III. Ilmiy-tadqiqot ishlari
37.
|
Ilmiy maqola, tezis tayyorlash va nashr etish, ixtiro (patent), dasturiy vositalar yaratish
|
oliy ta’lim muassasasi miqyosidagi har bir ilmiy maqola uchun — 10 soat, tezis uchun — 5 soat;
respublika miqyosidagi har bir ilmiy maqola uchun — 30 soat, tezis uchun — 20 soat;
xalqaro miqyosdagi har bir ilmiy maqola uchun — 60 soat, tezis uchun — 30 soat.
Har bir patent uchun — 70 soat.
Har bir dasturiy vosita uchun — 30 soat.
|
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.
Joriy o‘quv yilida tayyorlangan va nashr etilgan ishlar asosida aniqlanadi.
Davriy to‘plamlarda nashr etilgan ilmiy maqolalar respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtiriladi.
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida tayyorlangan (yaratilgan) ilmiy maqola, tezis, ixtiro (patent), dasturiy vositalar mazkur ish turiga kiritilmaydi.
|
38.
|
Monografiya va risola nashr etish, axborot tahliliy materiallar tayyorlash, ijodiy ishlar yaratish
|
har bir bosma taboq uchun — 30 soat;
bitta ijodiy ish yaratganlik uchun — 30 soat.
|
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.
Joriy o‘quv yilida nashr etilgan (tayyorlangan) ishlar asosida aniqlanadi.
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari bo‘yicha nashr etilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi.
|
39.
|
Shaxsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish
|
har bir shaxsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogi (yangi loyihalari) uchun:
oliy ta’lim muassasasi miqyosida bo‘lsa — 20 soat;
respublika miqyosida bo‘lsa — 50 soat;
xalqaro miqyosda bo‘lsa — 70 soat.
|
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.
Joriy o‘quv yilida nashr etilgan (yaratilgan) ishlar asosida aniqlanadi.
|
40.
|
Darslik, monografiya, risola va o‘quv qo‘llanmalariga ilmiy muharrirlik qilish
|
bir bosma taboq uchun — 10 soat
|
Darslik, monografiya va o‘quv qo‘llanmalarning joriy o‘quv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida aniqlanadi.
|
41.
|
Ijodiy asarlar, loyihalar va ko‘rgazmalarni tahrir qilish
|
har bir ijodiy asar, loyiha va ko‘rgazmani tahrir qilganlik uchun — 10 soat
|
Joriy o‘quv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida aniqlanadi.
|
42.
|
Darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, risola, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqa ishlarga taqriz yozish
|
bitta taqriz uchun — 10 soat
|
Joriy o‘quv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar va yozilgan taqrizlar asosida aniqlanadi.
|
43.
|
Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish
|
bir o‘quv yili uchun — 250 soat
|
Mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan dissertatsiya mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
Yakka tartibdagi ish rejaning bajarilishi bilan aniqlanadi.
|
44.
|
Ilmiy jurnallar tahririyatiga a’zo bo‘lish
|
o‘quv yili uchun — 25 soat
|
Nashr etilgan ilmiy jurnallar va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi.
|
45.
|
Oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish
|
o‘quv yili uchun — 50 soat
|
O‘quv yili davomida mavzu bo‘yicha amalga oshirilgan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari asosida aniqlanadi.
Xo‘jalik shartnomalari doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari bo‘yicha bajarilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |