mavzu. G`aznaviylar va Saljuqiylar davlatchilgi.
Reja
G`aznaviylar davlatining tashkil topishi va boshqaruv tartibi
Saljuqiylar davlatchilgi
Tayanch so‘z va iboralar. G‘aznaviylar, tuxsi qabilasi, Sayf ud-davla, qiniq urug‘i, Saljuqiylar
G’aznaviylar – G’azna shahrining Xurosonning siyosiy markazga aylanishi X asrning II yarmiga to’g’ri keladi. G’aznaviylar davlatining hududi Shimoliy Hindiston sar’adlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg’oqlarigacha cho’zilgan hamda hozirgi Afg’oniston va shimoliy sharqiy Eronni o’z ichiga olgan edi.
G’aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo’lib, bu davlat uning o’g’lm Ma’mud G’aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi.
O’z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo’l hukmdor bo’lgan Ma’mud G’aznaviy 1030 yilda vafot etadi. So’ng taxtga uning o’g’li Ma’sud (1030-1041y) egallaydi. U qo’shnisi bo’lgan saljuqiylar va boshqa davlat bilan ko’p bor janglar olib bordi. 1040 yilda Dandikon degan joyda Saljuqiylar bilan G’aznaviy Mas’ud o’rtasidagi jangda yengildi va vafot etdi. Uning vorislari esa G’aznaviylar davlatini avvalgi qudratini tiklay olmadilar.
1059 yilda G’aznaviylar uchun muhim strategik ahamiyatga molik –Balx shahrining Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylar davlatini tugatilishiga olib keldi.
G’aznaviylar davri boshqaruv tizimi o’zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. U ko’p jihatdan Somoniylar, Qoraxoniylar zamonidagi davlat boshgqaruvi tizimlariga yaqin va o’xshash.
Boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargoh-oliy hukmdor (g’aznaviy hukmdorlar «amir » unvoniga ega bo’lganlar) hayoti va faoliyati bilan aloqador xizmatlar, amallar kirgan.
Ular orasida «hojiblik» xizmati alohida e’tiborga loyiq.
Manbalarda, hojiblarning quyidagi shakllari keltiriladi: 1) Ulug’ hojib, 2) Saroy hojibi; 3) Hojib jamoalar.
Ulug’ hojib, nafaqat boshqa hojiblar orasida, balki umuman mamlakat va davlat hayotida alohida mavqega ega bo’lgan. Bordiyu hukmdor vafot etsa, ulug’ hojib boshqaruvni o’z qo’liga olish huquqiga ega bo’lgan. Mamlakat taqdiri hal bo’layotgan janglarda ulug’ hojibga qo’shinning eng salioqli va mas’ulyatli qismiga boshchilik qilish vazifasi yuklatilgan. Masalan, oliy hukmdor markazni boshqarsa, sipo’solor o’ng qanotga, ulug’ hojib esa chap qanotga qo’mondonlik qilgan.O’ta jiddiy harbiy yurishlar maxsus saralangan qismlarni tekshirish, ta’minotini joyiga qo’yish tadbirlarida ham faol bo’lgan.
Hojiblar odatda qora chakmon va ikki uchli kulo’ kiyib yurganlar.
Dargoh faoliyatida sipo’lar (Saroy xizmatchisi)
Da’vatdor (oliy hukmdor shaxsiy xujjatlari, yozuv chizuv ishlari bilan bog’lib ishlarga bosh-qosh xizmatchi).
Pardador (ma’ram, sir saqlovchi pinhona vazifalarini bajaruvchi).
Martabador (saroydagi o’rta darajadagi amaldor).
Farrosh (saroydagi kichik xizmatchilardan).
Xazinachi, jamxona (kiyim-kechak saqlovchi xona) boshlig’i kabi mansab va xizmatchilarning ham o’z o’rni bo’lgan.
Devonlar (vazirliklar) ijroiya idoralari bo’lganligi manbalarda ko’rsatilgan bo’lib, bunday devonlardan beshtasini nomi tilga olinadi. 1) Vazir devoni, ya’ni bosh vazir devoni; 2) Harbiy ishlar devoni; 3) Diplomatik va boshqa rasmiy tadbirlar; 4) Xujjatlarni rasmiylashtirish, to`zish devoni; 5) Hisob-kitob ya’ni moliya devoni; 6) Pochta xabar devonlari.
Viloyat boshlig’ini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. Viloyat ijroiya boshqaruvi ishlarini amid olib borgan. Shahar boshlig’ini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida shihna, qutvol (qal’a nazoratchisi), sohibi devon (ma’muriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat ko’rsatganlar.
Oliy qo’mondonlik hukmdorning o’z ixtiyorida bo’lgan. Bosh qo’mondonlikka (sipohsolor) esa sulolaning eng ishonchli, asosan shu xonadon namoyondasi tayinlangan. Mahmud bunday mansabga Muhammad Yusufni loyiq topgan.
Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar solor, o’rta darajadagilar sar’ang deyilib, oxirgilari xayllarga (bir necha o’n otliqlarga) boshchilik qilganlar. G’aznaviylar tashqi aloqalari masalasida ikki narsaga e’tibor berish lozim. 1) Ularning mintaqa hududidagi munosabatlari, 2) Mintaqadan tashqaridagi xalqaro aloqalardan iborat.
Ma’mud G’aznaviy ko’proq o`zoqni ko’zlab ish qiladigan mintaqadagi umumiy siyosiy vaziyatni yaxshi biladigan siyosatchi edi. Ham hududiy, ham siyosiy- harbiy, iqtisodiy jihatlardan qudratga ega bo’lgan. Qoraxoniylardan har tomonlama ustunlikka ega edi.
G’aznaviylarning mintaqadan tashqaridagi ham usta siyosatchi sifatida ish tutdi. Masalan, arab xalifaligi o’sha davrga kelib o’z qudratini yo’qotgan bo’lsada, xalifalikni joyiga qo’yishga harakat qilganlar va o’ziga raqib orttirishni ortiqcha deb bilar edi.
G’aznaviylarning mintaqa hayotida tutgan o’rni benihoya katta bo’lib, X1 asr fan va madaniyat shu darajada rivojlandiki, u musulmon dunyosida ko’zga ko’ringan va tanilgan Mahmud G’aznaviy turk, fors, arab, pahlaviy tillarida she’r bitgan. Shuningdek, 400 dan ortiq olimu fo`zalolar g’aznaviylar davrida ijodi qilib, jahonga dovrug’ taratganlar. Buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy ham g’aznaviylar saroyida ilm bilan shug’ullanib o’zining («Hindiston», «Geodeziya»,
«Xorazmning mashhur kishilari», «Mas’ud qonun», «Minerologiya», «Saydana») asarlarini G’aznada yozgan.
Abulqosim Firdavsiy fors adabiyotining da’o shoirlaridan bo’lgan. G’aznaviy saroyida faoliyat ko’rsatgan. Farruhiy, Unsuriy, Utbiy, Gardiziy, Bay’aqiy, Nosir Xusrav Dehlaviy kabi mashhur shoirlar tarixchilar, olimlar ijod qilganlar. U davrda qurilish ishlariavj olgan, madrasalar, karvonsaroylar qurilgan. Ilm fan rivojlangan.
O‘z davlatini barpo etgan ko‘chmanchi xalqlar davlatchiligi tarixida Saljuqiylar davlati muhim ahamiyatga egadir. Saljuqiylar sulolasi turkiy o‘g‘o‘z qavmining qiniq urug‘i yoki qabilasidan chiqqan bo‘lib, hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududlariga to‘g‘ri keluvchi Sirdaryoning o‘rta oqimidan Talas vodiysigacha, Sirdaryoning qo‘yi oqimlarida ko‘chib yuruvchi etnik guruhlar bo‘lgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, bu sulolaning paydo bo‘lishi qiniq
qabilasi vakili bo‘lgan Saljuq nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u X asrning o‘rtalarida o‘g‘o‘zlar YAbg‘usining xizmatida bo‘lib, yirik harbiy unvon – «So‘boshi» unvoniga sazovor bo‘ladi. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy «Saljuq So‘-boshi» deya ma’lumot beradi.
asrning 61-62-yillarida o‘g‘o‘zlar YAbg‘usi bilan kelisholmaslik tufayli (musulmon dinini qabul qilish va qilmaslik masalasida) qiniq qabilasi ajralib ketib, ularning bir qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga ko‘chib ketadilar. Ikkinchi, katta qismi esa Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi cho‘llarda, Nurota tog‘lariga kelib o‘rnashadilar. XI asrning boshlaridan boshlab qiniq qabilalarining o‘troqlashuv jarayonlari kuchayib boradi.
asrning 40-yillaridan boshlab Saljuqiylar Xuroson, Gurgon, Dehiston va Xorazmni butunlay qo‘lga kiritib, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik Osiyoga harbiy yurishlar uyushtirdilar. Ayniqsa, Sulton Alp Arslon (1063-1072 yy) va Sulton Malikshoh (1072-1092 yy) hukmronligi davrida Saljuqiylar davlatining hududlari yanada kengayib, mamlakatning yuksalgan davri bo‘ldi. Sulton Malikshoh davrida Samarqand, Buxoro va markazi O‘zgand bo‘lgan Farg‘ona ham Saljuqiylar davlatiga buysunadi. 1092 yilda Sulton Malikshoh vafot etgach uning vorislari o‘rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib ketdi. Bir necha yillik kurashlardan so‘ng 1118 yilda Malikshohning o‘g‘li Sulton Sanjar (1118- 1157 yy) taxtni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Buyuk Saljuqiylar sulolasining so‘nggi yirik vakili bo‘lgan Sulton Sanjar davrida davlatning poytaxti Marv shahriga ko‘chirildi. Sulton Sanjar Movarounnahrdagi Qoraxitoylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir o‘tkaza olishga erishgan Saljuqiylardan edi. U hokimiyatni qo‘lga olishi bilanoq harbiy yurishlarni kuchaytiradi. Natijada bir qancha viloyatlar, xususan, Mozandaron, Xorazm, Seyiston, G‘azna va Movarounnahr Saljuqiylar davlatiga buysundiriladi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Sulton Sanjar «Ulug‘ sulton», «Sultonlarning sultoni», «SHahanshoh» kabi unvonlar bilan ulug‘langan.
Ta’kidlash lozimki, Saljuqiylar davlati singari ulkan hududlarni o‘z ichiga olgan davlatni yagona markazdan turib boshqarish oson emas edi. SHuning uchun ham markazdan turib boshqaruvdagi qiyinchiliklar, sulola, vakillarining toj-taxt uchun kurashlari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram o‘lkalardagi norozilik harakatlari Saljuqiylar davlatining zaiflashuviga sabab bo‘lgan edi. Natijada Sulton Sanjar davriga kelib Saljuqiylar davlatining g‘arbiy Iroq qismida uning ta’siri pasayib qoladi. Mamlakatning sharqiy qismi – Eron, Afg‘oniston, Xorazm va Movarounnahrda Sultonning ta’siri birmuncha kuchli edi. Ammo, 1141 yilda Sulton Sanjar va uning vassali hamda ittifoqchisi, Qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo‘shinlari bilan qoraxitoylar o‘rtasida Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lidagi jangda Sulton Sanjar qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Movarounnahr qo‘ldan ketib, sultonning mavqei ancha pasayib ketdi.
Saljuqiylarning mag‘lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141 yilning qishida Saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi va 1142 yilda Nishopurga yurish qildi. Lekin, Sulton Sanjar Xorazm qo‘shinlarini Xurosondan quvib chiqardi va Otsizni yana o‘ziga bo‘ysundirishga
erishdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramay, Saljuqiylar davlati o‘zining avvalgi qudratini yo‘qota boshlagan edi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi G‘o‘z qabilalari berdi. 1153 yilda ular Sulton Sanjar qo‘shinlarini tor-mor etib, uning o‘zini asir oldilar. G‘o‘zlar himoyasiz qolgan Marv va Nishopur shaharlarni talon-taroj qilib, o‘t qo‘ydilar. Sulton Sanjar 1156 yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lsa ham, lekin Saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.
A. Ziyo tadqiqotlariga ko‘ra, Saljuqiylar davlat boshqaruvi o‘ziga xos edi. Davlat boshlig‘i, oliy hukmdor Saljuqiylar xonadoni vakili bo‘lib Sulton ul-a’zam unvoniga ega bo‘lgan. Ilgarigi sulolalarda bo‘lgan kabi, Sulton nomiga xutba o‘qilib, tangalar zarb etilgan. Mol-mulk, er-suv taqsimlash davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlarini nazorat qilib turish, amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilish, yangi qal’alar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida bo‘lgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo‘lgan. Manbalarda bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig‘i), sa’id ur-ruaso (boshliqlarning kattasi) deb atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo‘lingan bo‘lib dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalar quyidagilar edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |