1. J.S.Millning iqtisodiy ta’limoti metodologiyasi.
Jon Styuart Mill (1806-1873) klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri
hisoblanadi. Uning otasi Jeyms Mill iqtisodchi, D.Rikardoning yaqin og’aynisi
bo’lib, o’g’lining tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullangan. Shuning uchun Millga o’n
yoshidayoq jahon tarixini, grek va latin adabiyotlarini ko’rib chiqishga to’g’ri kelgan.
O’n uch yoshida u bir vaqtning o’zida falsafa, siyosiy iqtisod va boshqa fanlarni
o’rganishni davom ettirgan holda Rim tarixini yozib chiqqan.
J.S.Mill o’zining siyosiy iqtisod bo’yicha birinchi «Tajriba»sini 23 yoshida,
ya’ni 1829 yil nashr etdi. 1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli
falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari beshta kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod
asoslari…» bo’lib, u 1848 yili chop etilgan. J.S.Mill bu asarida klassik maktabning
juda ko’p kontseptsiyalarni rivojlantirdi va umumlashtirdi.
Baho o’zgarishining talab miqdoriga bo’lgan ta’sirini (hozir bu yo’nalish talab
elastikasi nazariyasi deyiladi), bozor muvozanatini o’rnatish mexanizmini, kredit
operatsiyalarini, xalqaro savdo muammolarini, bozor iqtisodiyotida davlatning rolini
tahlil qilishi J.S.Millning asosiy ilmiy xizmatlaridan hisoblanadi.
J.S.Mill siyosiy yiqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab chiqarish va
taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida ta’riflaydi. Shu bilan birga,
92
uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa
abadiy hisoblanadi.
Ko’pchilak mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy fanning metodologiyasini
takomillashtirish J.S.Millning asosiy xizmati hisoblanadi. U nazariy xulosalar faqat
muayyan sharoitda to’g’ri bo’lishidan kelib chiqqan holda, har qanday nazariy
sxemaning nisbiyligini doimo ta’kidlagan va ko’p omilli tahlilning zarurligini
ko’rsatib bergan. Tadqiqot metodi J.S.Millning tavsiyasiga ko’ra, ikki asosiy narsaga
asoslanadi: 1) xulosa va yakun, odatda, faqat muayyan sharoitda to’g’ridir; 2) ular har
tomonlama (universal) bo’lishi mumkin emas. Iqtisodiy hayotda bitta emas, balki
juda ko’p sabablar amal qiladi. Ularni anglash, asosini ajratib olish juda qiyin, lekin
shunday bo’lsada ularni qo’shish emas, balki sabab va oqibatini bir-biridan ajrata
bilish lozim.
Iqtisodiy fanni rivojlantirish va boyitish – bu xulosalarni doimo almashtirib
turish hamda sxema qabul qilishda (rasmiy tan olingan) qo’l kelmaganlarini uloqtirib
tashlash emas, balki o’zgarib turuvchi sharoitlarni va o’zaro aloqalarning doimo
hisob-kitob (uchyot) qilib turishdir. Bu turli kontseptsiya va qarashlarni, yondashuv
va tavsiyalarni taqqoslash, bilimlarning meros bo’lib qolishligini saqlab qolishdir.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni iqtisodiy qonunlar to’g’risidagi fan sifatida tadqiqot
etadi. U raqobat qonunini, talab va taklif qonunini, differentsial renta qonunini,
xalqaro savdo qonunini va boshqa bir qator qonunlarni ajratib ko’rsatib berdi. Siyosiy
iqtisod tayyor qoida yoki tamoyillar yig’indisi sifatida qaralishi mumkin emas.
Amaliy qoidalar va konkret tavsiyalar nazariy qoida va xulosalarga asoslangan
bo’lishi kerak. Ular sharoit va vaziyat o’zgarishi bilan o’zgarib turiladi.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |