12
3. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari.
Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.o. 551-479 y.) alohida o’rin
tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari g’zib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat
va muloxaza») to’plamida aks ettirilgan. U ijod etgan davrlarda yirik zodagonlar,
amaldorlar obro’si pasayib, jamiyatda ma’lum bir parokandalik xukm surmoqda edi.
U bunday vaziyatda chiqish, jamiyatni sog’lomlashtirish, zodagonlar manfaatlarini
himoya qilishga qaratilgan ilmiy g’oyalarni ilgari surdi. Uning fikricha, kelajakni
yaxshilash uchun o’tmishni, tarixiy o’rganish lozim.
Kun-Tszi ta’limoti uning shogirdlari -Ken Tszi (312-289 y.y.) va Syun-Tszi
(313-278 y.y.) tomonidan rivojlantirildi.
1
Ushbu ta’limotda yoshlarga nasihat, vasiyat
o’z ifodasini topgan bo’lib, unda yoshlarning qarilarga qarshi chiqmaslik, ularni
qattiq hurmat qilish g’oyasi yotadi. Kinfutsiychilik qarashlari bo’yicha davlat katta
qiladirpodsho esa «xalqlar otasidir», boyliklar esa hammaniki bo’lib, tekis
taqsimlanishi zarur, soliqlar jarayonida bo’lishi, odamlar er bilan ishlashni yaxshi
o’zlashtirgan bo’lishlari, hamma o’z vazifasini vijdonan, sidqidildan bajarishi lozim.
Shunda jamiyat rivoj topadi, odamlar yaxshi xayot tarziga erishadilar. Kinfutsiychilik
o’tmishni qadrlashni bosh vazifa deb qaradi. Uning fikricha mehnat ham kishilarning,
ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar
jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq
qo’llaydi. Bu erda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi. Konfutsiy
aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini qo’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori»
tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan,
«oddiy» kishilar shug’ullanadi deb qayd qilib o’tadi.
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon xukmdor - u «xalqning otasi», «to’g’ri
amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning
tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, ammo shu
bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan
xurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burch to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi
do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu
narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda
ustalik bilan xo’jalik yuritilsa «xalqda hamma narsa muhayg’ bo’ladi».
Xitoyda milodiydan oldingi IV-III asrlarda mualliflar birgaligida g’zilgan asar
«Guan-tszi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar,
garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda
oltin marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; shunga o’xshash eng avvalo
moddiy boyliklar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin
davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq
ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy
rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qaerda nonning narxi
tartiblanib turilsa, o’sha erda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi.
1
Q.Yo’ldoshev, Q.Muftaydinov. Iqtisodiy ta’limotlar tirixidan T., 2000., 26 bet.
13
Iqtisodig’tni tartiblab turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil
etishni, er egalariga imtig’zli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni
o’zgartirishni, ya’ni tovarlarga bo’lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar.
«Guyan-tszi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xoxlaganlar.
Asarda er va suvlarni davlat ihtig’riga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida
foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga moliq
iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |