O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Download 1,7 Mb.
bet259/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Chiniqish


Eski bir sport haqidagi fil’mda shunday qo`shiq bor, unda yaxshi so`zlar aytilgan: “Chiniqqin!” agar sog’lom bo`lay desang, shifokorlar yordamisiz harakat qil. Sog’lom bo`lay desang sovuq suv bilan yuvin. To`g’rida; hayot tonusini oshirish uchun, shamollashning o`z tanasiga kirib kelishini oldini olish uchun, albatta, chiniqish kerak. Chiniqqan odam kamdan-kam kasal bo`ladi. Inson tanasi uchun quyosh nurining ta`siri, havo va suvdan me`yordan oshmagan holda foydalanish juda foydalidir.

Juda qadimdan odamlar tabiiy chiniqish yo`llaridan foydalanish zarurligini tushunib etishgan.

Rossiyada XIX asrdayok hammomda bug’lanish va hovuzda cho`milish odat bo`lgan.

Chiniqishning eng foydali usullari-tabiiy suv, toza havo, quyosh nuri. Ana o`sha qo`shiqda murabbiy aytadiki: «Hamma kasalliklarga quyosh, havo va suv foydalidir», ya`ni tabiiy chiniqish turlari. Suv bebaho qiymatga ega, bekorga radioda ertalabki badantarbiya darsidan keyin «Ana endi suv mashqiga o`tilsin!»- degan so`zlar yangramaydi.

Suv mashqlari davomida inson tanasida nimalar sodir bo`ladi? Birinchidan kunora va tez-tez sovuq suvda yuvinish va artinish charchoqni oladi, insonga yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi va tetiklashtiradi. Sovuq suvning ta`siri shu narsaga olib keladiki, teri tomirlari torayadi, tanadagi qonning 30% chekka tomirlardan markazga haydab chiqariladi, faqat miyadan tashqari. SHuning uchun 4-5 marta qo`l va yuzni sovuq suvda yuvish natijasida tomirlar torayishiga olib keladi: ishchanlikni oshiradigan o`zaro va foydali badantarbiya, o`zgacha va foydali badantarbiya terini mustahkamlaydi va chiniqtiradi. Mushak tolalari faoliyatini va oziqlanishni oshiradi. O`z navbatida tanadagi modda almashinuvini yaxshilaydi.

Suvda chiniqishni yozda boshlagan yaxshiroq. Muolajani yumshoq nam sochiq bilan artinishdan boshlash lozim. Suvning harorati 18-20% bo`lishi kerak. Badanni 2-3 daqiqa artish tavsiya etiladi. Bu muolajaga moslashgach, yuvinishga o`tish mumkin. Boshlanishda uy haroratidek suvda cho`miladi. Asta-sekinlik bilan harorat 15S gacha va undan pastroqka kamaytirib boriladi. Muolaja 30 soniyadan 2-daqiqagacha davom etadi. Har 3–4 kunda 5-10 soniya qo`shib boriladi. 2-3 oydan so`ng doimiy cho`milish o`z-o`zidan keyingi chiniqish bosqichi - sovuq dushga tayyorlaydi.

O`z ta`sirchanligiga ko`ra dush tanaga kuchliroq ta`sir etuvchi vositadir.

Bu muolajada sovuq suv teriga tez ta`sir qiladi.

Suv muolajasini ertalab o`tkazgan yaxshi. Chiniqishning eng yaxshi vositasi-cho`milish (dengizda, daryoda, ko`lda). Ayniqsa, dengizda cho`milishning

foydasi juda katta. Bunda tanaga dengiz suvi, quyosh nuri va toza havo tanaga yaxshi ta`sir qiladi.

Eslab koling! Ochiq suv xavzalarida cho`milish kerak. Lekin chiniqishni boshlashda suvning harorati 180 C dan past havo harorati esa 200 C dan past bulmasligi kerak. Suvning va havoning tanaga salqin ta`siri tanadagi issiqlikni oshirishi kerak.

Chiniqish foyda berishi uchun muolajani sal sovuq qotib tugating. Agar biror qarorga kela olmasangiz, birdaniga sovuq suvda chiniqishga o`ting. Boshlanishda kunora ertalab yoki kechqurun bajarib ko`ring.

Sovuq suv solingan tog’oraga oyog’ingizni solib o`tiring. Asta-sekin suv haroratini pasaytirib, muolaja vaqtini uzaytirib boring.

Boshida oyoqlaringizni bir necha soniya suvga botirasiz va quritasiz, keyinroq suv haroratiga oyoqlar moslashadi. Shunda oyoqlarni 2-3 daqiqa suvda ushlab turish mumkin. Muolaja paytida yoningizda tog’orada issiq suv qo`yib qo`ying va oyoqlaringiz bir sovuq suvga bir issiq suvga tiqing. SHunday qilib tananing issiqlik almashinuv mexanizmi shakllanadi. Bobongiz yoki buvingizdan so`rang. Ular sizga hammomda parlanishning foydalari borligini aytadilar. YUqori haroratli parlanish terini tozalaydi. Teringiz engil nafas oladi mushaklaringiz bo`shashadi va charchog’ingiz chiqadi. Lekin bunday muolaja hamma uchun emas, shifokor bilan maslahatlashish lozim. YAna bir tabiatning bebaho ne`mati va chiniqish vositasi toza va tiniq havo. Korxonada o`tirgandan so`ng, toza havodan nafas olish foydalidir. Korxonani tez-tez shamollatib turish darkor, albatta, elvizakdan ehtiyot bo`lgan holda. Hattoki qishda ham derazangizni ozgina ochib uxlang, chunki toza havo uyqungizni yaxshilaydi. ertalabki badantarbiyani uyda emas, balki biror-bir ochiq joyda, masalan, ayvonda yoki tashqarida qiling. Havoda chiniqishni 200 S haroratda boshlang. Asta - sekinlik bilan haroratni pasaytirib borasiz. Birinchi havo vannasi 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak. Keyinchalik esa bu muolajani 10 daqiqagacha oshirish mumkin.

Esingizda bo`lsin! Chiniqishda juda yaxshi dam olish katta foyda beradi: sayr qilish, sayohat qilish, aylanish.

Toza havo va suvdan tashqari tana uchun quyosh nuri ham kerakdir. Lekin quyoshli vanna qilganda nihoyatda ehtiyot bo`ling. Birinchi marta toblanishni 3-5 daqiqadan oshirmang. Asta-sekinlik bilan vaqtni oshirib borsangiz bu toblanish yaxshi foyda beradi.

Mana shu ko`rsatmalarning hech bo`lmasa ba`zilariga amal qilsangiz. O`zingizni yaxshi xis qilasiz, kayfiyatingiz ko`tariladi va turli xil kasalliklarga chalinmaysiz.

Shunday qilib siz suvda, havoda va quyosh nurida chiniqish sog’ligingiz uchun qanday zarur ekanligini bilib va tushunib oldingiz. CHiniqish muolajalarini qanday o`tkazishni ham bilib oldingiz.



  1. Download 1,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish