Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish
bir o‘quv yili uchun — 20 soat
Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) kengashi tomonidan tasdiqlagan (rejaga kiritilgan) ishlar natijasi bo‘yicha hisobotlar asosida aniqlanadi.
47.
Bitiruvchilarning bandligi monitoringini o‘tkazishda ishtirok etish
bir o‘quv yili uchun — 40 soat
Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining tegishli topshirig‘i asosida aniqlanadi.
48.
O‘zaro darslarga nazoratli kirish
bitta o‘zaro darsga nazoratli kirganlik uchun — 3 soat
Bir o‘quv yili davomida kafedra mudiri hamda professor (fan doktori) 40 soatgacha, dotsent (fan nomzodi) 20 soatgacha boshqa professor-o‘qituvchining darslariga kirishi kerak.
Kafedralarning tegishli yig‘ilish bayonnomalari asosida aniqlanadi.
49.
Qabul komissiyasi ishida ishtirok etish
o‘quv yili uchun — 100 soat
Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i asosida aniqlanadi.
oliy ta’lim muassasasi miqyosida tashkil etganlik uchun — 15 soat;
Konferensiya va seminarlarni (ilmiy seminarlarni) tashkil etishni va ularning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Jami soatlar ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
respublika miqyosida tashkil etganlik uchun — 30 soat;
xalqaro mi�yosda tashkil etganlik uchun — 50 soat.
53.
Kafedra faoliyatidagi hujjatlarni yuritish, yig‘ilishlar o‘tkazish, ularni rasmiylashtirish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish
kafedra mudiriga bir o‘quv yili uchun — 100 soat
O‘quv yili yakunlari bo‘yicha kafedraning hisoboti, shuningdek kafedra yig‘ilishlari bayonnomasi va boshqa tegishli hujjatlar asosida aniqlanadi.
54.
Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar bilimini baholash uchun o‘tkaziladigan yakuniy nazorat imtihonlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish
bitta fan bo‘yicha auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi sifatida ishtirok etganlik uchun — 2 soat
Oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i asosida aniqlanadi.
Bunda bitta akadem guruh uchun 2 ta nazoratchi (1 ta auditoriya rahbari va 1 ta kuzatuvchisi) belgilanadi.