69
A.Smitning iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasi.
Jamiyatdagi mehnat taqsimoti odamlarni bir birlari bilan bog’lab turuvchi va
ularga mahsulot va resurslarni almashtirish imkonini beruvchi mexanizmning
bo’lishini taqozo etadi. Bunday mexanizm bozor hisoblanadi. Bozor to’g’risida
A.Smit ta’limotidagi asosiy g’oya - bu iqtisodiy liberalizm g’oyasi, davlatning
iqtisodig’tga aralashuvini minimallashtirish g’oyasi, erkin raqobat asosida tashkil
topadigan baho g’rdamida iqtisodig’tning o’zini -o’zi boshqarish g’oyasi hisoblanadi.
Uning ta’limotiga ko’ra, bozor odamlar faoliyatini muvofiqlashtiradi
(koordinatsiyalashtiradi), ularning manfaatlari-ni uyg’unlashtiradi. Bozor iqtisodig’ti
novvoyni shirin non g’pishga, bog’bonni ekologik toza meva-sabzavot etishtirishga,
savdogarlarni boshqa mintaqalardan arzon bahoga tovarlarni olib kelishga undaydi.
Raqobat sharoitida iste’molchilar ehtig’jini yuqori darajada qondira oladigan ishlab
chiqaruvchilar yashab keta oladi. Demak, ko’proq foyda olish ishtig’qida bo’lgan
tabirkorlarning egoistik manfaatlari, ularni jamiyatning boshqa a’zolari manfaatlariga
xizmat qilishga majbur qiladi.
Ammo A.Smit har qanday erkin tadbirkorlikka ko’r-ko’rona mahlig’ bo’lgan
emas. U xususiy korxonalar foydasini ta’minlab beruvchi ikki shartning-shaxsiy
manfaat va raqobatning
bo’lishini ko’rsatib berdi. Shu sababli A.Smit aktsionerlik
jamiyatlarga salbiy munosabatda bo’lgan (bundan banklar, sug’urta jamiyatlari,
kanallarni qurish g’ki asrash, shaharlarni suv bilan ta’minlash korxonalari mustasno),
chunki ularda shaxsiy manfaat yo’qoladi. Har xil turdagi monopoliyalarga ham u
keskin salbiy munosabatda bo’lgan, shu jumladan ayrim yirik kompaniyalar uchun
amal qilag’tgan imtig’zlarga ham (masalan, Ost-Indiya kompaniyasi uchun).
A.Smit iqtisodiy mexanizmlarning o’z-o’zidan (ob’ektiv) amal qilib turishini
doimo qayd qilib o’tadi. U fiziokratlardan keyin «Olam o’z-o’zidan harakatlanadi»,
deb takrorlab o’tadi. Ammo ulardan farqli o’laroq, A.Smit tushunchasi bo’yicha,
qachonki shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya’ni qachonki
jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig’indisi deb qaralsa, shundagina
bozor qonunlari iqtisodig’tga ko’proq ta’sir ko’rsatadi.
Amal qilib turgan tartib qandaydir bir buyuk tashkilotchining ishi emas, balki
o’z manfaatlari yo’lida ish yuritag’tgan millionlab odamlar harakati natijasidir.
Masalan, A.Smit fikri bo’yicha, mehnat taqsimoti bu barcha kishilarning bir buyumni
ikkinchiga o’zaro ayirboshlashga bo’lgan tabiiy intilishlarining namog’n bo’lishidir.
A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo’lib iqtsodig’tni
o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiluvchi, ob’ektiv, odamlarning
irodasiga bog’liq bo’lmagan tizim sifatida qaraydi. Bunday tizim o’zining ichki
qonunyatlariga muvofiq amal qiladi.
Har bir rivojlangan mamlakatda juda kuchli, inkor etib bo’lmaydigan iqtisodiy
qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonunlarning amal qilishining muqarrar sharti, A.Smit
tushunchasi bo’yicha, erkin raqobat hisoblanadi. Uning fikricha, faqat raqobat bozor
ishtirokchilarining baho ustidan xukmronlik qilishga yo’l ko’ymasligi mumkin.
Sotuvchilar qancha ko’p bo’lsa monopolizm ehtimolligi shuncha kam bo’ladi. Bu
70
iste’molchilar uchun qo’l keladi, negaki «monopoliyalar mahsulotlar taqchilligini
keltirib chiqargan holda o’z mahsulotlarini tabiiy bahodan ancha yuqori bahoda
sotadilar va o’z daromadlarini ko’paytiradilar».
A.Smit kitobining asosiy mohiyatini hukumatning va boshqalarning erkin
raqobatga aralashuvini tanqid qilishi tashkil etadi. A.Smitning fikricha, iqtisodiy
hag’tda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin raqobatni cheklamasa, unda u
dung’ni takomillashuvga olib kelgan bo’lar edi. Bunday tasdiqlashda, A.Smit
o’zgarmas «tabiiy» iqtisodiy qonunlarning mavjudligiga asoslangan. Ammo ushbu
qonunlar o’zgarmas deb tan olingan sharoitdagina ularning muhokamasi unchalik
ma’no kasb etmaydi. Ular odamlarga foyda keltiradimi g’ki zarar - uning ham
ahamiyati bo’lmaydi, negaki biz ularni bekor qila olmaymiz. Birdan-bir talab
qilinadigan narsa - bu ularning amal qilishiga halaqit beruvchi sun’iy to’siqlardan
jamiyatni ozod qilish.
A.Smit iqtisodig’tning davlat sektori samarasizligini ko’rsatib o’tadi. «Har xil
sabablarga ko’ra,- deb g’zadi u, - hukumat doimo va beistisno tarzda isrofgar. Eng
avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o’zgalar pulini esa hamisha
o’zingnikidan ko’ra behuda sarflaysan. Undan tashqari, hukumat xususiy
korxonalardan juda uzoq turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan e’tiborni ularga qarata olmaydi». A.Smit davlatning faqat uch funktsiyasini
tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, jamiyat uchun zarur
bo’lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta’minlash.
A.Smit merkantilistlarning protektsionizm sig’satini tanqid qiladi. Uningcha,
chetdan ancha arzon bahoga olib kelishi mumkin bo’lgan tovarni o’zida ishlab
chiqarish be’mani narsadir. «Har qanday ongli oila boshlig’ining qoidasi shundan
iboratki, sotib olishdan ko’ra uyda tayg’rlash qimmatga tushsa, uni uyda
tayg’rlamaslik... Ayrim oilalar uchun oqilona hisoblangan narsa, bir butun davlat
uchun be’mani hisoblanmaydi».
A.Smitning nazariy qarashlaridan turli davlatlar, eng avvalo Angliya hukumati,
keyinchalik esa ko’pchilik Evropa mamlakatlari
o’zlarining iqtisodiy sig’satida foydalandilar:
- ishchi kuchi harakatidagi (mobilnost) cheklashlarni bekor qilish (mehnat bozoridagi
erkinlikni har xil turdagi feodal qoldiqlari cheklab kelgan);
- erkin er savdosi, er uchastkalarini taqsimlashni taqiqlovchi qonunlarni bekor qilish,
davlat ixtig’rida qolgan erlarni xususiy
shaxslar o’rtasida taqsimlash;
- davlatning sanoat va ichki savdoni bo’ysundirish qoldiqlarini yo’q qilish;
- eksport va importni cheklashni man etish;
- mustamlakalarda sanoat rivojini taqiqlashni bekor qilish.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |