O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev


Qoplangan akkreditiv bilan hisob – kitoblarda



Download 7,09 Mb.
bet51/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

Qoplangan akkreditiv bilan hisob – kitoblarda

hujjatlarning aylanish tartibi


Barcha hisob – kitoblarda bo‘lgani singari, dastlab sotuvchi – akkreditiv bo‘yicha mablag‘ oluvchi va sotib oluvchi – akkreditivga ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi (1), sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga deponentlash uchun akkreditivga arizani bankka taqdim etadi (2), bank emitent o‘z navbatida akkreditiga arizada ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga o‘tkazish maqsadida elektron arizani bosh bankka jo‘natadi (3), bosh bankda Koson bo‘limi vakillik hisobidagi mablag‘ Oqtosh bo‘limi vakillik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va bu haqda elektron akkretivga arizani bank bo‘limiga jo‘natadi (4), sotuvchining banki shartnomada ko‘rsatilgan akkreditiv summa uning hisobiga deponentlanganini xabar qiladi (5), sotuvchi o‘z navbatida tegishli tovarlarni sotib oluvchiga jo‘natadi yoki xizmatlarni ko‘rsatadi (6), sotuvchi tovarlarni jo‘natganligi yoki xizmatlar ko‘rsatganligini tasdiqlovchi hujjatlarni bankka taqdim etadi (7), bank o‘z navbatida deponentlangan summaning uning hisobiga o‘tkazadi.

Mablag‘ oluvchining bankida akkreditivning amal qilish muddati tugaganda, akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan tartibda mablag‘ oluvchi uni bekor qilish haqidagi ariza berganda, to‘liq chaqirib olinganda akkreditiv yopiladi.

Akkreditiv bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator ijobiy va salbiy jihatlar mavjud bo‘lib, uning salbiy jihatlari asosan mablag‘ to‘lovchining zimmasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagilar bilan izohlanadi:

– pul to‘lovchining hisobvarag‘idan mablag‘ni akkreditiv hisobvarag‘iga deponent qilinishi natijasida ushbu mablag‘ning oborotdan vaqtinchalik chiqib ketishi (odatda akkreditiv summasi 20 – 30 kunga deponent qilinadi);

– to‘lovchi ta’minlanmagan akkreditivdan foydalangan holda ham olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uning talabiga to‘liq mos kelmagan hollarda to‘lovni amalga oshirishga rad javobining berolmasligi yoki ushbu jarayonning vaqtni olishi hamda qo‘shimcha hujjatlarni talab etilishi ortiqcha ishlarni keltirib chiqaradi;

– yuqorida akkreditiv bo‘yicha hujjatlarning aylanishidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu jarayon bir muncha murakkabroq.

Akkreditivlar bilan hisob – kitoblarda mol jo‘natuvchiga qator qulaylik jihatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

– akkreditiv shartnomasi tuzilgandan keyin tovarlarni ishlab chiqarishga kirishishi mumkin. Chunki ushbu tovarlarni sotib oluvchi tayin va undan tegishli iqtisodiy foyda kelishi kafolatlanadi;

– jo‘natilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov kafolatlangan. Chunki ta’minlangan akkreditivda pul to‘lovchi tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ni alohida hisobvarag‘iga deponentlab qo‘yadi. Ta’minlanmagan akkreditivda esa tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ pul to‘lovchining banki tomonidan kafolatlanadi.


Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish