3.2.1. Naqd pullarni qabul qilish tartibi
Yuridik shaxslardan naqd pullarni bank kassasiga qabul qilish inkassatsiya xizmat yoki istisno tarzida ularning o‘zlari tomonidan bankka olib kelib topshirish orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari quyidagi hollarda yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pullarni qabul qilishi mumkin:
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan tushgan tushumlar;
soliqlar, yig‘imlar, boj va boshqa majburiy to‘lovlardan tushgan tushumlar;
omonatlarga topshirilgan tushumlar;
pochta o‘tkazmalari uchun tushgan tushumlar;
bank kartalariga tushgan tushumlar;
boshqa maqsadlardan tushgan tushumlar.
Tijorat banklari kassasiga qabul qilingan naqd pullar bankning aylanma kassasiga kirim qilinadi. Naqd pullarni inkassatsiya qilish mijoz, bank va inkassatsiya xizmati o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mijozlar istisno tarzida savdo va boshqa naqd pul tushumlarini bankka topshirganda e’lonnoma rasmiylashtiriladi. E’lonnoma uchta qismdan iborat bo‘lib, e’lonnoma, kvitansiya va orderdan iborat bo‘ladi.
Quyidagi chizmada mijozlar tomonidan naqd pullarni banklarga topshirish tartibi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |