Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Tasniflash 
Har bir tasnifda biz berilgan sinfning barcha a‘zolariga xos 
muayyan belgini tanlaymiz va shu ma‘noda har qanday tasnif tabiiy boʻladi. 
Xuddi shuningdek, har qanday tasnifni sun‘iy deb hisoblaymiz shu 
ma‘nodakim, asos qilib olayotgan belgini oʻzimiz tanlaymiz. SHu sababga 
koʻra, turli fanlarni tasniflash borasida bahslar tugamaydi. Fanlarni turlicha 
tasniflash mumkin va,harbir holda, u ma‘lum bir maqsaddan kelib chiqib 
amalga oshirilgan boʻladi. Biroq, tasniflar oʻzining mantiqiy va ilmiy 
foydaliligi boʻyicha birbiridan shu ma‘noda ham farq qiladiki, asos qilib 
olinayotgan turli belglar bilimlarni tashkil etuvchi prinsilar sifatida
samaradorligi boʻyicha oʻzaro tafovut qiladilar. Masalan, barcha tirik 
mavjudotlarni erda, suvda va havoda yashaydiganlarga boʻlsak, bu 
mavjudotlar toʻgʻrisidagi bilmlarni sistemaga solish uchun fundamental 
ahamiyat kasb etmaydi. Boshqa holatni olsak, masalan, delfinlar va kitlarning 
sut bezlariga ega boʻlishi va avlodlarini sut bilan oziqlantirishi, baliqlarning 
chiqarib, urchishi belgilarini asos qilib olgan gʻolda amalga oshirilgan tasnif 
shu mavjudotlar hayotiy faoliyatini oʻrganish uchun muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Demak, fanning vazifasi avval faktlarni toʻplash, keyin ularni 
tasniflashdan iborat deb aytish real vaziyatning adekvat manzarasini ifoda 
etmaydi. Ma‘lum bir ma‘noda tasnif qanday faktlarni ajratish masalasini 
echish uchun zarur, lekin bu hali hammasi emas. Eng asosiy vazifa 
obyektlarning tabiatini oʻrganish uchun muhim boʻlgan belgisini topishdan 
iborat
1
.
Tasniflash 
(turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni boʻlishning 
alohida turidir. Tasniflash predmetlarni ma‘lum bir turlarga (kichik sinflarga 
yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat boʻlib, bunda har bir tur 
boshqalariga nisbatan oʻzining aniq va qat‘iy oʻrniga ega. Tasniflash 
natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda 
oʻz aksini topadi.
Mantiqda sun‘iy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Sun‘iy tasnif 
predmetlarning birorta umumiy belgisiga koʻra amalga oshiriladi. Unga misol 
qilib kutubxonadagi kitoblar kata‘logini koʻrsatish mumkin. Tabiiy tasnifni 
amalga oshirish uchun boʻlish asosi qilib predmetlarning birorta muhim 
belgisini olish kerak. Ana Shuning uchun ham u predmetlarning ayrim 
muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bogʻlanishlarini aniqlash 
1
Morris R. Cohen, Ernest Nagel. An Introduction to Logic and Scientific Method. New Delhi/ 2007. 
P.223-224


387 
imkonini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, 
Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol boʻla oladi.
Tasniflashda tushunchani boʻlish qoidalariga amal qilish zarur.
Tasniflar nisbiy turgʻun harakterga ega. Ular bilishda va kundalik 
turmushda uzoq yillar davomida ishlatiladi.
Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga 
kelishi koʻp hollarda tasniflarga tuzatishlar kiritishni, ba‘zan esa butunlay 
yangisi bilan almashtirilishini taqozo etadi. SHunga qaramasdan, tasniflash 
mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida bilishda oʻzining 
muhim ahamiyatiga ega boʻlib qoladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish