O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
_________________________ fakulteti
______-guruh talabasi
_______________________ning
____________________________________
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL
ISHI
Qabul qildi: _____________.
Jizzax -2021 y.
Beshikdan qabrgacha ilm izla
Reja:
1. Inson hayotida ilm nechog'lik muhim?
2. Islom - ilm dini
3. Ilm inson umri ziyosi
Inson doim ilm izlaydi. Ilmadan murod. Murodga yetkazuvchi vosita esa kitobdir. Kitoblar turli xil. U insonga nafaqat murod balki yaxshilkka yetaklaydi. Ilm zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qiladi, u insonning muqaddas orzu-istaklarini amalga oshirishga yetaklaydi. Ilm olish har bir inson uchun ham qarz, ham farzdir. Uning erta-kechi yo'q. Ilm olishdan, o'rganishdan hech qachon to'xtamaslik lozim. Xalqimizda "Beshikdan qabrgacha ilm izla", - degan naql ham bejizga aytilmagan. Bunga amal qilgan inson hayotda o'z oldiga qo'ygan maqsadiga albatta erishadi. Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o'xshaydi. Bu gapning ma'nosini yaxshi uqib olishimiz kerak. Ilm bizni ma'rifatga, ma'naviyatga chorlaydi. Yomonlikdan qaytaradi, odobli bo'lishga chaqiradi. Ilm insonga do'st, yolg'izlikda hamroh, do'stlar orasida zeb-u ziynat, dushmanga qarshi kuarshda qurol, qayg'uli kunlarda ko'makchi, jannat yo'lini ochuvchidir. Hozirgi paytda ilm olish uchun barcha imkoniyatga egamiz.
Xohlagan badiiy asarni, qizziqan kitobingizni topish mushkul emas. Kutubxonalar yangi kitoblar bilan boyitilmoqda. Yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu haqda maxsus qarorlar qabul qilinmoqda. Badiiy asar o'qigan odam dunyoni, tarixni yaxshi biladi, kelajakka ishonchi ortadi. Til madaniyati yuksaladi, muomila munosabati shakllanadi. Zakovatli, ma'naviyatli, bexato yozadigan, yozma nutqiga havas qiladigan darajaga yetadi. Ularning suhbatidan zavqlanasiz. Ilm deb o'qimoq, yozmoqni yaxshi bilmoq, har bir kerakli narsani o'rganmoqga aytiladi. Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatadi. Ilm bizga savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayirib beradi va to'g'ri yo'lga rahnamolik qilib dunyo va oxiratda yaxshi bo'lishimizga sabab bo'ladi.
Ilmning foydasi shu qadar ko'pki, ta'riflashga til ojiz. Ilm bizni jaholat botqog'idan qutqaradi, madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqaradi, yomon fe'llardan, buzg'unchi ishlardan qaytaradi, yaxshi xulqli va odobli qiladi. Butun hayotimiz, salomatligimiz, himmatimiz, g'ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog'liqdir. Inson hayoti va faoliyati uchun zarur qobiliyatlarni rivojlantirib, boyitib borgani sayin davrning yangi chaqiriqlarini yengib o'tishi yengil bo'ladi. Katta ta'limi va o'rganishi salomatlik va farovonlik, madaniy va ma'naviy taraqqiyot nuqtai nazaridan munosib hayot tarzi yuritish imkonini beradigan qashshoqlik ko'lamlarini qisqartirishning muhim quroli sifatida shaxs o'sishini ta'minlaydi va insoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantiradi.
Islom dini ta'limotlarida ilm ma'rifatga yuksak e'tibor qaeatilgani barchamizga ma'lum haqiqatdir. Quroni karimda "ilm" so'zi turli ko'rinishlarda 95 marta "ilm berilganlar" "ilmda mustahkam bo'lganlar" so'zlari 10 marta zikr qilingan. Bu holat inson hayotida bilimning naqadar ahamiyatli ekanini, islom ilm-u ma'rifat dini ekanligini isbotlaydi. Inson ilmga intilishiga mukofot o'laroq avvalo o'zligini anglaydi. Yaxshi tarbiya ko'rgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan inson har yerda izzat topadi. Go'zal xulq bilan payvasta bo'lgan ilm odamlarni baxtiyor qiladi, martabasini balantlatadi. Ilm yo'lida pok niyat va ixlos bilan harakat qilish bandaga jannat yo'lini oson qiladi. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo'lsang, shuni bilmoq bizga farzdir. a aa
Shuning uchun o'qimoq, bilmoq, zamonlarini qo'ldan bermay, vujud, imizning dushmani bo'lagan jaholatdan qutulishga jonimiz boricha sa'y-harakat qilmog'imiz lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 4 avgustida ijodkorlar bilan uchrashuv chog'ida badiiy asar masalasiga alohida to'xtalib o'tgan edilar. Ya'ni bu bilan "Alpomish", "Xamsa", "Boburnoma", "O'tkan kunlar ", "Mehrobdan chayon", "Ufq " kabi asarlar har bir xonadonda bo'lishi kerak, degan fikrni anglash mumkin. Eng avvalo bu kitoblarni olishga bolalarga istak bo'lsa, uni so'ndirmasdan ota-onalar har oyda yoki bir necha oyda bir marotaba bittadan olishni harakat qilishlari zarur.
Hozirgi yoshlarimiz she'riyatga juda qiziqishadi. Shuni nazarda tutgan holda ularning qiziqishlarini yanada kuchaytirish uchun ustozlar ota-onalar bilan kelishilgan holda yodlatish masalasiga kelishib olishlari zarur. Masalan, 4-8 qator she'r yodlash va yodlangan she'rlarini daftarga qayd qilib borishlarini, ularga odatlantirish va asta -sekin o'rgatib borish bilan ularning ongida yaxshilik va yomonlikni ajrata bilishiga erishishimiz mumkin.
Shuningdek, o'quv muasassalarida har oyda yoki chorakda, yoki adiblarning tug'ilgan kuni munosabati bilan tadbirlar tashkil etish va shu adibning asarlari asosida "Eng yaxshi kitobxob o'quvchi " tanlovini tashkil etish an'anasini tashkil etib, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, kuchaytirish mumkin.
2000 yilning boshlaridayoq rivojlangan mamlakatlarning aksariayti katta yoshlilarning uzluksiz ta'lim milliy dasturlarini ishlab chiqib, qabul qiladilar. Mazkur davlatlarda davlat tomonidan rag'batlantirish choralari davriy shaklda yangilanib, ro'yxati kengaytirib borilmoqda.
Sharqda azaldan kitob ko'rgan odamlarning ilmli va amali bir bo'lgan. Zohiriy ko'rinish mayda gapdir, ammo qalb tarbiyasi dolzarb masala.
Ilm-ma'rifat, odob-axloq masalasi kishilik jamiyatida, bashariyat hayotida hamisha alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Xalqimiz qadimdan ilmli kishilariga ishongan, ularga ergashgan. Ezgulikka boshlovchi hamma ilmlarni o'rganmoq farzdir. Garchi hayotning turli javhalarida faoliyat yuritsa-da, ilmga tashnaligi, kitobga mehri bo'lgan odam, albatta, solih kishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |