3. Yangi klassiklar. Avstriya, Kembridj va Amerika maktablarining yangi
klassik yo’nalishining kelib chiqishdagi roli.
Iqtisodiy tahlil qilishning yangi uslubi klassiklarning iqtisodiy erkinlik
printsipini asoslab berishga imkon berdi. Marjinalistlar
davlatning iqtisodiyotga
aralashmaslik qoidasi bosh mezon hisoblangan iqtisodiy fanda yangi klassik
yo’nalishning boshlanishiga asos soldilar. Yangi klassiklarning tasdiqlashicha,
bozor
mexanizmi xo’jalik jarayonlarini o’zi tartiblashga, ishlab chiqarish va iste’mol
o’rtasida muvozanat o’rnatishga qodir. Erkin bozorning o’zaro ta’siri asosida
shakllanadigan munosabatlarga davlatning aralashuvi
esa muvozanatning buzilishiga,
iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yangi
klassik yo’nalish vakillari xususiy tadbirkorlik va bozor imkoniyatlari uchun
kurashdilar. A.Smit an’analarini
davom ettirgan holda, yangi klassiklar universal
iqtisodiy qonuniyatlarni keltirib chiqarishga harakat qildilar.
Yangi klassik fan ikkinchi jahon urushigacha asosan uch ilmiy maktab
doirasida rivojlandi:
avstriya, lozana (matematik) va kembridj.
Avstriya maktabi (birinchi avlodi – K.Menger, ikkinchisi – F.Vizer va E.Bem-
Baverk, uchinchisi – L.Mizes va F.Xayek) vakillari shak shubhasiz iqtisodiy
liberializm tarafdori bo’lganlar, uni tarixiy maktab va sotsialistlar bilan bo’lgan
kurashda himoya qildilar. Ular iqtisodiy tadqiqotda matematik apparatlardan keng
foydalanishga shubha bilan qaradilar va o’z kontseptsiyalarini og’zaki shaklda
ifodalashni afzal ko’rdilar.
Lozana maktabi vakillari (ularga L.Volrasdan tashqari V.Pereto, G.Kassel,
V.Leontev kabi atoqli iqtisodchilar ham kiradi) aksincha
matematik dastaklardan juda
faol foydalandilar. Umumiy muvozanat nazariyasi – «lozanaliklarning» asosiy
yutug’idir.
«Angliyaliklar» (birinchi avlod – S.Jvons, F.Edjuort va A.Marshall,
ikkinchisining eng atoqli vakili – A.Pigu, uchinchi avlod – J.M.Keyns va J.Xiks)
«lozanaliklarga» o’xshab tahlil qilishning matematik usullaridan faol foydalandilar,
garchi ularga o’z metodologik qurilmasida uncha katta o’rin ajratmagan bo’lsa ham.
«Avstriyaliklardan» farqli o’laroq, ular bozor mexanizmini
ideal hisoblamadilar va
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi jarayoniga ancha bosiq munosabatda bo’ldilar.
Agar Angliya maktabining dastlabki vakili S.Jvons sarfli qiymat nazariyasini tanqid
qilgan bo’lsa, A.Marshall esa klassiklarning qiymat nazariyasi yutuqlarini (eng
avvalo rikardochilarning) o’zining ilmiy kontseptsiyasida foydalana oldi.
Amerika iqtisodchilari o’rtasida yangi klassik yo’nalish izdoshlari ko’p
bo’lgan. Undan tashqari bu erda J.B.Klarek va I.Fisherga o’xshagan fan rahnamolari
ish olib borgan. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda «amerika maktabi»
tushunchasini
uchratish mumkin. Metodologik jihatdan «amerikaliklar» «kembridj-liklarga» yaqin
turadi. Ba’zi mualliflarning yagona anglo – amerika yangi klassik maktabi to’g’risida
gapirishi ham bejiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: