73
Yapon maktabidagi har bir o‘quvchining o‘z stoli bor.
Boshqacha qilib
aytganda, bitta odam bitta stolda o‘tiradi. Ikki emas (masalan, aksariyat rus
maktablarida bo‘lgani kabi).
Yaponiya maktablari muammosi bu imtihonlaming qiyinligidadir. Bu
imtihonlaming har biri bir necha kunlik mehnatni talab qiladi, unga tayyorlanishga
juda ko‘p vaqt ketadi.Imtihonlarga bir hafta qolganda o‘quvchilaming imtihonlarga
tayyorlanishlari uchun to‘garak yig‘ilishlari bekor qilinadi. Odatda imtihonlar
yozma testlar shaklida o‘tkaziladi. Imtihonlar uchun baho foiz tizimida qo‘yiladi,
yuqori baho - 100 ball.
Odatdagi davlat maktablaridan tashqari pulli xususiy
maktab- akademiyalar
(gakuenlar) bor. Shuningdek, umumdavlat maktabi maqomidagi “milliy maktablar”
mavjud. Bu akademiyaga kirish uchun katta konkurs asosida alohida imtihonlar
topshiriladi. Bir tarafdan akademiyada yaxshi ta’lim dasturlari mavjud bo‘lib,
ulaming ko‘pchiligi katta maktab yoki universitetga kirish uchun imkoniyat
beradi.Odatda
akademiya-maktablarda
yapon
aristrokratlari
bolalari:siyosatshunoslar,
tijoratchilar,
diplomatlar,
mashhur
universitetlar
professorlarining farzandlari tahsil olishardi. Ba’zi
akademiyalarda maktab
formasini kiyish shart emas.
Yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilar nufuzli katta maktablarda o‘qiydilar,
yomon о' zlashtiradiganlari va yo‘qlari o‘rtamiyona maktablarda o‘qitiladi. Bu
maktablar uy xo‘jaligini yuritish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga mo‘ljallanadi.
O‘qituvchi faqat o‘qitish emas, balki bolalaming tartibi uchun ham,
vaqtini
o‘tkazishi va boshqa ko‘plab masalalarga ham mas’uldir. Bular “o‘qitish”
tushunchasiga emas, ko‘proq ota-onaning vazifalari sirasiga kiradi. Shu bois ham
Yaponiya hukumati OO‘Yulari bitiruvchilarini o‘qituvchi lavozimiga tayinlashda
qattiq tanlov siyosatini olib boradi.
Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, davlat maktabi o‘qituvchisi bo‘lish uchun
yapon fuqarosi o‘qituvchi diplomini olishi kerak va o‘qituvchilikka
tayinlash
imtihonidan o‘tishi kerak. Yaponiya o‘qituvchilar oyligi mahalliy xokimiyat organi
xodimlari oyligidan ko‘p bo‘lgan davlatlardan biridir. Yaponiyada katta o‘rta
maktablaming kunduzgi (o‘qish-3yil), kechki va sirtqi (o‘qish 4 yil) turlari bor.
Kechki va sirtqi maktabni bitirganlik haqidagi guvohn omasixuddi kunduzgi katta
maktabnikiday bo‘lsa ham, 95% o‘quvchilar maktabning kunduzgi bo‘limida tahsil
olishadi. Katta maktablarga qabul qilish kichik maktabni tugatganlik va kirish
74
imtihonlari natijalaribo‘yicha konkursdan o‘tganligi haqidagi hujjat asosida amalga
oshiriladi.
Katta o‘rta maktabda yapon tili, matematika, tabiiyot, jamiyatshunoslik va b.
majburiy umumta’lim fanlariga qo‘shimcha holda o‘quvchilar tanlov bo‘yicha
fanlami taklif qiladilar, bu ingliz tili, yoki boshqa chet tillar, shuningdek, texnik va
maxsus fanlar bo‘lishi mumkin. 12-sinfda o‘quvchilar o‘zi uchun ta’lim
profillaridan birini tanlashi kerak.Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi ko‘rsatmasiga
ko‘ra, katta o‘rta maktabda bilimlarni baholashda OO‘YU tizimidan foydalaniladi.
Bu har bir o‘quvchi 12 yillik o‘rta ta’limni tugatganligi haqida guvohnoma olishi
uchun 80 kredit (zachyot birligi)ni yig‘ishi lozim deganidir. Masalan, yapon tili va
zamonaviy yapon adabiyotini har bir kursini o‘rganish natijalari bo‘yicha 4ta kredit
beriladi, yapon tili leksikologiyasi bo‘yicha 2 kredit, klassik til bo‘yicha - 2 kredit.
Do'stlaringiz bilan baham: