O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev



Download 7,09 Mb.
bet158/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

Jami: 4 ball.

GMT indeksi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasi 8 ballni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘rta darajadagi mustaqillik darajasini anglatadi.

Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi malakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o‘rin tutadi.

Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan so‘nggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash ko‘rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy mezon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko‘rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.



A. Monetar siyosat mustaqilligi (MSM)
A1. Markaziy bankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va vazifalarni o‘rnatishdagi mustaqilligi.


  1. Monetar siyosatning maqsadi faqatgina baholar barqarorligi yoki baholar barqarorligi asosiy hisoblanib, u uzoq muddatga mo‘ljallangan monetar siyosatning vazifasi bo‘lsa (3 ball)

  2. Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va boshqa aspektlar, masalan, moliyaviy barqarorlik, valyuta kursi barqarorligi hamda bank sektori barqarorligini ifodalasa (2 ball)

  3. Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va iqtisodiy o‘sish hamda ish bilan bandlik barqarorligini ifodalasa (1 ball)

  4. Monetar siyosatning maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy o‘sish va ish bilan bandlik barqarorligini qisman ta’minlasa yoki baholar barqarorligini ta’minlashga imkoni yo‘q bo‘lsa (0 ball)


A2. Vazifalar va ko‘rsatgichlarni belgilash mustaqilligi


    1. Markaziy bank bir qancha ko‘rsatkichlar yoki vazifalarni, masalan, valyuta kursi, pul agregatlari, foiz stavkasi yoki inflyatsiyani o‘zi o‘rnatishi (3 ball)

    2. Markaziy bank va Hukumat birgalikda ko‘rsatkichlar va vazifalarni, masalan, siyosiy bitim va kelishuvlar orqali belgilasa (1,5 ball)

    3. Hukumatning o‘zi maqsadga erishish vazifalarini belgilasa (0 ball)

A3. Markaziy bank qo‘llaydigan instrumentlar mustaqilligi darajasi


  1. Markaziy bank o‘z maqsadlariga erishishida monetar siyosatning instrumentlarini o‘zi belgilasa (3 ball)

  2. Markaziy bank va Hukumat birgalikda monetar siyosatning instrumentlarini o‘zi belgilasa (1 ball)

  3. Hukumatning o‘zi instrumentlarini o‘zi belgilashda qaror qabul qilsa (0 ball)


A4. Umumiy siyosat yuritishdagi munozaralar(konflektlar)


  1. Markaziy bank siyosat yuritishda Hukumatdan mutlaq ustunligi (3 ball)

  2. Hukumat ushbu jarayonda keyinchalik Markaziy bankka ustunlik berishni maqsad qilsa (0,5 ball)

  3. Hukumat mutlaq ustunlikka ega bo‘lsa (0 ball)


A5. Valyuta kursi siyosati koordinatsiyasi


  1. Markaziy bank valyuta kursi va xorijiy valyuta kursi siyosatlari barqarorligini saqlab turadi va tijorat banklari tomonidan qaraganda Hukumatga bo‘ysinadi (1 ball)

  2. Markaziy bank valyuta kursi va xorijiy valyuta kursi siyosatlarini Hukumat yo‘riqnomalari asosida ishlab chiqsa (0 ball)


A6. Moliyaviy nazorat


  1. Bank nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshirilsa va Hukumat organiga hisobot bersa (1 ball)

  2. Bank nazorati Markaziy bank va maxsus hukumat organi bilan birgalikda amalga oshirilsa (0,5 ball)

  3. Monetar siyosatning funksiyasi va bank nazorati boshqa yagona moliyaviy institut tomonidan amalga oshirilsa (0 ball)

MSM uchun maksimal ball =12 ball




  1. Siyosiy mustaqillik yoki personal mustaqillik (PM)

V1. Markaziy bank Raisini tayinlash


    1. Markaziy bank Raisi markaziy bank Kengashi yoki boshqa hukumat organlari bilan birgalikda xolisona tayinlansa (2 ball)

    2. Hukumat Markaziy bank Raisi nomzodini kiritsa va tayinlasa, masalan, Moliya vazirligi nomzodni kiritsa va Vazirlar Mahkamasi Raisni tayinlasa (0 ball)


V2. Markaziy bank Boshqaruvi vazifasining amal qilish muddati


  1. 5 yildan ortiq muddatga (2 ball)

  2. 5 yil muddatga (1 ball)

  3. 4 yil muddatga (0,5 ball)

  4. 4 yimldan kam muddatga (0 ball)


V3. Markaziy bank Raisi mustaqilligi


  1. Markaziy bank Raisi bankning qoniqarsiz faoliyat ko‘rsatayotganligi ustidan nazorati yuqoriligi (1 ball)

  2. Agar boshqa ishtirokchilar transparent bo‘lmasa (0,5 ball)

  3. Markaziy bank Raisi Hukumatga bo‘ysunsa (0 ball)


V4. Kengash a’zolarini tayinlash


  1. Hukumat kengash a’zolarining yarmidan ko‘pini tayinlasa yoki boshqa organlar, masalan, Moliya vazirligi nomzodlarni kiritsa va qonunchilik organi tayinlasa (3 ball)


V5. Kengash a’zolarining vazifalarining amal qilish muddati


  1. 5 yildan ortiq muddatga va o‘zgartirilgan (2 ball)

  2. 5 yil muddatga va o‘zgartirilgan (1 ball)

  3. 4 yil muddatga va o‘zgartirilgan (0,5 ball)

  4. 4 yimldan kam muddatga va o‘zgartirilgan (0 ball)


V6. Markaziy bank Kengashida Hukumatning ishtiroki darajasi



  1. Hukumatning Markaziy bank Kengashida hal qiluvchi ishtiroki bo‘lmasa (2 ball)

  2. Hukumatning Markaziy bank Kengashida hal qiluvchi ishtiroki bo‘lsa (0 ball)

PS uchun maksimal ball =12 ball


S. Fiskal mustaqillik yoki moliyaviy mustaqillik (MM)
S1. Majburiyatlar bo‘yicha limitlar (Sek’yuteritizatsiya qilinmagan kreditlar bo‘yicha)


  1. Markaziy bankning Hukumat oldida hech qanday majburiyati bo‘lmasa (3 ball)

  2. Markaziy bank majburiyatlarning bir qismini zimmasiga olganda (2 ball)

  3. Markaziy bank va Hukumat majburiyatlari bo‘yicha hech qanday qonuniy cheklov bo‘lmasa (0 ball)


S2. Sek’yuteritizatsiya qilingan kreditlar bo‘yicha limitlash


  1. Markaziy bankning Hukumat oldida hech qanday majburiyati bo‘lmasa (1,5 ball)

  2. Markaziy bank majburiyatlarning bir qismini zimmasiga olganda (1 ball)

  3. Markaziy bank majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishida qisman cheklov mavjud bo‘lsa (0,5 ball)

  4. Markaziy bank va Hukumat majburiyatlari bo‘yicha hech qanday qonuniy cheklov bo‘lmasa (0 ball)


S3. Markaziy bank kreditlaribo‘yicha limitlar o‘rnatish ixtisosligi darajasi


  1. Markaziy bank kreditlari absolyut valyuta qiymatida ifodalansa (1,5 ball)

  2. Markaziy bank kreditlarining bir qismi Hukumat daromadlari hisobidan amalga oshirilsa (1 ball)

  3. Markaziy bank kreditlari to‘liq Hukumat xarajatlari hisobiga bo‘lsa (0 ball)


S4. Kreditlar muddati


  1. Markaziy bank kreditlari muddati 6 oydan oshmasa (2 ball)

  2. Markaziy bank kreditlari muddati 6 oydan ortiq, lekin 1 yildan oshmasa (1 ball)

  3. Markaziy bank kreditlari muddati bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q bo‘lsa (0 ball)


S5. Foiz stavkasi


  1. Markaziy bank Hukumatga bozor foiz stavkasida kredit bersa (2 ball)

  2. Markaziy bank Hukumatga bozor foiz stavkasidan pastroq, lekin ijobiy stavkada kredit bersa (0 ball)


S6. Hukumat qimmatli qog‘ozlari oldi- sotdisida Markaziy bankning birlamchi bozorda ishtiroki


  1. Markaziy bank Hukumatning qimmatli qog‘ozlarini birlamchi bozordan sotib oluvchi sifatida emas, balki volantyor bo‘lib qatnashsa (2 ball)

  2. Markaziy bank Hukumatning qimmatli qog‘ozlarini birlamchi bozordan sotib oluvchi va faol ishtirokchi bo‘lsa (0 ball)

MM uchun maksimal ball =12 ball

Maksimal ball: MBM=MSM+PM+MM=36 ball


Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish