Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko’proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi.
Ularning ba’zilari sudxo’rlar to’riga ilinib, xonavayron bo’ldi va qullarga aylandi.
To’la huquqli bo’lmagan (qaram) kishilar qatlamining ancha ko’payib
borishi
vujudga kela boshladi. Harbiylar va soliq to’lovchilardan ajralib qolishga olib
keluvchi bunday jarag’n davlatni zaiflashtirgan. Jamiatdagi erkin kishilarni
sudxo’rlardan himoya qilish maqsadida (ularning
mulkini himoya qilish, savdo, ijara
va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy
munosabatlarni davlat tartiblashi zarurligi kuchaydi. Davlat bu vazifalarni
qonunchilik yo’li bilan hal qilishga uringan. Bu borada
iqtisodiy fikrlar nuqtai
nazardan Eshnunn podshoxi qonunlari (m.o. XX-XIX asr.) va Xammurapi qonunlari
(m.o. XVIII asr.) ancha diqqatga sazovor.
Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o’rnatishdan
boshlanadi: “1 gur (o’lchov birligi, ba’zi ma’lumotlarda 300, ba’zilarda esa – 252,6 l.
teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g) kumushga … 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi
sortli yog’ (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba’zi ma’lumotlarda – 8,4 l.)
va 2 ka kunjut yog’i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga …” va boshqalar ko’rsatilgan.
Birinchi paragrafda arpa, yog’, teri, tuz, mis va boshqalarning kumushdagi narxi
o’rnatilgan (mahsulotlar shunday miqdorda olinishi kerakkki, ularning qiymati 1
siklga teng bo’lsin); ikkinchi paragrafda har xil turdagi yog’ning
arpadagi narxi
ko’rsatilgan. Demak, asosiy umumekvivalent sifatida arpa bo’lgan. Buning ustiga
ushbu ekvivalentlar o’rtasida qat’iy muvofiqlik o’rnatilgan. Birinchi navbatda
arpaning kumushda ifodalangan narxining ko’rsatilishi tasodifiy emas. Qat’iy
narxning o’rnatilishi qonun tuzuvchilarga g’llanma va ijara haqi darajasini, jarima
miqdorini, foiz normasini, tarbiya uchun to’lov va boshqalarni aniqlash imkonini
beradi. Yillik foiz normasi kumushda 20 % va donda 33 1/3 % tashkil etgan. Shu
narsani qayd qilib o’tish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X-VIII asr
m.o.) sudxo’rlik foiz normasi tez-tez 100 %gacha ko’tarilib turgan. Eski
Vaviloniyadagi uncha ko’p bo’lmagan foiz normasi
davlatning nafaqat mamlakat
xo’jaligi hag’tiga aralashuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining
ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. Qadimgi Misr iqtisodig’ti Yaqin
Sharqdagiga nisbatan ancha natural bo’lgan. Demak, podsho qonunlari tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o’ynagan.
Qadimgi Vaviloniyada Xammurapi (m.o. 1792-1750 y.) podsholik qilgan
davrda tayg’rlangan qonunlar to’plami ancha obro’ qozongan.U nafaqat bir qator
qadimgi huquq normalarini
qayta ishlab chiqqan, balki milodiydan avvalgi XVIII
asrga qadar Qadimgi Mesopotamiyada tarkib topgan sotsial-iqtisodiy munosabatlarni
ham tartibga solishga harakat qilgan.
Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo’yicha 282 moddani o’z
ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda xo’jalik hag’tiga oid iqtisodiy
fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda
Vavilon fuqarolarining mulkini himoya qilish, ijara, sudxo’rlik va ishga g’llash
savollari ko’rib chiqilgan.
Qonundagi asosiy narsa Vavilon fuqarolarining mulkini himoya qilish g’ki
shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda «kuchlilar kuchsizlarni surib
7
chiqarmasinlar«. Bunda asosiy e’tibor saroy, ibodatxona mulkini hamda vavilonlik
fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda harbiylarning mulkini
himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlariida ularning ulushi (erlari) sotilishi
man etiladi. «Sipoh g’ki soliq to’lovchiga tegishli bo’lgan dala, uy, bog’,
- deyiladi
qonunda, - kumushga sotilishi mumkin emas,». Bundan tashqari, qonunda
aytilishicha, o’z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan vavilonlik fuqarolar
o’z vataniga qaytgach erkinlikka erishadi.
Qonunda sudxo’rlar zo’ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham mavjud.
Hosil kam bo’lgan paytlarda qarzlarni to’lash muddatini bir yilga cho’zishga ruxsat
berilgan (qo’shimcha foiz to’lovisiz). Xammurapi qonunlarida sudxo’rlar o’z xolicha,
qarzdorlarning ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan.
Ular qat’iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33 1/3 %) foiz normasini
aniq belgilab bergan.
Xammurapi kodeksida tutqunlarga nisbatan g’mon munosabatda bo’lgani
uchun sudxo’rlarni hatto jazolash (shu jumladan qonuniy yo’l bilan ham) ko’zda
tutilgan. Sudxo’rlikning keng rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi
asosiy omillardan biri
qarzdorlik uchun qullik muxlatining uch yil bilan cheklanishidir (to’rtinchi yili unga
erkinlik berilishi lozim bo’lgan). Biroq sudxo’rlikka qarshi qonunchilikda izchillik
bo’lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish g’ki yashash
vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi bo’lmagach,
ozod qilingan qarzdor yana qaytib sudxo’rga murojaat qilishga majbur bo’lgan.
Xammurapi qonunlarida g’llanma munosabatlarni tartibga solishga katta
e’tibor berilgan. Uning juda ko’p turdagi shakllari ko’rib chiqilgan bo’lib, hatto
g’llanma mehnat uchun to’lov miqdori ham aniq qilib ko’rsatib berilgan.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi
navbatda, qishloq xo’jaligini
rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashish
bo’lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan erga bo’lgan xususiy
mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan, unga zarar
etkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan.
Shunday qilib, eski Vavilon podsholigi qonunlarida davlat tartiblashining va
aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning turli shakllari ko’zda tutilgan.
Ular real
iqtisodiy jarag’nlarga, tovar-pul munosabatlarini rivojlanishiga, fuqarolar mulkini
himoya qilishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar
Osig’dagi boshqa mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol
o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: