Bobga oid testlar
1. Dastlabki davrda pulning vujudga kelishiga nima sabab bo‘lgan?
A. Ishlab chiqaruvchilarning foyda olishga bo‘lgan harakati.
B. Tovar – pul munosabatlarininig rivojlanishi.
V. Ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishi.
G. Mehnat taqsimotining rivojlanishi.
2. Ayirboshlash munosabatlarining faollashishiga nimalar turtki bo‘ldi?
A.Ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tilishi.
B. Ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining vujudga kelishi.
V. Ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlan – ganligi.
G. Barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor uning:
A. – ayriboshlash xususiyatiga qaratiladi;
B. – evolyusion nazariyasiga qaratiladi;
V. – qiymat shaklining rivojlanishiga qaratiladi;
G. – sotib olish qobiliyatiga qaratiladi.
4. Pulning qiymat shakli nechta ko‘rinishda namoyon bo‘ladi?
A. To‘rtta.
B. Beshta.
V. Uchta.
G. To‘g‘ri javob yo‘q.
5. Dastlabki tangalar qachon zarb etilgan?
A. Eramizdan avvalgi X asrning boshlarida.
B. Eramizdan avvalgi VII asrda.
V. Eramizdan avvaligi V asrda.
G. Eramizdan avvalgi III asrda.
6. Dastlabki tangalar qaerda zarb etilgan?
A. Xitoyda.
B. Misrda.
V. Liviyada
G. Hindistonda.
7.Qog‘oz pullar muomalaga qachon chiqarilgan?
A. IX asrning oxiri va X asrning boshlari.
B. X asrning oxiri XI asrning boshlari.
V. XII asrda.
G. XIII asrda.
8.Qog‘oz pullar muomalaga qaerda chiqarilgan?
A. Xindistonda.
B. Xitoyda.
V. Misrda.
G. Qadimgi Rimda.
9. O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar qachon va kim tomonidan zarb etilgan?
A. Melloddan avvalgi 320 – 327 yillarda makedoniyalik Iskandar tomonidan.
B. XIII asrda arablar tomonidan.
V. Miloddan ilgarigi VI asrda axmoniy shox Doro – I tomonidan.
G. IX asrda somoniylar tomonidan.
10.Amir Temur nomi bitilgan necha turdagi oltin va kumush tangalar muomalaga chiqarilgan.
A. 70 dan ortiq.
B. 100 dan ortiq.
V.120 dan ortiq.
G.150 dan ortiq.
11. O‘zbekiston hududida qog‘oz pullar qachon muomalaga chiqarilgan?
A. 1912 yilda.
B. 1918 yilda.
V. 1920 yilda.
G. 1922 yilda.
12.Buxoro amirligining qog‘oz pullari nechanchi yil bekor qilingan?
A. 1917 yilda.
B. 1920 yilda.
V.1922 yilda.
G.1924 yildi.
1.Pulning mohiyati nimada aniq namoyon bo‘ladi?
A. Pulning ayirboshlash jarayonida.
B. Pulning funksiyalarida.
V. Hisob – kitob jarayonida.
G. Pul aylanmasida.
2.Anglo – amerikalik iqtisodchilar pulning nechta funksiyasini e’tirof etadi?
A. 2 ta
B. 3 ta
V. 4 ta
G. 5 ta
3.Rossiyalik iqtisodchi olimlar pulning nechta funksiyasi mavjudligini ta’kidlaydi?
A. 3 ta
B. 4 ta
V. 5 ta
G. 6 ta
4.Pulning muomala vositasi funksiyasi qachon namoyon bo‘ladi?
A.Tovar va xizmatlar uchun to‘lov ma’lum muddatdan keyin amalga oshirlsa?
B.Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida ayirboshlash bir vaqtda bajarilsa.
V.Sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov oldindan amalga oshirilsa.
G.To‘lov ma’lum muddatga kechiktirilsa.
5.Vaqtincha foydalanilmayotgan pullar qanday vazifani bajardi?
A. To‘lov vositasi funksiyasini.
B. Muomala vositasi funksiyasini.
V. Jamg‘arma vositasi funksiyasini.
G. Qiymat o‘lchov funksiyasini.
6. Mehnat taqsimoti jarayonida pulning roli nimada namoyon bo‘ladi?
A. Ishlab chiqarishda
B. Tovarlarni ayirboshlashda
V. Mahsulot taqsimotida
G. Mehnatni tashkil etishda
7. Tovar xo‘jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
A. Milliy valyutaning barqarorligi
B. Monopol ishlab chiqarishning mavjudligi
V. Import hajmining ortishi
G. Pul massasining ortib borishi
8. Iqtisodiyotning markazdan boshqarish sharoitida pulning nechta funksiyasi e’tirof etilgan?
A.3 ta
B. 4 ta
V. 5 ta
G. 6 ta
9. Xorijiy iqtisodchi olimlar pulning qanday funksiyalarini inkor etadi?
A. Muomala vositasi
B. Qiymat o‘lchovi
V. To‘lov vositasi
G. Jamg‘arma vositasi
10.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va mahsulotlarning qiymati qanday aniqlanadi?
A. Tovar va mahsulotning tannarxi asosida
B. Ishlab chiqaruvchining foyda miqdori asosida
B Bozordagi talab va taklif asosida
V. To‘lanadigan soliq stavkalari asosida
11. Metallar qachondan boshlab pulni vazifasini bajara boshlagan?
A.Miloddan oldingi VI – V asrlarda
B.Miloddan oldingi VII – VI asrlarda
V.Miloddan oldingi V – IV asrlarda
G.I va II asrlarda
12.Dastlabki qog‘oz pullar qachon muomalaga kiritilgan?
A. X va IX asrlarda
B. XII asrning oxirida
V. XI va XII asrlarda
G. XI asrning boshida
13.Plastik kartochkalar qachon pulning vazifasini bajara boshlagan?
A.XVIII asrning oxiridan
B. XX asrning ikkinchi yarmidan
V.2000 yildan
G.2002 yildan
14.Natural shakldagi pullarni guruhlanishi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
A. Hayvonlar, buyumlar va o‘simliklar shaklida.
B. Hayvonlar, toshlar va mevalar shaklida.
V. Oziq – ovqat, toshlar va o‘simliklar shaklida.
G. Hayvonlar, mevalar va o‘simliklar shaklida.
15.Haqiqiy pullarning xossalari qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
A.Nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi
B.Qiymatning qardsizlanmasligi
V.Ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi
G.Ularning muomalada amal qilishini nazorat qilish zarurligi
16.Xitoyning ayrim provensiyalari va Rossiyada qanday natural pullar juda keng tarqalgan?
A. Tuz
B. Buqa
V. Tamaki
G. Jun
17.Natural pullardan foydalanishga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
A.Odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‘lgan buyumlar.
B. Mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi
V.Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi
G.Uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi
18.Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishiga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
A.Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi
B.Davlatchilikning paydo bo‘lishi
V.Natural pullar o‘zining qiymatini yo‘qotganligi
G.Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi
19. “Emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” termenlari ma’nosi jihatidan bir – biridan farqi mavjudmi?
A.Deyarli farq mavjud emas
B. Tubdan farq qiladi
V.Qisman farq qiladi
G. Qo‘llanilishida farq mavjud
20. Plastik kartalarning qulayligi qanday javobda noto‘g‘ri berilgan?
A. Olib yurishda va foydalanishda qulay
B. Yo‘qotib qo‘ysangiz ham pulingiz saqlanib qoladi
V. Banklarning xarajat qiladigan mablag‘lari tejaladi
G. Istagan miqdorda va paytda naqdlashtirish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |