Ruhiy o‘zgarishlar
epilepsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Ruhiy buzilishlar
20-30% bemorlarda uchraydi. Ularni paroksizmal, davriy va surunkaliga ajratiladi.
Paroksizmal ruhiy buzilishlar
parsial tutqanoqning yagona belgisi yoki uning bir qismi
bo‘lishi mumkin. Masalan, birdan yuzaga kelgan qo‘rquv, hayajon, ideator tutqanoqlar.
Paroksizmalruhiy buzilishlar kategoriyasiga tutqanoqdan keyingi psixomotor qo‘zg‘alish kiradi.
Ruhiy holatning davriy o’zgarishi
soatlab, kunlab, haftalab davom etishi mumkin
bo‘lib, kayfiyatning o‘zgarishi (disforiya), yoki kam hollarda epileptik psixoz kuzatilishi bilan
namoyon bo‘ladi.
Disforiyalarodatda, kayfiyatning qayg‘uli-jaxldor bo‘lishi, vahima, betoqatlik, ba‘zan
kuzatuv vasvasasi bilan birga keladi. Disforiya cho‘qqisida bemorlar agressiv, buzuvchi
faoliyatlarga moyil bo‘lib, o‘ziga va atrofdagilarga xavf tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |