426
komasi chuqurlashadi, yurak qon tomir, nafas olish faoliyatlari, modda almashinuvi buzilishlari
kuchayadi. Hozirgi vaqtgacha epistatusga tushgan bemorlarning 60 foizdan ko‘pi o‘tkazilgan
davoga qaramay nobud bo‘ladi.
Djekson epilepsiyasi. Bu parsial epixurujlarning alohida turi.
Uni buyuk ingliz
nevropatologi Djekson nomi bilan atashadi. U 1863 yil parsial epilepsiyani klinik-anatomik
jihatdan tahlil qilgan. Djekson epilepsiyasi xurujlariga ko‘pincha bosh miya o‘smalari
shikastlari, meningo-ensefalit, shuningdek kista, sistiserkoz, exinokokkoz, solitar, tuberkulema,
zaxm, araxnoidit, paximeningit, qon tomir buzilishlari sabab bo‘ladi.
Djekson epilepsiyasida bemor hushini yo‘qotmaydi, klonik xurujlar,
mushaklarning u
yoki bu guruhida boshlanib, yonidagi mushaklarga o‘tib, ma‘lum izchillikda tarqaladi. Ba‘zan
qo‘l, oyoq va tananing yarmiga bir tomonlama tarqaladi.
Djekson epilepsiyasi hush yo‘qolmasdan faqatgina qisman xurujlar ko‘rinishida o‘tishi
mumkin. Boshqa turida esa xurujlar tarqalib, xuruj cho‘qqisida hush yo‘qolib, xuruj katta
shaytonlash xurujiga o‘tadi.
Ba‘zan Djekson epilepsiyasi sensor ko‘rinishga ega bo‘lib, tananing ma‘lum teri
qismlarida ketma-ket tarqalgan yangi sezgilar, paresteziya yoki og‘riqlar xuruji ko‘rinishida
kechadi. Kechroq xuruj tarqoq bo‘lishi mumkin. Бу sensor Djekson xurujidir.
Kojevnikov epilepsiyasi. Birinchi bo’lib 1894 yilda nevrologiya
asoschisi
A.Ya.Kojevnikov tomonidan yozilgan, u bu shaklni erilepsia carialis sivi partialis continua)
cheklangan, doimiy tutqanoq deb belgilagan.
Bu tur oddiy tutqanoq xurujlaridan xurujlararo davrda birorta mushak guruhida doimiy
klonik tortishuvlar bo‘lishi bilan farq qiladi. Jadalligiga ko‘ra o‘zgarib, ular
generalizatsiyalashuvi va hush yo‘qolishi bilan shaytonlash xurujiga o‘tishi mumkin. Bu
kamdan-kam uchraydigan tur Rossiyaning markaziy viloyatlariga qaraganda Sibir va Uralda
ko‘proq uchraydi. Ko‘pchilik hollarda Kojevnikov tutqanog‘iga
ensefalitning surunkali
zo‘rayuvchi turi sabab bo‘ladi. Lekin boshqa etiologik omillar - zaxm, sictisirkoz va boshqalar
ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Absans (kichik tutqanoq xuruji.)
Klinikadabir necha sekunddavomida hushdan ketish bilan
ta‘riflanadi.
Murakkab partsial xuruj. Murakkab ruhiy o’zgarishlar xos.
Xotiraning ko‘proq yoki
ozroq buzilishi, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘ladi, narsani avval ko‘rganlik, avval eshitlik hissi
yoki hech qachon eshitmagan, ko‘rmagan narsani his qilish bilan ta‘riflanadi.
Epileptik avtomatizm xurujlarida avval qilinayotgan
faollikning shunchaki davom etishi,
ba‘zan esa aksincha hush buzilib, yangi harakat faolligining paydo bo‘lishi sifatida kechadi,
bemor keyinchalik bu harakatlar haqida eslolmaydi.
Tutqanoqdagi ruhiy buzilishlar.
Epilepsiyada o‘ziga xos epileptikxarakter shakllanadi.
Epileptik tabiat.
Uning uchun 2 belgi xos: 1) ruhiy faoliyatninginertligi; 2)
jahl chiqib
ketishi, emotsional reaktsiyalarning beqarorligi. Bemorlar haddan tashqari mayda gap, olifta
bo‘ladilar. Ularda instinktlar kuchi oshib, his-tuyg‘ular avj oladi. Bemorlarning tuyg‘ulari har
xil, xushomadgo‘y, laganbardor, shirinsuxan bo‘ladi, bular qo‘zg‘aluvchanlik, jaxldorlik, keskin
affektiv o‘zgarishlar bilan birga kechadi. Affekt
vaqtida bemorlar jaxldor, tajjovuzkor
bo‘ladilar. Affekt kuchi sababga to‘g‘ri kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: