O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev


To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar



Download 7,09 Mb.
bet47/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

3.4.2. To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar
To‘lov talabnoma xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli hisoblanadi. O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida to‘lov talabnomalar hisob – kitoblarning qo‘llanilishi juda keng tarqalmagan. Buning asosiy sabablaridan biri to‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda ko‘p vaqt oladi va ortiqcha sarf xarajatlar talab qiladi.

To‘lov talabnomasi – mol sotuvchi tomonidan belgilangan summani bank orqali olish haqidagi talabini o‘z ichiga olgan hisob – kitob hujjatidir. Talabnomalar asosan akseptli va akseptsiz bo‘lishi mumkin.

Akseptli to‘lov talabnomalarda bank avval to‘lovchining mablag‘ni to‘lash haqidagi roziligini oladi, so‘ngra to‘lovni amalga oshiradi. Akseptsizda esa avval to‘lov amalga oshirilib, so‘ngra mijozga to‘lov hujjatlarini beradi.

Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvaraqlariga o‘tishi to‘lov talabnomalari bilan amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni rasmiylashtirish va hujjatlarning aylanish jarayonlarini bir qadar yengillashtirdi.



Akseptli to‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar. Ta’kidlaganimizdek, akseptli to‘lov talabnomalari sotib oluvchining bankiga kelib tushgandan so‘ng, bank dastlab to‘lovni amalga oshirish yuzasidan to‘lovchining roziligini oladi. Buning uchun bank tomonidan to‘lovchilarga talabnomalarni quyidagicha akseptlash muddati o‘rnatiladi:

– bir shahar ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni;

– boshqa shaharlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni;

– to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 kungacha.

Akseptlash tartibida to‘lanadigan akseptli to‘lov talabnomalar muddatini kutayotgan davr davomida to‘lovni kutayotgan hujjatlar kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi.

To‘lovchi belgilangan muddatda yozma ravishda unga xizmat qiluvchi bank bo‘limiga akseptlashni qisman yoki to‘liq rad qilish huquqiga ega (tovar – material qimmatliklarini jo‘natishda, xizmatlar ko‘rsatishda va boshqa holatlarda shartnoma shartlariga amal qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan).

Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa, talabnoma akseptlangan hisoblanadi. Talabnomani akseptlashdan qisman bosh tortganda, to‘lovchi tomonidan akseptlangan summa bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar bo‘lmaganda akseptli to‘lov talabnomalar 2 – kartotekaga joylashtiriladi.

Bunda bank to‘lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilinganligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchining (mablag‘ oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi.

Bank, 2 – kartotekadagi hisob – kitob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar foydasiga o‘tkazish huquqiga ega, agar bu bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa amalga oshiradi.

Bank to‘lovchilardan mablag‘larni oluvchilar foydasiga muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar bo‘yicha har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi.

Agar ushbu holat bank va mijoz o‘rtasida hisob – kitob va bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha sharotnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa.

Quyidagi shartli chizmada aksiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi mijozlarining akseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar amalga oshirilganda hujjatlar aylanishini shartli misolda ko‘rib chiqamiz.



Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish