2
Цит. По: Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalizion Theme
// Government and Opposition. Vol.31. № 2. P. 213.
3
Шишков Ю.В. Интеграционные процессы на пороге XXI века. Почему не интегрируется страны СНГ?
М., 2001. с. 17.
9
1.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi
kuchlari va omillari
Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun
iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari haqidagi masalaning qo‘yilishi
tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot nazariyasi
xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning
kuchayishi, moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo
joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish,
xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat
beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan
mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi. Shu bilan bir vaqtda,
xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bo‘lgan
xo‘jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan
birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan
raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida
kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni
anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning eng
katta foydalari etarli darajada yuqori (aynan shu erlarda kuchli kompaniyalarining
shtab-kvartiralari – jahon bozorlaridagi o‘yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy
ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar
joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta
taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan o‘sishi ko‘rinishidagi risklar
davlatning ijtimoiy siyosati bilan bo‘lib-bo‘lib kompensatsiya qilinadi.
Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning
bozorlaridan xorijiy moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib
kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi o‘n yillikning jahon tajribasi (1994-1995
yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro (Osiyo) inqirozi, Rossiya,
10
Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan inqirozli o‘zgarishlar) global
moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan mamlakatlar va
o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg‘arma bozorlarini qulatib,
bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini so‘ndiribgina qolmay,
shuningdek, mazkur mamlakatlar xo‘jaligining real tarmog‘ida juda salbiy tarzda
aks etadi.
Globallashtirish jarayonlari ko‘p hollarda ilg‘or iqtisodiyotning
rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning
jahon iqtisodiyotidagi o‘rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Ko‘pgina
rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan
mamlakatlarga
texnologik
jihatdan
bog‘liq
bo‘ladilar:
zamonaviy
texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda
oshirib yuboradi, o‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning,
birinchi navbatda yuqori malakali va o‘qitilgan mutaxassislarning yo‘qligi tufayli
yaxshi samara bermasligi mumkin.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini
– uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari
uchun jahon bozoridagi etakchilikning o‘ziga xos kurashidan qochib qutilib
bo‘lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga ko‘ra, “shuni to‘la ishonch
bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning
bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda
etakchi o‘rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning
markazlashgan yoki pereferiy mamlakatlarga bo‘linishi, zamonaviy kapitalistik
tizim yanada integrlashib borayotganligiga qaramasdan o‘zgarmay qolmoqda.
Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng
imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad
11
olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti esa xuddi
avvalgidek, notekis rivojlanmoqda”
4
.
Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g‘arbiy Yevropa (yoki
yanada tor yondashuv bo‘yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o‘rtasidagi
raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar –
mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar
doirasida rivojlanadi.
Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001-yillardagi xalqaro
rivojlanish haqidagi ma'ruza ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoning 20 ta eng boy
mamlakati aholisining o‘rtacha daromadlari 20 ta kambag‘al mamlakatlarning
o‘rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda keyingi 40 yilda portlashlar ikki
barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag‘al mamlakatlari
o‘rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990-yilda 60:1 va 1997-yilda 74:1
tashkil qildi. Fin eksperti K. Kilyunen fikriga ham qo‘shilish mumkin, uning
fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln.
dollardan oshganda sog‘lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil
etuvchi 2,5 mlrd. kambag‘alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta
boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIM ini
oshiradi”
5
. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar o‘rtasida
ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi
sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan
mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bo‘yicha). AQSh jahon
xo‘jaligida o‘z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, o‘z milliy
masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan
foydalanishga harakat qiladi.
4
Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalization Theme //
Gowernment and Opposition/. Vol. 31. № 2. p. 197, 215.
5
Социал-демократия перед лицом глобальных проблем. М., 2000. с. 23.
12
Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o‘z hududida ta'sis
qilingan (1960-1970-yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor
hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini
olishlari mumkin. To‘rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor
hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari
Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo‘lgan Shimoliy va janubiy Amerika
mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar
Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch
okeanining Singapur, Gongkon, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol
hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani
mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.
Globallashtirishning
harakatlantiruvchi
kuchlari
globallashtirish
jarayonlarining aniq omillarida mujassamlashadi. Jahon iqtisodiyotini
globallashtirish jarayonlarining yuzaga kelishi va evolyutsiyasiga ta'sir
ko‘rsatuvchi asosiy omillar ichidan quyidagilarni keltirish mumkin:
- mamlakatlararo o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning qat'iy kuchayishi; hozirgi
kunda hech bir mamlakat o‘z rivojlanishida jahon xamjamiyati va regressidan
butunlay uzoq bo‘lgan vaziyatda qolishni istamagan holda jahon iqtisodiyotidan
tashqarida qolishi mumkin emas; keyingi vaqtlarda dunyoning deyarli barcha
mamlakatlarining iqtisodiy oshkoralik darajasi tez sur'atda oshib borishi; xalqaro
savdo
6
va kapitalning mamlakatlararo harakatining o‘sishi tufayli xalqaro
iqtisodiy makonda yuz berayotgan milliy iqtisodiy jarayonlarga intensiv ta'sir
ko‘rsatishi;
- tayyor mahsulotlarni mamlakatlararo almashtirish ulushi oshayotgan,
agrar xom ashyo tovarlarini almashtirish esa xalqaro savdoni yanada
6
Черковец О. Глобализация сотрудничества или конкуренция? // экономист 2002. № 10. с. 5
13
ko‘paytirayotgan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimotining yangi sifatining
shakllanishi; ichki tarmoq savdosining solishtirma og‘irligining o‘sishi;
- xalqaro moliyaviy bozor milliy sigmentlararo aloqalarning va yanada
integratsiyalashgan global moliyaviy bozor shakllanishining kuchayishi;
- xo‘jalik hayotining xususiy va umumiy sub'ektlariga ega bo‘lgan turli
mamlakatlardagi hududiy tarmoq xo‘jalik sub'ektlari o‘rtasida doimiy aloqalarni
qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratadigan axborot va telekommunikatsiya
inqilobi;
- kuchli texnologik va moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan, butun dunyoda
ishlab chiqarish va boshqa bo‘linma hamda bo‘limlarni joylashtirish, va shu
tufayli mahalliy raqobatdosh afzalliklardan foydalanish samaradorligiga erishish
imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalar faoliyat doirasini global ravishda
kengaytirish;
- rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarni
xalqaro
savdoga
jalb
qilinishining,
xalqaro
kreditlashtirish
va
investrlashtirishning, xalqaro mehnat migratsiyasining o‘sib borishi;
Jahon iqtisodiyoti sub'ektlari tuzilmasining asosiy murakkabligi – jahon
arenasida milliy davlatlar va o‘z faoliyati doirasida milliy afzallikka ega bo‘lgan
kompaniyalar bilan bir qatorda TMK lar va TMBlar, xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar, hududiy tashkilotlar, jumladan, integrallashgan uyushmalar,
shuningdek, nodavlat tashkilotlari, yirik shaharlar va xatto, alohida individlar
(olimlar, madaniyat xodimlari, Dj. Sorosga o‘xshagan ishbilarmonlar va
boshqalar) ham faol ishtirok etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |