jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus o‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va mana shu xizmatni boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi ( saroy oshpazlarining boshlig‘i), kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, farroshlar kabilar mavjud bo‘lgan.
Mamlakatdagi ijroya tizimi markazdagi vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan. Amir Temur somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, anushteginlar davrlaridagi ijroya hokimiyatining vazirliklar tizimini o‘z davriga moslab, yangi asoslarda qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Davlat boshqaruvida quyidagi vazirliklar mavjud edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |