O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining



Download 127,27 Kb.
bet1/6
Sana01.02.2022
Hajmi127,27 Kb.
#422331
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2720 19.10.2015




O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
buyrug‘i
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 19-oktabrda 2720-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 20-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3076, 08.10.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori va 2008-yil 1-avgustdagi 164-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek professor-o‘qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-sentabr,
5-2015-son
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 9-sentabrdagi 5-2015-son buyrug‘iga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoida
1. Ushbu hujjatning amal qilishi oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Professor-o‘qituvchilar mehnatini normalashtirish
2. Professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili kelgusi o‘quv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejalariga asoslangan.
3. Yillik shaxsiy ish reja mazkur Qoidalarning ilovasida nazarda tutilgan Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar hajmini hisoblashning vaqt me’yorlariga muvofiq asosiy tadbirlar ro‘yxatini (tadbirlardan har biri bo‘yicha soatlar miqdorini ko‘rsatgan holda) o‘z ichiga oladi.
4. Yillik shaxsiy ish reja 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
5. Ish turlari professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalarida to‘la va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o‘quv yili yakunida faqat mazkur o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi.
O‘quv yili davomida bajarilgan qo‘shimcha ish turlari professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin.
6. Ish turlari bo‘yicha hisoblangan soatlar hajmi oliy ta’lim muassasasining shtat birliklari sonini hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining oylik maoshlarini belgilash uchun asos bo‘lmaydi.
Shtat birliklari professor-o‘qituvchilarning talabalar soniga nisbati bo‘yicha, oylik ish haqi esa, xarajatlar smetasi bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.
7. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ishlarni normalashtirish bo‘yicha tavsiya etiladigan taqsimot:
o‘quv ishlari — 50% — 70%;
ilmiy-metodik ishlari — 5% — 10%;
ilmiy-tadqiqot ishlari — 15% — 20%;
tashkiliy-metodik ishlar — 5% — 10%;
ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar — 10% — 15%.
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy ta’tillar berish tartibi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga muvofiq olib borayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish maqsadida professor-o‘qituvchining o‘quv ishlari yuklamasi hajmi oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Bunda professor-o‘qituvchining tegishli o‘quv ishlari yuklamasi qismi kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilarining yuklamasiga qo‘shimcha ravishda taqsimlanadi.
9. Ma’ruza mashg‘ulotlari professor, dotsent, katta o‘qituvchi va ilmiy darajaga ega bo‘lgan assistent (o‘qituvchi)lar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda (ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda, professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda va shu kabi boshqa hollarda) kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega assistent yoki o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 100 soatgacha bo‘lgan hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga asosan ruxsat beriladi.
Toshkent davlat yuridik universitetida assistent yoki o‘qituvchilarga, ularning ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish staji muddatidan qat’i nazar, bir o‘quv yilida 250 soatgacha bo‘lgan hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga mazkur ta’lim muassasasi kengashining qaroriga asosan ruxsat beriladi.
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Toshkent davlat yuridik universitetida professor-o‘qituvchilarning o‘quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi mazkur ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
10. Professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan, har semestr yakunida esa, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
3-bob. Yakuniy qoida
11. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 9-sentabr
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 9-sentabr
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2015-yil 9-sentabr
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 9-sentabr
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 9-sentabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2015-yil 9-sentabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
2015-yil 9-sentabr
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
2015-yil 9-sentabr
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi A. NURITDINOV
2015-yil 9-sentabr
“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ raisi A. RAMATOV
2015-yil 9-sentabr
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
2015-yil 9-sentabr
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalariga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar hajmini hisoblashning
VAQT ME’YORLARI


Download 127,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish