Ishchi o‘quv dasturi - OTMning aniq bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv rejadagi aniq bir fan bo‘yicha o‘quv dasturiga asosan professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan, fanning mazmuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan, mavzularning o‘qitish
ketma-ketligiga rioya qilingan holda fanga ajratilgan soatlar aniq ko‘rsatilgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.
Ishchi o‘quv dasturi tegishli ta’lim standartlarini konkretlashtiradi, o‘quv jarayonini uslubiy, informatsion va texnik jihatidan ta’minlanishini nazarda tutadi. OTMlarda talabalarni tayyorlash va o‘qitish xususiyatlarini aks ettiradi.
O‘quv dasturi asosida tuzilgan ishchi o‘quv dasturida aniq mavzular, ularga ajratilgan soatlar, mavzular bo‘yicha qo‘llaniluvchi didaktik va texnik vositalar, mavzular va bo‘limlar bo‘yicha bilimni nazorat qilish turlari hamda tegishli uslubiy tavsiyalar aniq ko‘rsatiladi shuning uchun uning hajmi cheklanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |