Shifobaxsh jismoniy tarbiyada harakat tartibotlari:
ShJTda quyidagi harakat tartibotlari va ularning vazifalari farqlanadi: 1.Tushak harakat tartiboti
qat`iy
kengaytirilgan
Muolajaning davomiyligi 5-7 minut, ishlash – dam olish nisbati 1:1, o`rta hisobda 8-10 ta mashq beriladi, har bir mashq 3-4 marta sekin sur`atda qaytariladi.
Umumiy vazifalari:
Bemorga ta`sir etayotgan ruhiy va jismoniy ta`sirlarni kamaytirish yoki yo`qotish.
Qon aylanishning ekstrakardial omillarini faollashtirish yoki yaxshilash. 3.Qat`iy tushak tartiboti asoratlarining oldini olish (yotoq yara, qon
dimlanishi, ichak parezi, mushak atrofiyasi, kontraktura va h.z.).
2.Yarim tushak yoki palata harakat trtiboti
Muolajaning davomiyligi 15-20 minut, ishlash – dam olish nisbati 3:1, o`rta hisobda 20-25 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 6-8 marta, sekin sur`atda.
Umumiy vazifalari:
1.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta – sekin chiniqti-rish; 2.Engil jismoniy yuklamalarga organizmni asta-sekin moslashtirish. 3.Dimlanish holatlari bilan kurashish.
3.Erkin harakat tartiboti
erkin avaylovchi
erkin avaylovchi-chiniqtiruvchi
V) erkin chiniqtiruvchi
Muolajaning davomiyligi 30-45 minut, ishlash – dam olish nisbati 5 : 1, o`rta hisobda 25-35 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 10-12 marta, sekin, o`rta sur`atlarda.
Umumiy vazifalari:
1.O`sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirib borish. 2.Organ va sistemalar orasidagi o`zaro aloqalarning korrelyativli-gini
yaxshilash.
3.Bemorlarni kasb va yashash faoliyatlariga tayyorlash. Shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzish printsiplari: 1.Dastlabki holatni tanlash.
2.Patogenetik belgisi bo`yicha maxsus mashqlarni tanlash. 3.Muolajaning davomiyligi.
4.Beriladigan mashqlarning soni. 5.Har bir mashqning qaytarilish soni.
Bir mashqning davomiyligi (tushak tartiboti – 10-15 sekund, yarim tushak tartiboti – 15-20 sekund, erkin tartiboti – 30-40 sekund).
Qo`llaniladigan mashqlarning tarqoqligi, ya`ni muolajaga har xil mashqlar kiritilishi kerak.
Berilayotgan yuklamaning asta-sekinlik printsipi, ya`ni muolaja shunday tuzilishi kerakki, avval bemor organizmi engil mashqlar yordamida asosiy
yuklamaga tayyorlanadi, so`ngra muolaja oxirida bo`shashtiruvchi mashqlar yordamida bemor organizmi dastlabki holatga qaytarilishi lozim.
Qo`llaniladigan mashqlar sur`ati (sekin, o`rta, tez, tezlashadigan). 10.Muolaja vaqtida ishlash-dam olish nisbati.
11.Muolaja vaqtida bajariladigan harakatning ritmi va amplitudasi. 12.Muolajaga emotsional omillarni qo`shish (musiqa, raqslarga xos mashq).
Do'stlaringiz bilan baham: |