1. O‘rtacha miqdorlarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
Statistik to‘plam bir nechta alohida miqdorlardan tashkil topgan bulib, statistika ularning umumiy tomonlarini o‘rganadi. Bu alohida miqdorlarning har birining o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ularda juda ko‘p marta takrorlanadigan va to‘plamga umumiy bo‘lgan jihatlarni aniqlash zarur buladi. Bunday hollarda o‘rtacha miqdorlardan foydalalinadi.
O‘rtacha miqdorlarni hisoblashda alohida miqdorlarga xos bo’lgan individual tomonlar e’tiborga olinmasdan, maskur to‘plamga umumiy bo‘lgan jihatlar atroflicha o’rganiladi.
Shundan kelib chiqqan holda, o‘rganilayotgan statistik to‘plamni o‘zgaruvchan belgilari bo‘yicha umumlashtirib ta’riflaydigan ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘rsatkichlar yoki o‘rtacha miqdorlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |