqargan holatda bo‘ladi. Qorin mushaklari 
taranglashadi. Bemor xurujning tonik bosqichida bo‘g‘ilib qolganiga o‘xshaydi. Faza bir necha 


425 
lahzadan 40 lahzagacha davom etadi. Uning oxirida titroq paydo bo‘lib, u xurujning uchinchi 
davriga xos bo‘lgan klonik tutqanoqqa o‘tadi.
Ikkinchi fazaning xavfliligi shundaki, bemor hushidan ketib, yiqiladi, boshi bilan pol 
yoki boshqa qattiq narsaga uriladi, balandlikdan yiqilishi (baland joyda ishlaganda) juda xavfli. 
U harakatlanuvchi mexanizmlar (masalan, metall yoki boshqa narsa bilan ishlovchi stanok) 
bilan, olov, suv bilan ishlaydiganlar uchun hamda avtomobil haydovchilari uchun xavfli. 
Yaxshi sharoitlarda bu faza sog‘liq uchun zarar yetkazmasligi ham mumkin, lekin vaqt o‘tishi 
bilan ko‘p takrorlanadigan xurujlarda 10-40 sekundda bosh miya gipoksiyasi tuzatib 
bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga olib keladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i va bosh miyaning 
boshqa sohalarida ko‘p miqdorda neyronlar nobud bo‘ladi.

Download 7,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   735




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish