§ 72. Antiferromagnetizm va ferrimagnetizm
Magnit dipollari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning xarakteriga qarab, tashqi magnit maydon bo‘lmaganda ham qo‘shni atomlarning magnit momentlari ko‘p sondagi atomlarning bir biriga nisbatan oriyentasiyasini qarama-qarshi yo‘nalishda hosil qilishi mumkin. Kristall ikkita magnit panjarasidan iborat bo‘ladi, bir birining ustiga qo‘yilgan, ularning har birida barcha dipollar parallel yo‘nalgan, faqat oriyentatsiyasi u yoki bu panjarada qarama-qarshi bo‘ladi (114-rasm).
rasm
1 -Jadval
Antiferromagnetiklar
Modda
|
Neyel nuqtasi, °C
|
Sr
|
202
|
α – Mn
|
-173
|
FeO
|
-75
|
MnC
|
-133
|
CoF2
|
-223
|
Bunday kristalning yig‘indi magnitlanishi nolga teng, tashqi magnit maydoni nisbatan kichik bo‘lgan kuchsiz magnitlanishni hosil qiladi. Bunday kristalga antiferromagnitlar deyiladi. Bu yerda ham ferromagnetizmdagi singari Kyuri temperaturasiga o‘xshash temperatura (Neyel temperaturasi deyiladi) mavjud bo‘ladi, undan yuqorida mushtaraklik effektlari yo‘qoladi va kristall paramagnit bo‘lib qoladi. 1- jadvalda ba’zi bir antiferromagnit moddalar ro‘yxati keltirilgan.
Ferrimagnetizm umumiyroq magnit holatdir. Bu holda ikkala panjara ham turli xil atom magnit momentiga ega bo‘ladi: kompensasiya bo‘lmaydi va ferromagnetizmdagi singari spontan magnitlanish mavjud bo‘ladi. Bu spontan magnitlanish ham ma’lum bir temperaturada yo‘qoladi, bu temperatura Kyuri temperaturasi deb aytiladi. Ferromagnit moddalarning eng muhim sinfi bu ferritlardir. MnO-Fe2O3 , bular ichida FeO-Fe2O3-magyyetin qadimdan o‘zining ferromagnit xossasi bilan ma’lum.
Ferritlar o‘zining elektr xossasi bo‘yicha dielektriklarga yotadi. Keyingi vaqtda yarim o‘tkazgichlar deb atalgan yangi sinfdagi moddalar paydo bo‘ldi. Bularning fizik xossasini o‘rganish qizg‘in ketmoqda. Ferritlarning magnit qabul qiluvchanligining temperaturaga bog‘liqligi 111-rasmdagi qonuniyatga bo‘ysunadi:
A T
C
A
(72.2)
bu yerda C- Kyuri doimiysi, rasmdagi A
C
ga teng.
A
1 T A
rasm
ning kesishishidan Kyuri temperaturasi aniqlanadi. Bu
A C
temperaturani Neyel asimptotik Kyuri nuqtasi deb ham ataladi. T=0 bo‘lganda 1/χA o‘q 1/χA nuqtada kesishadi. θp - ferritning paramagnit temperaturasi. Neyel uni paramagnit Kyuri nuqtasi deb atagan.
Hozirgi vaqtda magnetiklarning soni 14 ta turi mavjud (jadval). Eng keyingi turlari amorf magnit materiallarda aniqlandi. Bular: superparamagnetizm, spin shisha, speromagnetizm, sperimagnetizm, asperomagnetizm va h.k. bo’lib quyidagi jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |