qilishda foydalilikni inkor etdi. Keyinchalik bu nazariyadan ikki qarama-qarshi
yo’nalish hisoblangan - iqtisodiy liberalizm va sotsializm vakillari o’zlarining
printsiplarini asoslash uchun foydalandilar.
A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy
o’zgarishlarning natijasidir deb ko’rsatib o’tadi. Lekin
boylikning «haqiqiy» qimmati doimo o’zgarib turishi mumkin emas. Shuning uchun
A.Smit o’z oldiga tovarning «real», «tabiiy»
bahosini, ya’ni uning qiymatini topish
vazifasini qo’ydi. Bunda u bir vaqtning o’zida ikki har xil kontseptsiyadan
foydalandi. Birinchisi - tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan
aniqlanadi: qancha ko’p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo’ladi (bu
kontseptsiya D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi).
Ammo ushbu qoida, A.Smitning fikricha, faqat jamiyat taraqqig’tining dastlabki
bosqichlarida, «qoloq jamiyatlarda» qo’llaniladi.
Lekin tsivilizatsiyalashgan
jamiyatda tovar qiymatini aniqlashda kapital va er ham hisobga olinadi. Ikkinchi
kontseptsiya ana shunday paydo bo’ladi, unga binoan tovar qiymatini yaratishda
barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, er) qatnashadi. Shunga muvofiq
tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va er rentasidan tashkil topadi, ya’ni ishlab
chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. A.Smit o’z qarashlarida
bu ikkala
kontseptsiyadan foydalandi (1-rasm).
Ishlab chiqarish Taqsimot
1-rasm.
Qiymatning tashkil topishi to’g’risidagi A.Smitning ikki
kontseptsiyasi.
Ushbu rasmda A.Smitning birinchi kontseptsiyasi «mehnat» so’zi g’zilgan
yaxlit strelka ko’rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat yagona
manba ekanligini ko’rsatdi. Mehnat bilan
yaratilgan daromad taqsimlanish jarag’nida ish xaqiga, foydaga va rentaga bo’linadi.
A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasining asl ma’nosi «Kapital» va «Er» so’zlari
g’zilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka g’rdamida ifodalangan. Bu kontseptsiya
mahsulot va daromadlarni yaratishda mehnat bilan birga
kapital va er ham ishtirok
etishini bildiradi. Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida
bo’ladi. Mehnat ish haqi ko’rinishida daromad yaratadi, kapital foyda ko’rinishida
daromad yaratadi, er renta ko’rinishida daromad yaratadi.
A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni («qoloq
jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni tadqiqot qilishga
o’tish bilan bog’liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab chiqarishda jonli mehnat
Foyda
Ish haqi
Renta
Kapital
Mehnat
Qiymat
Er
73
qiymatning yagona manbai bo’la olmaydi. Oldin mehnat vositalari ishlab
chiqaruvchiga qarashli bo’lgan. Kapital jamg’arilishi
va erning xususiy mulkga
aylanishidan oldingi jamiyatda, deb g’zadi A.Smit, mehnat miqdorlari o’rtasidagi
nisbat mahsulotlarni ayirboshlashning yagona asosi bo’lib kelgan. Barcha mehnat
mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’ladi va sarflangan mehnatning miqdori
bahoning yagona o’lchovi hisoblanadi.
Keyinchalik kapital jamg’arilib borgan sari vaziyat o’zgarib boradi. Tovarning
qiymati ikki qismga bo’linadi: bir qismi ish xaqiga, ikkinchi qismi kapital foydasiga.
Kapital egasi g’llanma mehnatni ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab
chiqaruvchiga qarashli bo’lmaydi. Uning
bir qismi kapital egasiga
tegishli bo’ladi. Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan
mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo’la olmaydi.
A.Cmitning fikri bo’yicha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday bahoki, uning
tarkibiy qismlari mehnat, kapital va er uchun to’lanadigan tabiiy normalarga
taxminan mos keladi. Bu tabiiy normalar mintaqalar bo’yicha farq qiladi va ular
hag’t
darajasiga, geografik va tabiiy sharoitlarga, o’rtacha xarajatlar darajasiga va
boshqalarga qarab o’rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx»
kontseptsiyasiga o’xshab ketadi. Ikkita g’ndashuvning farqi shundaki,
F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o’rnatiladi, A.Smit
bo’yicha esa, «tabiiy bahoning» shakllanishi - ob’ektiv bozor qonunlarining amal
qilish natijasidir.
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab
undan yuqori g’ki past bo’lishi mumkin. Ushbu tebranish
tufayli taklif talabga
moslashadi. Agar talab taklifdan kam bo’lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo’lgan
bo’ladi va tadbirkorlar ishlab chiqarishni qisqartiradi. Va aksincha, talabning ortishi
bahoning oshishini va taklifning ko’payishini rag’batlantiradi. Natijada bozor bahosi
«tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning etishmasligi, tabiiy va sun’iy
monopoliyalarning mavjudligi bilan bog’liq holatlar bundan istisno.
Do'stlaringiz bilan baham: