Giperinflyatsiya sharoitida baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi, asosan giperinflyatsiya sharoitida tovarlar va xizmatlarning bahosi astronomik darajada ortib, yiliga 1000 foiz, oyiga 100 foiz darajasida o‘sishi kuzatiladi. Mamlakatda iqtisodiyotni boshыarish va pul muomalasi buzilishi natijasida, pul – kredit siyosati to‘liq izdan chiqib ketadi.
Giperinflyatsiya birinchi jahon urushidan keyin Germaniya iqtisodiyotiga juda katta salbiy ta’sir qilgan. Bu haqda E.M.Remark shunday yozadi. “Inflyatsiya nima ekanligini shunda bilganman. Mening oylik ish haqim ikki yuz milliard markani tashkil etar edi. Ish haqi bir kunda ikki marta berilar edi, ish haqi berilgandan so‘ng ishdan yarim soatga ruxsat berilardi. Biz bu vaqtdan foydalanib kursni ikki martaga oshib ketishidan va olgan ish haqimiz o‘z qiymatini yo‘qotishidan qo‘rqib qandaydir tovar yoki iste’mol mollarini sotib olish uchun do‘konlarga yugurar edik40”.
Do'stlaringiz bilan baham: |