3.
tizza refleksi
bolg‘acha bilan tizza qopqog‘i pastida son to‘rt boshli mushagi payining ustiga
urishga javoban mushak qisqaradi va oyoq tizza bo‘g‘imida yoziladi.Tizza refleksini
aniqlashning bir nechta usullari bor. O‘tirgan holda bemor bir oyog‘ini boshqasining ustiga
qo‘yadi, bunda boldirlar erkin osilgan holda bo‘lishi kerak va bukish burchagi 90 gradus bo‘lishi
kerak. Bemor orqasi bilan yotganda vrach o‘zining qo‘lini bemorning tizza osti bo‘g‘imiga
qo‘yadi va uni shunday qo‘yadiki, bukish burchagi to‘mtoq bo‘lishi kerak, tovonlar esa yotoqdan
uzilmagan holda bo‘lishi kerak. Ba‘zan sog‘lom odamlarda ham tizza refleksi sust chaqiriladi.
Bunda Yendrashik usulidan foydalaniladi: bemorga ikkala qo‘lning barmoqlarini bir-biriga
mahkam ushlab ikki сhetga tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |