Bir fazali avtonom invertorlarning kuch qismi kenglik-impuls o’zgartkichlarining (KIO’) kuch qismi bilan bir xil. Ular orasidagi farq faqat tranzistorli kalitlarni boshqarish algoritmidadir. Agar simmetrik boshqariluvchi KIO’ sxemasidagi kirishga o’zgarmas emas balki f chastotaga ega bo’lgan
o’zgaruvchan kuchlanish berilsa, yuklamada f chastotali garmonikasi yaqqol ajralib turadigan impuls kuchlanish shakllanadi. CHiqish kuchlanishining garmonik tarkibi, jumladan f chastotali garmonika kirish (modulyasiyalovchi) kuchlanishining shakliga kuchli darajada bog’liq bo’ladi.
Har xil shakldagi modulyasiyalovchi kuchlanishlar ta’sirida bir elkali AIN ning ishlashini ko’raylik (18.1, a-rasm).
To’g’ri burchakli modulyasiyalovchi kuchlanish ta’sirida yuklamada shakllanadigan kuchlanish va uning birinchi garmonikasi 18.1, b – rasmda ko’rsatilgan.
a)
b)
Do'stlaringiz bilan baham: |