Kurs ishining maqsadi.
Ushbu kurs ishida “Xalqaro iqtisodiy
globallashuv jarayonlari va lokallashuv” mavzusini va mavzuga oid
muammolarni ochib berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Iqtisodiy
globallashuvda g‘arbdan tashqari qator mintaqalarga kiritilayotgan sarmoya va
texnologiya uchun davlat suverenitetining bir qismidan voz kechishga ham
majbur bo‘linadi. buning oqibatlari esa ko‘pdan ko‘p salbiy jihatlarni keltirib
chiqarmasligi mumkin emas.
1
Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma
majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2016. -56 b.
5
I BOB. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi
1.1. Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sib
borishi
Globallashuv tahlilining keyingi logistik bosqichi globallashayotgan
jarayonlarga ta'sir ko‘rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va
globallashuvning xarakatlantiruvchi kuchlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishi
lozim. Oxirigisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch to‘playotgan kapitalning
jamlanishi va markazlashishini, xo‘jalik hayotining transmilliylashtirilishi – yirik
transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning o‘sishi va rivojlanishini
kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy
bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni
rag‘batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko‘rsatadi.
Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini
oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi.
Globallashtirishning bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy
taraqqiyotning, texnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi bo‘lib, u
transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya
qilishda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar,
g‘oya va axborot mahsulotlarini chegarviy transport vositalariga tez va kam
xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. Yangi
axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez
xarakatlanuvchi kompyuter texnikasi, signal uzatishning optik to‘lqinli
texnologiyasi, sputnik va uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq
texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet global
tarmog‘i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo
bo‘ldi. Butunlay yangi imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
6
doirasida yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini
rag‘batlantiruvchi inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan haqiqiy
axborot innovatsiyalari haqida gapirish imkonini beradi. Mavjud hisob-kitoblar
va baholarga muvofiq, keyingi 5-10 yil ichida dunyodagi mavjud axborotlarning
umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga oshdi: bu Mur qonuni nomini oldi
(bu tendentsiyani ilk bor topgan kishi nomi sharafiga).
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Dj. Garret jahon
iqtisodiyoti globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib ko‘rsatadi, ularga
quyidagilar kiradi: 1) jahon savdosida o‘sib borayotgan raqobat; 2) ishlab
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa mamlakatlarga
joylashtirish hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari natijasida
ishlab chiqarishning ko‘p millatli xarakterini o‘rnatish; 3) moliyaviy bozorlarning
xalqaro integratsiyasi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy
tarmoqlarda transmilliy korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati
jarayonlarida mujassamlanadi. g‘arb iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy
faoliyatning bunga o‘xshash sub'ektlari transmilliy, xalqaro, multimilliy,
supermilliy, global va boshqa kompaniyalar deb nomlanishi mumkin. Shunga
muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik moliyaviy, ishlab
chiqarish, ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular o‘z
operatsiyalarini o‘zlari tashkil etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham
birdek amalga oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab chiqarish, bank, investitsiya,
savdo-reklama faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, kadrlarni
tayyorlashni o‘z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy tuzilma bir-biridan ajratib
turadi.
· TMKlarning zamonaviy ajralib turadigan jihatlari quyidagilar
hisoblanadi:
7
· Bozorlarni reja asosida yuritish va jahon miqyosida raqobatni amalga
oshirish (ayrim xorijiy ekspertlar global raqobatning zamonaviy atamasi uchun
yangi so‘z – “giperraqobat” so‘zini ishlatadilar);
· Jahon bozorlarini shunday global korporatsiyalar bilan ajratish;
· Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘z bo‘limlari
faoliyatini kuzatish; korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi; o‘z
bo‘limlari, zavodlari va qo‘shma korxonalarini yagona xalqaro boshqaruv
tarmog‘iga birlashtirish;
· TMK faoliyat yuritayotgan davlatga iqtisodiy va siyosiy ta'sir ko‘rsatish.
Har qanday mamlakat uchun ilk asosiy rivojlanish, tabiiyki, ichki bozor
bo‘lib qoladi (yirik mamlakatlar bunda g‘ayritabiiy afzalliklarga ega), modomiki,
transmilliylashtirish jarayonlarining avj olishi bilan siyosiy iqtisodiy
rivojlanishning asosiy kriteriyasi jahon bozoriga zamonaviy mahsulotlar bilan
chiqish va u erda o‘z o‘rniga ega bo‘lishdan iborat bo‘lib qoladi.
TMK lar jahon to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari (TXI) ning asosiy qismini
amalga oshiradigan xo‘jalik sub'ektlari hisoblanadilar. Oxirigi dinamika hayratda
qoldiradi: 2002-yildagi Xalqaro investitsiyalar haqidagi Ma'ruza ma'lumotlariga
ko‘ra, dunyoda TXI ning o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati 90- yillarning birinchi
yarmida 20 % ni, ikkinchi yarmida esa 40,1 % ni tashkil qilgan. Xalqaro
investitsiyalar umumiy hajmidagi to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushida asosiy
kapital 1980 yildagi 2,0-2,4 % dan 1990 yilning oxirlarida 6-8 % gacha o‘sdi.
Globallashtirish va regionalizatsiya, hududiy iqtisodiy integratsiya
jarayonlarining o‘zaro munosabati har doim ham bir xil ma'noga ega
bo‘lavermaydi. Sir emaski, globallashayotgan jahon iqtisodiyotining bugungi
holatining xarakterli belgilaridan biri ko‘p miqdorli hududiy iqtisodiy guruhlarni
shakllantirish bo‘lib qolmoqda. Regionalizatsiya (hududiy iqtisodiy integratsiya)
va globallashtirishning o‘zaro faoliyati haqidagi sodda tasavvurlar biri
8
ikkinchisini inkor qiladigan pozitsiyaga mos keladi. Masalan, shunday fikrlar
ham uchraydiki, bunda “xalqaro regionalizatsiya globallashtirishning dialektik
inkori hisoblanadi, modomiki, hududiy ittifoqlar mamlakatlarning cheklangan
miqdorinigina o‘z ichiga oladi”
2
.
Mashhur rus tadqiqotchisi prof. Yu.V. Shishkov fikriga ko‘ra,
globallashtirish keng xo‘jalik hayotining baynalminallashtirish jarayonlarining
rivojlanishi, shu bilan bir vaqtda hududiy integratsiya sifatida bir hudud doirasida
ichki xo‘jalik hayotini baynalminallashtirish jarayonlari rivojlanishining eng
yuqori darajasi imkon qadar mumkin bo‘ladi
3
. Shu ma'noda aytish mumkinki,
hududiy integratsiya oldindan his qilishdir va bir vaqtda bir hudud doirasida
globallashtirish ma'nosini tashkil etuvchi jarayonlar rivojlanishining chuqur va
intensiv darajasidir.
Hududiy iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarini
chuqurlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlarni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |