Gimnastika zaliga bo`lgan gigienik talablar.
Har bir o`quvchi uchun zalning pol sathi 4 m2 dan kam bo`lmasligi kerak. Pol tekis taxtadan bo`lishi unda yorilgan, o`yilgan, kovak joylari bo`rtib chiqib turgan mix yoki shruplari bo`lmasligi kerak. Devorining pastki 1,5—2 metr qismi yog’liq bo`yoq bilan bo`yaladi, yuqori qismi elimlik bo`yoq bilan bo`yaladi.
Zalning tabiiy yorug’ligi 1:4—1:5 ga teng bo`lishi talab qilinadi. Sun`iy yorug’lik spiralli elektr lampalari qo`llanganda 100 lyuks, lyuminestsent lampalarida 200 lyuks bo`ladi. Derazalar va elektr lampalari to`p tegib sinmasligi uchun to`r sim bilan to`sib qo`yiladi. Zalning temperaturasi—14—15°S bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |