27
Ba’zi adabiyotlarda Buyuk Britaniyaning ta’lim tizimi
quyidagi bosqichlarga
ajratgan holda tadqiq qilingan: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, umumiy
o‘rta ta’lim, keyingi ta’lim tizimi va oliy ta’lim.
Buyuk Britaniyaning ta’lim tizimi ma’muriy jihatdan va an’analarga binoan
quyidagi uch tizim osti guruhlarga bo‘linadi:
1) Angliya va Uels;
2) Shimoliy Irlandiya;
3) Shotlandiya ta’lim tizimlari.
Ta’kidlash lozimki, Angliya va Uels hamda Shimoliy Irlandiyaning ta’lim
tizimlari bir-biridan unchalik ko‘p farq qilmaydi. Biroq, Shotlandiyaning ta’lim
tizimi o‘ziga xos an’analari va xususiyatlariga ega.
Angliya va Uelsda ta’lim 5 yoshdan boshlanadi va 11
yoshgacha bolalar
boshlang‘ich maktablarda yozuv, o‘qish va arifmetika bo‘yicha o‘z saviya va
ko‘nikmalarini shakllantiradilar. 11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rta
maktablar (umumta’lim –
comprehensive schools, fanlarni chuqurroq o‘rgatuvchi
maktablar - grammar schools va maxsus o‘rta maktablarda - secondary modern
schools) o‘qishni davom ettiradilar. 16 yoshga to‘lgandan keyin esa yoshlar
yuqorida qayd etilgan tartiblarda ish tutishlari mumkin bo‘ladi.
Shotlandiyada esa bolalar boshlang‘ich maktablarida 4 yoshdan boshlab 12
yoshgacha o‘qiydilar. So‘ng deyarli barcha o‘quvchilar 6 yil umumta’lim
maktab
(Comprehensive schools)larida ta’lim oladilar. Tog‘li hududlarda esa o‘qituvchilar
yetishmovchiligi bois o‘quvchilar 4 yil o‘qib, keyin o‘qishlarini bi ron-bir
umumta’lim maktabiga ko‘chiradilar. Shotlandiyada ko‘plab maktablar ta’lim
kengashlariga qarashli bo‘lib, ular o‘z kengashlari tomonidan moliyalashtiriladilar.
Bir qancha (19ta) maktablar ta’lim grantlari asosida moliyalashtirilib, ko‘ngilli
tashkilotlar tomonidan boshqariladi. Bolalarning ota-onalari o‘z ovoz berish orqali
ba’zi maktablarni mahalliy kengashlarning moliyalashtirishidan
departament
tomonidan moliyalashtirishga o‘tkazishlari mumkin. Shimoliy Irlandiyada esa
bolalar 4 yoshdan 11 yoshgacha boshlang‘ich maktabda ta’lim oladilar. O‘rta ta’lim
maktablari o‘quvchilarning diniy mansubligi va qobiliyatiga binoan tashkil etilgan.
«Nazoratdagi maktab (Controlled schools)» to‘liq hukumat tomonidan
moliyalashtiriladi. «Ko‘ngillilar maktabilar (Voluntary schools)»ning ma’lum qismi
turli ko‘ngilli tashkilotlarga, ko‘p qismi esa cherkovlarga qarashli bo‘lib, ular turli
xayriya fondlari tomonidan moliyalashtiriladi. «Ko‘ngillilar maktablari»ning bir
qismi nasroniylar maktablari bo‘lib, ular Shimoliy Irlandiyaning ta’lim
departamentidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiyalar oladilar.
Shuningdek, Buyuk Britaniyada oddiy o‘rta maktablar bilan birga maktab-
pansionatlari (Boarding schools) keng tarqalgan. Bunday maktablarda o‘quvchilar 8
yil
davomida yashab, o‘qiydilar. Ular faqat ta’tillarni o‘z uylarida o‘tkazadilar.
Maktab–pansionatlarda ish yuzasidan ko‘plab xizmat safarlarida bo‘ladigan va turar
joylarini bir yerdan boshqa yerga ko‘chirib turadigan ota-onalarning farzandlari
tahsil oladilar. Buyuk Britaniyada pansionatlar uzoq davrlardan buyon faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda. Ular xizmatidan o‘ziga to‘q, yuqori
darajadagi nufuzga ega
bo‘lgan oilalar farzandlari ham foydalanadilar. Mamlakatda ikki turdagi, ya’ni
28
mustaqil va xususiy (Independent and Private Boarding Schools) pansionatlar
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Buyuk Britaniyaning ta’lim tizimida o‘rta umumtalim asosidagi «Keyingi
ta’lim» tizimi alohida ahamiyatga ega. Bu mamlakatda «Keyingi ta’lim»
bizning
tushunchamizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarimizni anglatuvchi ta’lim
tizimining tarkibiy qismidir. Mazkur ta’lim tizimi turli kollej, o‘quv markazlari va
institutlarni qamrab olgan tizim bo‘lib, bu ta’lim muassasalari turli kasbiy-texnik va
oliy darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydilar. Buyuk Britaniyaning «Keyingi
ta’lim» tizimida hammasi bo‘lib 700 ga yaqin ixtisoslashgan kollejlar mavjud.
Ularda 16-18 yoshdagi o‘quvchilar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
tahsil oladilar. Bulardan tashqari «keyingi ta’lim» tizimida 7000 dan ko‘proq tungi
institut va katta yoshdagilarni o‘qitish markazlari faoliyat yuritadi. Bu o‘quv
muassasalari turli mutaxassisliklar bo‘yicha kadr tayyorlaydilar va yoshi
kattalarning kasbiy ma’lumoti, malaka va madaniy darajasini
oshirishga xizmat
qiladi. Buyuk Britaniyadagi barcha «keyingi ta’lim» muassasalari faoliyati mahalliy
organlar tomonidan nazorat qilinadi. Albatta tizimdagi qirol xartiyasiga ega bo‘lgan
ta’lim muassasalari bundan mustasnodir. 60-yillarda «keyingi ta’lim» tizimida qator
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu tizimdagi ta’lim muassasalariga akademik darajalarni
berish huquqi berildi, ya’ni endilikda texnik va tijorat kollejlari huzuridagi
politexnik ta’lim muassasalarida o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lish
imkoniyati
yaratildi.
O‘z navbatida kasbiy tayyorgarlik 4 darajadan iborat: (turdosh ishlarni
bajaruvchi (1-daraja), mustaqil va mas’uliyat bilan ish bajaruvchi (2-daraja),
murakkab va o‘xshash ishlarni bajaruvchi (3-daraja), maxsus xususiy topshiriqlarni
bajaruvchi (4-daraja).
Britаniya оliy tа`limi o‘zining sifаti bilаn mаshhurdir. Оliy o‘quv yurtlаri 3
turgа bo‘linаdi:
⚫
Do'stlaringiz bilan baham: