393
10.
Pnevmoniyani oldini olish uchun
insultning birinchi sutkalaridan boshlab, bemor tana vaziyatini har 2
soatga o‘zgartirib turish kerak, ko‘krak qafasini percussion massaj qilinadi, kuniga bir necha marta hafas
gimnastikasi: shar, pezinali o‘yinchoqlar shishirish, bir tomoni suvga solingan naychaga puflash kabilar
bemor tomonidan bajariladi. Havoning harorati 18-22 gradus bo‘lishi kerak, davriy ravishda xona havosini
almashtirib turish va xonani namli tozalash kerak. Pnevmoniya rivojlanayotganligiga shubha bo‘lsa,
antibiotiklar boshlaniladi. Kasallikning birinchi kunidan har 6 soatda tana harorati o‘lchab turiladi, harorat
ko‘tarilsa, uni pasaytiruvchi vositalar qilinadi.
11.
Siyish va defekatsiya aktining buzilishi
og‘ir insultlarda doim uchraydi. Ko‘pincha siydikni tuta olmaslik
kuzatiladi, bu esa yotoq yaralar rivojlanishiga va bemorni psixologik holatining yomonlashuviga olib
keladi. Parvarishning muhim tomonlaridan biri sutkalik siydik miqdorini, siyish va defekatsiya chastotasi
va mavjud bo‘lgan siydik kateterini nazorat qilishdir. Bemor to‘shagiga kleyonka qo‘yiladi yoki pampers
kiydiriladi. Doimiy kateterda uroinfeksiya rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi, uni oldini olish uchun siydik
pufagini har 4-6 soatda furatsilinning 1:5000 eritmasi bilan yuvib turiladi. Siyish aktini regulyatsiya qilish
uchun bemorni urinar o‘rgatish yaxshi effekt beradi, ya‘ni qat‘iy soat bo‘yicha siyishni mashq qilish, bunda
sudno bemor to‘shagiga yaqin joyda turishi kerak.
Qabziyatda diyetaga rioya qilish, zarurat bo‘lsa tozalovchi klizmalarni qilish kerak.
29.
Tromboemboliyani profilaktikasi uchun bemorni barvaqt faollashtirish kerak, oyoqlarini ko‘tarib
qo‘yish kerak, compression paypoqlar, boldirni elastic bintlar bilan bog‘lash, antikoagulyant yoki
antiagregant bositalar qilinish chora-tadbirlari amlga oshiriladi.
30.
Nutqdagi buzilishlar tufayli bemor gapini tushuntirishga qiynaladi, shuning uchun piktogrammalardan
yoki so‘zlar yozilgan kartochkalardan foydalaniladi.
31.
O‘z-o‘ziga xizmat qila olmasligi bemor tomonidan og‘ir qabul qilinadi, shuning uchun hamma usullar
sekinlik bilan hamshira va bemor yaqinlari tomonidan amalga oshiriladi. Kasallikning dastlabki kunlarida
hamshira bemorni kuniga 2-3 marta yuvintiradi, sochini taraydi, zarurat bo‘lsa, tirnog‘ini oladi. Bemor terisi
va shilliq qavatlarining tozaligini nazorat qiladi.
32.
Eshituv, ko‘ruv va boshqa bosh miya nervlari funksiyasining buzilishi bemor uchun qo‘shimcha
muammolarni keltirib chiqaradi, shuning uchun hamshira bemorni atrof-muhitga moslashishiga yordam
berishi kerak. Bemor yaqinlariga ham bu holat tushuntiriladi.
33.
Bemorning psixik muammolariga hamshira tushunuvchanlik va sabr-toqat bilan yondashishi kerak.
Xotirasini tiklash uchun bemorlarga ko‘proq kitob o‘qib berib, o‘qiganini bemorga qayta aytib berish
so‘raladi, turli xil oddiy masalalarni yechish so‘raladi. Agar depressiya rivojlansa, shifokorni chaqirib,
antidepressantlar tavsiyasi so‘raladi.
34.
Agarbemoruysharoitidaqarovchisibo‘lmasa,
hamshiraungaxonani,
uningjixozlarinibemoruchunqandayqulayjoylashtirishinitushuntirishikerak.
Ba‘zibemorlarinsultdankeyino‘ziningavvalgikasbiyfaoliyatigaqaytishadi,
shuninguchunmehnatterapevtibemorningavvalgikasbiybilimlarinitiklashbilanshug‘ullanishikerak.
Do'stlaringiz bilan baham: