Ta’minlanmagan qog‘oz pullar (1931 – 1945 yy.).
Birinchi jahon urushidan keyin amaldagi oltin standarti pul tizimi o‘zining hususiyatini yo‘qotib, davlatlar klassik oltin standartini saqlab qolish maqsadida turli choralarni qo‘lladi. Lekin yigirmanchi asrning 30 yillarida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida yuzaga kelgan moliyaviy tartibsizliklar oqibatida muomalada oltin standartini amal qilishini butunlay to‘xtadi. Mamlakatlar iqtisodiyotidagi inqiroz tobora chuqurlashib, ishsizlik darajasi ortib bormoqda edi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlar o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida turli valyuta cheklovlarini o‘rnatish, milliy valyutalarni devalvatsiyalash, savdo va valyuta ustidan nazoratni kuchaytirish orqali o‘zaro iqtisodiy va moliyaviy urush olib borishdi. Iqtisodiyotda to‘g‘ri va egri suzib yuruvchi valyuta kurslari yuzaga keldi92. Xalqaro savdo va investitsiyalarni to‘xtab qolishi natijasida o‘zaro savdoni amalga oshirish uchun xukumatlar ishtirokida tuzilgan bitimga ko‘ra tovarlar barter qilindi. AQSh davlat kotibi Kordell Xoll ushbu holatga izoh berib, “Ikkinchi jahon urushining asosiy sababi 30 yillarda yuzaga kelgan moliyaviy va iqtisodiy kelishmovchiliklar” – deya ta’kidlagan edi.93
AQShda oltin standartini amal qilishi Yevropaga nisbatan ikki yilga cho‘zildi. 1933 – 1934 yillarda AQShning, “turg‘unlikni oldini oladi” – degan teskari siyosati tufayli oltin standarti amaliyotda to‘xtatildi. Amerika fuqarolariga mamlakatda (shu jumladan xorijda) oltinni ishlatish, olib yurish man etildi va dollarli hisob – kitoblarni oltin bilan so‘ndirish ta’qiqlandi. Lekin, 1934 yildan keyin ham AQShda oltin standartining o‘ziga xos yangi shakli amal qildi. Unga asosan qadrsizlangan dollar 1/35 unsiya oltinga tenglashtirilib, oltin bilan chet el hukumatlari va banklar talablari qondirilgan. Dollarning oltinga oz bo‘lsada bog‘liqligi va Yevropadagi tartibsizliklar hisobiga AQShga kirayotgan oltin hajmi yanada ortdi.
Milton Fridman va Chikago maktabi vakillarining qarashlarida iqtisodiy va siyosiy kamchiliklar mavjudligini 1930 yillardagi iqtisodiy tartibsizliklar ko‘rsatib berdi. Fridman va uning izdoshlari – erkin bozor sharoitida qanday taklif bilan chiqishdi? Ularning qarashlari bo‘yicha dastlab oltin standartidan voz kechish va milliy valyutani chiqarish vakolati davlat ixtiyorida bo‘lishi lozim edi. Ya’ni, davlat tomonidan chiqarilgan ta’minlanmagan qog‘oz pullar, qonuniy to‘lov vositasini bajarishiga erishish nazariyasini ilgari surilgan. Shundan co‘ng dastlab davlat qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishi va boshqa valyuta kurslariga nisbatan tebranishiga imkon berish kerak. Bunda inflyatsiya darajasini belgilangan me’yorda bo‘lishini davlat tomonidan nazorati ta’minlanishi lozim edi. Lekin 1930 yillardagi jahon iqtisodiyotidagi tartibsizliklarni kelib chiqishi, aynan mamlakatlar pul tizimini izdan chiqishi bilan bog‘liq edi.
Shunday qilib, 30 yillarning ta’minlanmagan qog‘oz pullariga asoslangan pul tizimining ayanchli tajribasi va uni oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy tanglik shuni ko‘rsatdiki, ikkinchi jahon urushidan so‘ng xalqaro iqtisodiy munosabatlarni, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi va kapital oqimini yo‘lga qo‘yish maqsadida AQSh o‘z oldiga jahon pul tizimini qayta tiklash vazifasini qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |