O‘tkir serozli (limfotsitar)meningitlar
asosan Koksaki va ECHO enteroviruslari
tomonidan chaqiriladi. Kasallik epidemiya shaklida kechadi. Inkubatsion davri 5-10 kun davom
etadi.
Klinikasi.
Kasallik to‘satdan boshlanib, bemor eti uvishib, kaltiraydi. Harorati 39-40
gradusgacha ko‘tariladi. Boshi qattiq og‘riydi, ketma-ket qayt qiladi. Intoksikatsiya tez
kuchayib borib, bemor hadeb bezovtalanaveradi. Labda, burun sohasida gerpetik toshmalar
toshadi yoki gerpetik angina kuzatiladi. Bosh miya nervlarining zararlanishiga oid simptomlar
paydo bo‘ladi.
Orqa miya suyuqligi tiniq, yuqori bosim ostida oqadi, unda limfotsitar pleotsitoz aniqlanadi,
oqsil va glyukoza o‘zgarishsiz.
Davosi.
Enterovirus meningitlarning davosi asosan simptomatik – bosh og‘riqni
kamaytirishga va miya shishishini oldini olishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |