Kredit pullar. Kredit pullar tovar ishlab chiqarishni jarayonining rivojlanishida vujudga kelgan bo‘lib, tovarning oldi-sotdisi uchun to‘lovni kechiktirish (kreditga berish) tarzida amal qiladi. Kredit pullarini vujudga kelishining maqsadi va zarurligi iqtisodiyotda tovar-pul aylanmasini tezlashtirish va osonlashtirish bo‘lib, tovar aylanmasida to‘lovlarni haqiqiy pullar bilan emas, balki ularning o‘rinbosarlari orqali amalga oshirishga qaratilgan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida kredit pullari o‘zining dastlabki mohiyatini anchagina yo‘qotdi. Kredit pullarning rivojlanish jaryoni va shakllari quyidagicha bo‘lgan: veksel, akseptlangan veksel, banknota, chek, kredit kartochkalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |