1.2. Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sib borishi
Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari haqidagi masalaning qo’yilishi tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot nazariyasi xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi, moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi. Shu bilan bir vaqtda, xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bo’lgan xo’jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning eng katta foydalari etarli darajada yuqori (aynan shu erlarda kuchli kompaniyalarining shtab-kvartiralari – jahon bozorlaridagi o’yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan o’sishi ko’rinishidagi risklar davlatning ijtimoiy siyosati bilan bo’lib-bo’lib kompensatsiya qilinadi.
Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning bozorlaridan xorijiy moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi o’n yillikning jahon tajribasi (1994-1995 yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro (Osiyo) inqirozi, Rossiya, Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan inqirozli o’zgarishlar) global moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg’arma bozorlarini qulatib, bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini so’ndiribgina qolmay, shuningdek, mazkur mamlakatlar xo’jaligining real tarmog’ida juda salbiy tarzda aks etadi.
Globallashtirish jarayonlari ko’p hollarda ilg’or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog’liq bo’ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, o’zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va o’qitilgan mutaxassislarning yo’qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini – uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi etakchilikning o’ziga xos kurashidan qochib qutilib bo’lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga ko’ra, “shuni to’la ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda etakchi o’rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan yoki pereferiy mamlakatlarga bo’linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integrlashib borayotganligiga qaramasdan o’zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti esa xuddi avvalgidek, notekis rivojlanmoqda”[4].
Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g’arbiy Yevropa (yoki yanada tor yondashuv bo’yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o’rtasidagi raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar – mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.
Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001 yillardagi xalqaro rivojlanish haqidagi ma'ruza ma'lumotlariga ko’ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining o’rtacha daromadlari 20 ta kambag’al mamlakatlarning o’rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag’al mamlakatlari o’rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1 tashkil qildi. Fin eksperti K. Kilyunen fikriga ham qo’shilish mumkin, uning fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog’lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag’alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIM ini oshiradi”[5]. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar o’rtasida ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bo’yicha). AQSh jahon xo’jaligida o’z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, o’z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan foydalanishga harakat qiladi.
Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o’z hududida ta'sis qilingan (1960-1970 yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. To’rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo’lgan Shimoliy va janubiy Amerika mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko’rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch okeanining Singapur, Gongkon, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.
Globallashuv jarayoni ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy sohada jadal sur`atlar bilan kechmoqda. U avvalo, tabiiy boyliklar va savdo bozorlari ustidan nazorat o`rnatish borasida raqobatning keskinlashuvida namoyon bo`ladi. Bu jarayonda davlatlar bilan bir qatorda transmilliy korporatsiyalar (TMK) ham etakchi o`rin tutadi.
Transmilliy korporatsiyalar — industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo`lgan ko`p funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korporatsiyalari. “Trans” old qo’shimchasi o’z nomi bilan – TMK milliy chegaralardan tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; ular g’oyalarni, didlarni, standart va texnologiyalarni butun dunyo bo’ylab tarqatadilar; ular o’z operatsiyalarini global miqyosda rejalashtiradilar, bunda o’z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. Transmilliy kompaniyalar deganda ko’pincha, o’z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq mamlakatda nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. Asos mamlakatlardagi bosh kompaniyalar qabul qiluvchi mamlakatlardagi sho’'ba kompaniyalar va filiallarni investitsiyalagan holda xorijiy aktivlarga ega bo’ladilar. Investirlashtirishning bunday turi boshqaruv va nazorat huquqini inobatga oladi va to’g’ri xorijiy investitsiyalar sifatida ko’rib chiqiladi. Bunga qarama-qarshi ravishda portfelli investitsiyalar nazorat huquqini bermaydi, ular odatda, daromad olish maqsadida pul bozorlari vositalarini va xorijiy qimmatli qog’ozlarni xarid qilishni nazarda tutadi.
Kompaniya agar faqatgina xorijda savdo qilsa yoki xorijiy firmalarning hamkorlari sifatida ishtirok etsa TMK hisoblanmaydi. Kompaniya uchun TMK maqomini olishning bir necha yo’llari mavjud. Masalan, agar: 1) kompaniya xorijda bir necha affilyat yoki filiallarga ega bo’lsa; 2) ular dunyoning ko’pgina mamlakatlarida faoliyat yuritadilar; 3) xorijda olingan daromadlar ulushi yoki boshqa daromadlar barcha daromadlarga nisbatan yuqori bo’lsa; 4) uning ishchilari, aktsionerlari va menejerlari ko’pgina turli mamlakatlardan bo’lishi kerak; 5) uning xorijiy operatsiyalari – bu nafaqat savdo, shuningdek ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar ham bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, Xalqaro kompaniyalar statistikasi ko’pgina murakkabliklarga duch keladi. Xususiy firma sifatida ular o’z faoliyatlari haqida axborotlarni zo’rg’a beradilar, buning ustiga axborotlarning bir qismi berkitiladi. Xalqaro korporatsiyalarning izohida ham farqlar mavjud. Ular odatda, kamida ikki mamlakatdagi aktivlar ustidan nazorat qilish huquqiga ega firma sifatida aniqlanadi. Boshqa mualliflar esa xorijiy ishlab chiqarish hajmi kabi kriteriyaning ahamiyatini ta'kidlaydilar. Shu narsa aniqki, TMKni bir xilda aniqlash juda katta murakkabliklarni o’zida mujassamlashtirgan, chunki transmilliy korporatsiyalarning tashkiliy tuzilmasi xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o’zgarishlarga moslashgan holda doimiy ravishda o’zgarib turadi. TMKlar bo’yicha BMT komissiyasi o’z vaqtida transmilliy kompaniyalarga quyidagicha ta'rif bergan:
Bu kompaniyalar:
- yuridik shakli va faoliyat doirasidan qat'iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakat birligini o’z ichiga oladi;
- bir yoki undan ortiq rahbarlik markazlari orqali umumiy strategiyani amalga oshirish va kelishilgan siyosat yuritish imkonini beruvchi qarorlar qabul qilish tizimi doirasida operatsiyalarda o’zib ketuvchi;
- alohida birliklari bir-biri bilan mulk orqali yoki ulardan biri yoki bir nechtasi boshqasining faoliyatiga, xususan, bilimlarni, rusurslarni va boshqasi bilan majburiyatlarni bo’lishish kabi qandaydir boshqacha tarzda o’zaro bog’langan;
Xalqaro korporatsiyalarning ikki ko’rinishi farqlanadi:
1. Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – kapital bo’yicha milliy (bosh kompaniya bir mamlakatga tegishli bo’ladi) va faoliyat doirasi bo’yicha xalqaro (investitsiyalar dunyoning ko’pgina mamlakatlarida amalga oshiriladi).
2. Multimilliy korporatsiyalar (MMK) – kapital bo’yicha ham, faoliyat doirasi bo’yicha ham xalqaro bo’lgan kompaniyalar (bosh kompaniya kapitali bir necha mamlakatlar kapitaliga tegishli, investitsiyalar ham dunyo bo’ylab amalga oshiriladi).
Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab, hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspantsiya siyosatini yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki qismi TMK ulushiga to`g`ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-xaularning beshdan to`rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha, 2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo`lgan bo`lsa, 1970 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to`g`ri keladi. XX asr so`ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi.
Ta`kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo`lgan xususiyat, bu “ikki andozalik” yondoshuvidir. Bir tomondan ular dunyo iqtisodiy makonining liberallashuvi va demokratlashuvidan manfaatdor bo`lsa, ikkinchi tomondan TMK ichida dunyoda mavjud erkin bozor qonuniyatlari ishlamaydi (bozor asosida emas, balki korporatsiya strategiyasidan kelib chiqib narxlar belgilanadi). Umuman, TMKlar faoliyati o`zlari joylashgan (ro`yxatdan o`tgan) davlat manfaatlari bilan mustahkam bog`langan bo`ladi.
Yirik TMKlar ko`pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta`sir etishga intiladi. Ayrimlari esa muayyan davlatlarning iqtisodiy va siyosiy nazoratidan butunlay xalos bo`lishga va birinchi galda, qanday yo`llar bilan bo`lmasin, o`z moddiy manfaatlarini himoya qilishga harakat qiladi. TMKlar va muayyan mamlakat hukumati o`rtasida ziddiyatlar vujudga kelgan hollarda ular mazkur mamlakatni tark etishib boshqasiga borib joylashadi.
TMKlar faoliyatidan tashvishga tushgan jahon hamjamiyatini tinchlantirish uchun 70-80 yillar mobaynida BMT darajasida TMKlar faoliyatini izga solish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida o`ziga xos ahloq kodeksini ishlab chiqishga urinishlar ko`p bo`lgan. Biroq, bu urinishlar TMK vakillarining qattiq zarbasiga duch keladi va 1992 yilda bu borada olib borilayotgan muzokaralar to`xtatiladi.
Vaholanki, TMKlar faoliyatida ko`pgina, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi salbiy holatlar namoyon buladi:
- mamlakatning eskirgan va ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar axlatxonasiga aylanib qolish extimoli;
- mamlakat sanoat ishlab chiqarishining eng rivojlangan segmentlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari, istiqbolli mahalliy korxona va firmalarni egallab olinishi xavfi;
- mahalliy kompaniyalarga nisbatan TMK manfaatlariga mos istiqbolli yo`nalishlarni tiqishtirilishi mumkinligi;
- iqtisodiy yoki moliyaviy inqiroz yuz bergan hollarda korxonalarning yopilishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning kuchayishi; Bunday hollarda TMKlar sarmoyasini mamlakatdan olib chiqib ketishga harakat qiladi;
Ma`lum bo`ladiki, TMKlar jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi, zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojiga hissa qo`shsada, milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga salbiy ta`sir etayotganidan ko`z yumib bo`lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, jahon xo`jaliklararo aloqalarida TMKlar ancha murakkab va jadal rivojlanib kelayotgan hodisadir. Urushdan keyingi g`arbiy Yevropa, YAponiya va “yangi industrial mamlakatlar”ning bosib o`tgan yo`li shuni ko`rsatadiki, TMKlar bilan raqobatga dosh berish uchun milliy kapital faol tashqi iqtisodiy siyosat olib bora oladigan baquvvat moliyaviy va sanoat tuzilmalariga birlashmog`i lozim.
Bitta partiyaning uzoq davr ustunligi kuzatilgan YAponiya jamiyati ham ko‘p partiyaviy tizimga kiradi. SHuning uchun bu mamlakatdagi tizimni bir partiyaviy tizim bilan adashtirmaslik lozim.
YAponiya, Suriya, Ispaniya kabi mamlakatlarda yakka etakchi partiyani o‘z ichiga olgan ko‘p partiyaviylik tizimining ham foydali ekanligi tajribada sinab ko‘rildi
Dunyo davlatlarining yalpi milliy mahsulotlariga muvofiq ularning ro‘yxati tuzib chiqilsa va TMK ro‘yxati bilan taqqoslansa, iqtisodiy qudratiga ko‘ra «Mitsiu» kompaniyasi 25-o‘rindagi «davlat» bo‘lar ekan, keyin esa: «Mitsubisi» (26), «Itochu» (30), «Su-mitomo» (36), «Toyota»(38) va boshqalar5.
Ba’zi tadqiqotchilar daromadlarning global konvergensiyasi haqida gapirishmoqdalar. Ular bu boradagi fikrlarini qashshoq davlatlarning iqtisodiyoti o‘zib ketgan holda, ya’ni yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani bilan dalillaydilar. Haqiqatda esa ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlar iqtisodiyoti boy davlatlarnikidan ko‘ra ancha past sur’at bilan rivojlanayotgan paytda, tez o‘sish faqat Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarining (“Osiyo yo‘lbarslari” deb ataluvchi) kamsonli guruhi uchun xos. Ularning globalizatsiyadan oladigan foydasi juda kam, ko‘pincha esa nolga teng.
Natijada nafaqat daromadlarning konvergensiyasi va tenglashtirilishi, balki ularning qutblanishi ham mavjud.
Globallashuv tufayli tez rivojlanayotgan mamlakatlar boy davlatlarga aylanadi, qashshoq mamlakatlar ulardan yanada ko‘proq ortda qoladi. Dramatik tarzda o‘sib borayotgan daromadlardagi farq qashshoq mamlakatlarda norozilik keltirib chiqaradi, bu xalqaro mojarolarga olib kelishi mumkin. So‘nggi 15 yilda aholi jon boshiga daromad 100 dan ortiq mamlakatlarda pasaygan, 60 dan ziyod mamlakatda aholi jon boshiga talab qisqargan. (Rivojlangan mamlakatlarda yashayotgan deyarli 5 mlrd. kishi orasida 3/5 qismi eng past sanitar me’yorlarga mos kelmaydigan sharoitda yashashadi, 1/3 qismi ichimlik suvidan mahrum, 1/5 qismi esa to‘yib ovqatlanmaydi). “Imtiyozlarni adolatli taqsimlash” jahon iqtisodiyotini globallashtirishning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ammo bu muammo, afsuski, yagona emas.
Boshqa bir muhim muammo milliy iqtisodiyotlarning umumsayyora darajasidagi o‘zaro bog‘liqligi tufayli yuz berish imkoniyati yuqori mintaqaviy yoki global beqarorlik bilan shartlangan. Bir mamlakatdagi iqtisodiy silkinish yoki bo‘hron mintaqaviy yoki hatto global oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin. Dunyo bo‘yicha sustlik yoki depressiya populistik chaqiriqlarni keltirib chiqarishga, globallashuvning borishida qaror topgan o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarni uzib yuborishga qodir. Natijada iqtisodiy urushga aylanish xavfi bo‘lgan iqtisodiy mojaro va hatto harbiy-siyosiy to‘qnashuv kelib chiqishi mumkin.
Ayrim mamlakatlar iqtisodiyotini nazorat qilish mustaqil hukumatlar ixtiyoridan eng kuchli davlatlar, ko‘pmillatli, global korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qo‘liga o‘tishi xavfi ham mavjud. SHu bois ba’zi siyosatshunoslar globallashuv hodisasida milliy suverenitetdan ajralish xavfini ko‘rmoqdalar. SHu sababdan globallashuv milliy davlatlar etakchilarida uning kuchi qarshisida ojizlik hissini tug‘dirishi, oddiy fuqarolarida esa uni yoqtirmaslik tuyg‘usi uyg‘otishi mumkin. Bu kabi kayfiyatlar proteksionizmga chorlovchi ksenofobiya va millatchilikni qayta tug‘dirishi, ekstrimistik siyosiy harakatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida jiddiy mojarolarning yuz berishiga kuchli sabab bo‘ladi. Ko‘pincha ish haqi yuqori bo‘lgan iqtisodiy rivoj topgan mamlakatlardagi ishsizlikni globallashuv to‘siq bo‘ladigan hodisalar qatoriga kiritishadi. Ammo, e’tirof etish lozimki, bu kabi fikrlarni ularning ko‘pchiligida ishsizlikning past me’yori va ish haqi past bo‘lgan davlatlarda ishsizlikning yuqori darajasi inkor etadi. Haqiqatda esa bandlikka hukumat siyosati va texnologik jarayon globallashuvning boshqa omilllariga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |