O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim



Download 295,95 Kb.
bet23/68
Sana14.01.2022
Hajmi295,95 Kb.
#361081
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

mavzu. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi tizimi.


Reja

  1. Amir Temur davlatida boshqaruv asoslarining shakllanishi

  2. Mansab va unvonlar

  3. Harbiy tizim va huquqiy munosabatlar.


Tayanch so‘z va iboralar. Dargoh, devon, beklar begi, katta kengash, kichik kengash, vazirlar, tumanboshi, yuzboshi, mingboshi, arzbegi, tavochi, hojiy, xazinador, jivochi, qushchi, bakovulboshi, kotib, bitikchi, mirza, tabib, raiyyat, sipohsolor, devonbegi, suyurg‘ol, tarxon, mulkchilik, dorug‘a, qutvol, hirovul, javong‘or, “Temur Tuzuklari”, ichki va tashqi siyosat, diplomatiya, madaniy aloqalar, savdo yo‘llari, shariat qonun qoidalari, shayxulislom, harbiy boshqaruv.

Ko‘plab yozma manbalarning ma’lumot berishicha, o‘z davrining yirik harbiy va davlat boshlig‘i bo‘lgan Amir Temur siyosiy, huquqiy asoslarga ega bo‘lgan ulkan davlat barpo etgan edi. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davrida Sohibqiron Amir Temur avvalo, adolatli va qonunchilikka tayangan davlatchilik asoslarini barpo etish bilan birga davlat yaxlitligi va kuch-qudratini mustahkamlashning asosiy omili bo‘lgan kuchli mudofaa tizimi yaratdi hamda temuriylarga meros qilib qoldirdi. Amir Temur o‘z saltanatining boshqaruv tizimini yaratishda o‘sha davrning yirik va ko‘zga ko‘ringan harbiylari, amirlar va beklar, fozillar, olimu-ulamolar, o‘z pirlarining o‘gitlari hamda maslahatlariga tayangan edi. Misol uchun, “Tuzuklar”da keltirilishicha Amir Temurga piri Abu Bakr Zayniddin Toyobodiy shunday o‘git beradi: “Agar har narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko‘p xalal va ziyon etgay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvoffiq ish tutishing kerak.”

SHuningdek, “Tuzuklar”da yana shunday ma’lumot beriladi: “O‘zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g‘anim lashkarni sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni ko‘nglini topib do‘stga aylantirish, do‘st-dushman orasidagi muomala, murosayu-madora qilish xususida ushbu tadbir va kengashlarni qo‘lladim. Pirim Abu Bakr Toyobodiy menga yozmishlarkim: Abdulmansur (zafarmand) Temur saltanat yumushlarida to‘rt ishni qo‘llasin, ya’ni, 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) hushyorligu mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. CHunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bo‘lgan johil odamga qiyoslash mumkin: uning so‘zlari po‘shaymonlik va nadomat keltirgay. SHunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, po‘shaymon bo‘lmagaysan.”

Amir Temur va temuriylar davrida fuqarolarda davlat tomonidan o‘rnatilgan qonunlarni hurmat qilish, ularga ma’suliyatli yondashish tushunchalari shakllangan. Bu esa davlat tomonidan ilgari surilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirishdagi kafolatlardan biri bo‘lib xizmat qilgan.

Air Temur davlati markazlashgan davlat bo‘lib, butun hokimiyat davlat boshlig‘ining ixtiyorida bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Amir Temur davlatining boshqaruv asoslari shakllanishi rivojida kengashlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Vaqti-vaqti bilan muhim ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalarni hal qilishda katta va kichik kengashlar chaqirilib turilgan. Katta kengashlar tinchlik vaqtlarida Samarqanddagi hukmdor saroyida chaqirilgan. Unda oliy hukmdorning qarindosh urug‘lari, yuqori martaba va mavqega ega bo‘lgan ruhoniylar tabaqasining vakillari, bosh amirlar, beklarbegi, ulus, tuman hokimlari, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar, bahodir unvoniga ega bo‘lgan harbiylar kabilar ishtirok etganlar. Ushbu kengashda mamlakat hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Kichik kengashda Amir Temur, uning o‘g‘illari, qarindoshlari, qo‘shin boshliqlari ishtirok etganlar. Unda uzoq mamlakatlarga harbiy yurishlar bilan bog‘liq masalalar hal qilingan.

Amir Temur davrida markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati shakllangan. “Tuzuklar”da mukammal davlat boshqaruvini tashkil etish quyidagicha ifodalanadi:



  • davlat daxlsizligini va mustahkamligini har tomonlama muhokama qilish;

  • oliy hukmdor hokimiyatining cheklanmaganligi hamda mustaqil siyosat yurgizishi;

  • vazirlarga yuklatilgan majburiyatlar va ular bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar;

  • markazga tobe bo‘lgan mulk(ulus)lar amirlari hamda tuman hokimlarining vazifalari;

  • oliy davlat kengashi;

  • davlat xavfsizligi va mustahkamligi, joylardagi jamoat tartibi hamda mamlakat tinchligi, osoyishtaligini saqlash;

  • muntazam qo‘shin tashkil etib, qo‘shin qo‘mondonlarini tayinlash, lavozimlarga ko‘tarish, rag‘batlantirish va ularga maosh to‘lash;

  • aholidan olinadigan turli soliqlar(zakot, xiroj va boshq.) miqdorini aniqlash;

  • harbiy yurishlarda jasorat namunalarini ko‘rsatganlarni(noiblar, amirlar , sipohiylar va boshq.) rag‘batlantirish;

  • Harbiy yurishlar va janglar paytida qo‘shinning joylashuvi va ularni ajratib turuvchi belgilar.

Zamonaviy adabiyotlarda keltirilishicha, Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning quyidagi sakkizta asosiga amal qildi:

  • davlat o‘z vazifasini bajarmog‘i uchun, eng avvalo, siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi;

  • davlat va jamiyatning yaxlitligi buzilmasligi;

  • davlat va jamiyat muayyan bir qonunlar, trtiblar va mafkura asosida boshqarilmog‘i;

  • boshqaruvning turli tabaqalari, yo‘nalishlari, sohalarini muvofiqlashtirib turuvchi ma’lum bir tizim shakllangan bo‘lishi;

  • jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ahvoli davlat e’tiborida bo‘lishi;

  • fan va madaniyatning ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urishiga davlat ahamiyatiga molik qat’iy siyosat sifatida qarash;

  • har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra, davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib borishi;

  • davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur, mustahkam iymon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparavchilik ila anglamog‘i.

SHu bilan birga Amir Temur yuqoridagi sakkizta asosni yana bir to‘qqizinchi asos bilan boyitdi. U ham bo‘lsa, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir. Amir Temur bo‘yicha bunday tabaqalar o‘n ikkita bo‘lib, ularda jamiyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rin olgan. Bu tabaqalar quyidagilar edi:

1.Sayyidlar, olimlar va shayxlar. 2.Katta tajribaga ega ilmli kishilar. 3.Duo qiluvchi taqvodorlar.

4.Lashkarning sipohlari, sarhang va amirlar. 5.Askar va xalq ommasi.


  1. Davlat boshqaruv ishlarini ipidan ignasigacha biladigan maslahatgo‘y, dono va aqlli kishilar.

  2. Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i. 8.Tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar. 9.Muhaddislar va muarrixlar.

  1. Tasavvuf vakillari va oriflar. 11.Hunarmandlar va san’atkorlar. 12.Ajnabiy sayyohlar va savdogarlar.

YUqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davri davlatchiligini ma’muriy- boshqaruv tizimidagi tartiblr bilan aloqador holda uning harbiy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lganligidan ham dalolat beradi.

Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan davlat boshqaruv asoslari qonunlar ustivor bo‘lgan va fuqarolarning himoyasi, tinchligi va barqarorligi ta’minlangan jamiyat asoslarining yuzaga kelishiga katta imkoniyatlar yaratgan. Qonun ustivorligiga, adolat tamoyillariga saltanatda va tashqi munosabatlarda qat’iy amal qilingan. Amir Temur va temuriylarning boshqaruvida maslahatu mashvaratga tayanish davlatning bexato siyosat yuritishga olib boruvchi omillardan biri hisoblangan.

Amir Temurning kuchli markazlashgan davlat barpo etishi natijasida Movarounnahrda o‘zaro urush va nizolarga barham berilib, uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o‘rnatildi. Fan, madaniyat, hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon yaratildi. Amir Temur vafot etgach bu an’analar buzilgan bo‘lsa-da, SHohruh va Ulug‘bek Sohibqiron davridagi tartib-qoidalani tiklash borasida say’i-harakatlar olib bordilar.

Bizga manbalardan ma’lumki, Amir Temur hokimi mutlaq bo‘lib, uning farmolari so‘zsiz ijro etilgan. Ammo, o‘rta asrlar davlatchilik an’analariga ko‘ra, nasl-nasabi xon avlodiga mansub bo‘lmagan shaxs taxtni boshqara olmas edi. SHuning uchun ham, o‘z davrida Amir Qozog‘on tomonidan belgilangan an’anaga ko‘ra, Amir Temur avval CHingizxon avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmishni (1370-1388 yy.) keyin esa uning o‘g‘li Sulton Mahmudxonni (1388-1402yy.) o‘z huzurida “xon” qilib ko‘taradi. Ularning nomidan yorliqlar chiqarilib, tanga pullar zarb qilingan bo‘lsa-da, Sohibqiron ularni davlat ishlariga umuman aralashtirmagan. Sohibqiron “amir” unvonida bo‘lib, 1370yilda Qozonxonning qizi Saroymulkxonimga uylanganidan so‘ng “Qo‘ragon” (“Xon kuyovi”) unvonini oladi. Bu holat, ya’ni, xon avlodiga kuyov, qarindosh bo‘lishi ham uning siyosiy mavqeini rasman bo‘lsa ham mustahkamlashga xizmat qilgan.

Amir Temur o‘zi barpo etgan ulkan saltanatni o‘g‘illari, nabiralari va nufuzli amirlariga suyurg‘ol tarzida in’om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrni esa poytaxt Samarqand bilan o‘zida qoldirdi. Suyurg‘ol tariqasida berilgan uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida devonxonasi bo‘lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga jo‘natish va oliy hukmdorning harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.

Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida markazda va joylarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati, boshqaruvdagi ikki muhim, hamda asosiy idora- dargoh va devonlar (vazirliklar) mavud edi.



Dargoh- eng oliy davlat idorasi bo‘lib, oliy hukmdor Amir Temur, yuqorida eslatganimizdek, Suyurg‘atmishni “xon” deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, hokimiyat batamom Sohibqiron ihtiyorida bo‘lgan. “Soxta xon” e’lon qilinishi holati o‘sha davr vaziyati va voqeyligidan kelib chiqib, Amir Temur hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan edi. “Tuzuklar”da keltirilishicha, dargohda vaqti-vaqti bilan xos majlislar o‘tkazilib turilgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat, mansab va vazifalarga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Bunday tadbirlarni tor doirada o‘tkazilishiga sabab, davlat ahamiyatiga molik masalalarni chetga ayon bo‘lishidan saqlanish edi.

Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan. O‘sha davrda oliy devonning ahamiyati va mavqei shu qadar baland bo‘lganki, ayrim manbalar (Ali YAzdiy) uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflagan.




Download 295,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish