§ 59. Xoll effekti
1880 yilda Amerika fizigi, E. Xoll quyidagicha tajriba o‘tkazdi. M metall plastinkadan (96-rasm) doimiy tok I yuborib, A va C nuqtalar orasidagi potensiallar ayirmasini o‘lchadi. Bu nuqtalar o‘tkazgich M ning bitta ko‘ndalang kesimida yotgani uchun, =0 bo‘ladi. Tokli plastinkani bir jinsli magnit maydoniga joylashtirganda, A va C nuqtalarning potensiallari turlicha bo‘lganini ko‘ramiz. Bu hodisaga Xoll effekti degan nom berildi. Tajriba natijalari bo‘yicha aniqlandiki, A
va C nuqtalar o‘rtasidagi potensiallar ayirmasi tok kuchi I, magnit maydon induksiyasi → ga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, plastinka qalinligi
b ga teskari proporsional ekanligi aniqlandi, ya’ni:
A
C
R IB
b
(59.1)
bu yerda R - Xoll doimiysi.
Keyingi tekshirishlar ko‘rsatdiki, Xoll effekti barcha o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlarda kuzatiladi. Tokning va magnit maydonining yo‘nalishini o‘zgartganda potensiallar ayirmasi ning ham ishorasi
o‘zgarishi aniqlandi. Xoll doimiysi materialning xossasiga bog‘liq bo‘lib, u ba’zi moddalar uchun musbat, boshqalari uchun manfiy bo‘ladi.
Xoll effektini quyidagicha tushuntirish mumkin. M plastinkada tok kuchi I, tok tashuvchi q larning tartibli harakati tufayli vujudga keladi. Agar zaryadning konsentrasiyasi n0, o‘rtacha tezligi bo‘lsa, tok kuchi I quyidagicha bo‘ladi:
I q xn0S
qxn0ab
(59.2)
bu yerda S=ab - plastinkaning ko‘ndalang kesimi yuzasi, x - tezlik
vektori ning OX o‘qi bo‘yicha preksiyasi. Agar tokni hosil qiluvchi zarracha zaryadi q>0 bo‘lsa, u vaqtda tezligi ning yo‘nalishi tok kuchi
yo‘nalishi bilan mos keladi va x = bo‘ladi. Agar zaryad q<0 bo‘lsa u
vaqtda zarracha tezlik tok zichligi vektori j ga qarama-qarshi bo‘ladi va x =- <0 bo‘ladi.
Ma’lumki, harakatdagi zaryadga magnit maydoni tomonidan ta’sir
qiluvchi Lorents kuchi Fx q B zarrachani plastinkaning yuqori
yoqiga buradi. Shunday qilib, yuqori yoqda q zaryadlar ortiqchaligi paydo bo‘ladi, pastki yoqda esa, ularning yetishmovchiligi paydo bo‘ladi. Ko‘ndalang elektr maydoni tomonidan zaryad q ga ta’sir qiluvchi qE kuch, Lorens kuchining yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘ladi. Tok turg‘un holga kelganda bu kuchlar bir birini muvozanatlaydi:
qE q B
Bu ifodada zaryad q larning qisqarishi natijasida quyidagiga ega bo‘lamiz:
→ vektor OZ o‘q bo‘yicha yo‘nalgan, → va → vektorlar o‘zaro perpendikulyar. Shuning uchun → ning OZ o‘qqa proyeksiyasi
Shunga mos ravishda A va C nuqtalar o‘rtasidagi potensiallar ayrimasi ham
A C
Ezdz xBaa
Bunga (59.2) ifodadan x
bo‘lamiz:
ning qiymatini qo‘ysak, quyidagiga ega
R 1
qn0
belgilasak, Xoll potensiallar ayirmasi quyidagicha
ko‘rinishga keladi
R – Xoll doimiysi.
R IB
b
(59.6)
0>0>
Do'stlaringiz bilan baham: |