41
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi
rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z- o‘zini boshqarishda
vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlaming
bosqichma-bosqich
ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar,
o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin
tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi.
O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat
xarajatlarini ko‘tara olmasa, o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi
federal qonunga ko‘ra ular moliya yordamini oladilar.
Bu yordamning yarmi
stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi.Mamlakatda
ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan beri muhokama qilinmoqda, bunda o‘quv
jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Ba’zi universitetlarda talabalar 7 yil
o‘qiydi. Ular o‘qishga kirgunga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki
bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini
ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo‘lib,
ular partiya va dindan
tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bo‘lib, faqat 1989 yilda
universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi
malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili
5,5 mln. marka mablag4 ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida
tinglovchilarga mablag‘ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z
malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar
va bu bilan ish
topioiari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilaming 75% ish
bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolaming bilim darajalarini oshirishda faol
ishtirok etadi. Yevangel cherkovi o‘zining 15ta akademiyasida dlozarb mavzular
bo‘yicha anjumanlar tashkil etadi.
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat
sohalariga katta ahamiyat beradilar. Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot
bilan
shug‘ullaaish ulaming qadimiy an’analaridan bin. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon
Gumboldt pruss
universitetlarini isloh qildi, o‘shandam beri ‘Tadqiqot va o‘qitish
birligi” ulaming hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari
tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi - fundamental araaliy tadqiqot bo‘lib, ularga
boshqa ilmiy- tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi.
Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir
qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi
izlanishlar olib borilmoqda.
Germaniya oliy ta’lim tizimi oliy o‘quv yurtlari turlarining ko‘pligi bilan
farqlanadi. Germaniyada jami 383 oliy oquv yurti bo‘lib, shulardan 103 tasi
universitet, 180 tasi amaliy fanlar oliy o‘quv yurtlari hisoblanadi. Birinchi oliy
ma’lumotni olish yaqin kunlargacha nemislar uchun ham, chet ellik talabalar uchun
ham tekin edi. 2007 yildan beri ba’zi oliy o‘quv yurtlari talabalari har semestrga 500
yevrodan to‘lashlari kerakligi belgilandi (inflyatsiyani hisobga olib oshib
bormoqda.)
G‘arbiy Yevropa Federal yerlarida muddatidan uzoq o‘qiyotgan
talabalar
o‘qish uchun pul to‘laydilar. Ta’lim tizimidagi bu islohotlar qonun bo‘yicha yo‘lga
42
qoyilgan.Oliy o‘quv yurtlarining ko‘pchiligi davlat tasarrufida va hukumat
tomonidan moliyalashtiriladi. 383 oliy o‘quv yurtlaridan 69 tasi xususiy.Oliy o‘quv
yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi, abituriyent uchun eng muhimi maktab
yoki gimnaziyada kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishdir. Nufuzli
mutaxassisliklarga o‘qishga qabulqilishda abituriyent maktab attestatining o‘rtacha
bali hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Universitetlardagi nufuzli mutaxassisliklarga o‘rinni taqsimlash bo‘yicha oliy
o‘quv yurtlari emas, ZVS degan maxsus bo‘linma shug‘ullanadi. O‘rtacha balldan
tashqari ZVS ijtimoiy va shaxsiy sabablar, nogironlik, oilaviy ahvoli va boshqalami
ham hisoga oladi. Agar o‘rtacha ball yetarli bo‘lmasa,
abituriyentni navbatga
qo‘yadi. Bir necha semestr kutganidan so‘ng unga universitetdan o‘rin berishadi.
Germaniya doimiy ravishda universitet reytinglarini aniqlab turadi. Bunda
o‘qitish, pedagog kadrlar darajasi, shuningdek, u yoki bu oliy o‘quv yurtlarini bitirib,
ishga joylashish kabi shart-sharoitlar hisobga olinadi.Talabalar oddiy stipendiyadan
tashqari turli Fondlar tomonidan joriy qilingan stipendiyalarni olish itnkoniga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: