O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Sovuqda chiniqish sovuqda chiniqishning fiziologik asoslari



Download 1,7 Mb.
bet248/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Sovuqda chiniqish sovuqda chiniqishning fiziologik asoslari


Sovuqda chiniqish, eng avvalo, teriga hamda yuqori nafas olish yo`llaridagi shilliq pardalarga ta’sir ko`rsatish orqali amalga oshiriladi.

Teri ikki qatlamdan tashkil topadi; birinchisi- yuqori qatlam epiderma (sirti qotib, tangasimon qatlamga aylangan epitelial hujayralar) hamda quyi qatlam dermalardan iborat bo`ladi. Dermalar qon aylanuvchi va limfatik qon tomirlardan tashkil topgan ter bezlaridan, tuk qopchalaridan, asab retseptorlaridan iborat bo`lib, ularni tutib turgan birlashtiruvchi hujayralarga joylashgan bo`ladi

Epidermada hujayralar- melanotsitlar mavjud bo`lib, ular terini jigar rang (chiniqqan) tusga kiritadigan melanin pigmentining ultra-binafsha nurlari ta’siri ostida sintezlanadi.

Sovuq qo`zg’atuvchilar ta’siri (havo yoki suv muolajasi) ga organizmning reaktsiyasi uch fazaga bo`linadi. Birinchi fazada terida va yuqori nafas olish yo`llarning shilliq pardalarida (sovuq havodan nafas olingan vaqtda) mayda arteriyalar spazmasi (arterial) sodir bo`ladi. Terining qon bilan ta’minlanishi kamayganligi natijasida uning harorati pasayadi, shu tufayli issiqlik ajratish ham ozayadi. Shunday qilib, dastlabki paytda organizm o`zining doimiy haroratini saqlab qolishga intilib, sovuq ta’siridan himoya qiladi. Kamroq chiniqqan kishilarda birinchi faza haroratning pasayish darajasi bo`yicha ham, uzoq vaqt davom etishi bo`yicha ham ancha sezilarli, ifoda etilgan bo`ladi. Organizm reaktsiyasining bunday xususiyatidan kishining chiniqqanlik darajasini aniqlash uchun foydalanadilar. Teriga muayyan bir haroratdagi (masalan, +4) suv solingan idish tekkiziladi va haroratning pasayish darajasini va uning ancha asli holiga qaytishi uchun qancha vaqt ketishini aniqlaydilar. Sovuqdan ta’sirlanishning birinchi fazasi ikkinchi fazaning boshlanishi uchun impuls-turtki bo`ladi. Reflekslar ta’siri ostida neyroendikrin tizimi orqali modda almashinuvi kuchayadi, skelet mushaklarida, jigarda, ichki a’zolarda energiya ishlab chiqarish ortadi, qon bilan ta’minlanish kuchayadi, teridagi qon tomirlari kengayadi. Teriga xizmat qiladigan kapillyarlar miqdori ko`payadi.

Ikkinchi fazada organizm yana ham intensiv ravishda issiqlik ajratish hisobiga gavdaning doimiy haroratini saqlab qolishga harkat qiladi. Bunday jarayonlar chiniqish mexanizmida ayniqsa muhimdir. Har bir muolajada aynan mana shu mo`ljallangan fazaning o`zini tiklashga erishish va uchinchi faza rivojlana boshlanishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Uchinchi faza esa ortiq darajada zo`riqishning va muvofiqlashtiruvchi himoya qiluvchi mexanizmlar ishdan chiqishining natijasi hisoblanadi. Bu fazada teri tomirlarida qon oqimi sekinlashadi, tomirlar ko`kimtir rangga kiradi, g’udda-g’udda et paydo bo`ladi, kishi o`z badanida nokulay titroq sezadi. Uchinchi fazaning paydo bo`lishi chiniqish omillarining me’yoridan ortib ketganligini ko`rsatuvchi belgi hisoblanadi.

Reaktsiyaning ikkinchi fazasi ancha tezroq boshlangan hamda barqaror holda saqlab turilgan vaqtdagina chiniqish effekti namoyon bo`ladi. Kishi chiniqa borgan sari uning sovuqdan junjinkishi ham kamayib, chidamliligi intensiv tarzda ortib boradi. Biroq sovuqdan ta’sirlanish kuchining darajasiga qarab chiniqishning fiziologik mexanizmlari taraqqiyotida muayyan o`ziga xos xususiyat mavjud

bo`ladi. (Yu.N.Chusov). Chunonchi, organizm mo`tadil, lekin xiyla uzoq muddat davom etadigan sovutish omillari (havo harorati mo`tadil ravishda pasaygan faqtlarda uzoq muddat ochiq havoda bo`lish, mo`tadil sovuq suvda uzoq vaqt suzib yurish) ta’siriga ko`proq darajada moslashib ketishi mumkin yoxud qattiq, lekin nisbatan qisqa muddat davom etadigan omillar (qish kuni muzdek suvda cho`milish-morj bo`lish) ga nisbatan ham tezda moslashish hosil qilishi mumkin.

Aftidan, organizm salomatligini saqlab qolishda, uning infektsion va noinfektsion turli kasalliklar ta’siriga, shuningdek, faqat fiziologik reaktsiyalar xususiyatining oqibatida yuz beradigan kasalliklargagina emas, shu bilan birga (turmushda, ishlab chiqarish sharoitida), amaliy ahamiyat kasb etadigan birinchi tipdagi qo`zg’atuvchilar ta’siri ostida yuz beradigan kasalliklarga bardosh berishda ham o`zining qulayligi, chiniqish uchun mosligi (ommaviyligi) tufayli chiniqishning birinchi turi ancha muhim rol o`ynaydi.

Chiniqishning sog’lomlashtiruvchi ta’siri (uning gigienik effekti) ga oid fiziologik mexanizm murakkab bo`lib, ko`pgina tizimlar va a’zolarni o`z ichiga oladi. Uni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur etish mumkin. Chiniqtiruvchi omillarning ta’siri ostida tezda reaktsiyaning ikkinchi-ancha samarali fazasi boshlanadi. Teri qatlamlari va yuqori nafas olish yo`llarining shilliq pardalari karoq soviydi hamda shu tufayli bakteriyalar va viruslarning ta’siriga ancha chidamli bo`lib qoladi. energiya jarayonlarining ortishi uglevodlar adlmashinuvini normal holga keltirishga yordam beradi hamda ateroskleroz, gipertonik kasalliklar, diabet va semirishning oldini olishda ijobiy rol o`ynadi.

Chiniqish vaqtida immunik mexanizmlar funktsiyasi ortadi. Markaziy asab tizimi hamda uning po`stlog’i ostidagi hosilalari (gipotalamus) orqali gipofiza- barcha endokrin bezlar ta’sirini nazorat qilib boradigan endokrin bezi funktsiyasini stimullashtiriladi. Immunitetni stimulyatsi qilishda gipofizaning ayirsimon (bo`qoq) beziga hamda buyrak usti bezlariga ko`rsatadigan ta’siri asosiy ahamiyatga ega bo`ladi. Bundan birinchisi asosiy immunik mexanizmlar limfotsitlar va antitelalar funktsiyasini ta’min etadi. Bu esa organizmni bakteriyalar va viruslar ta’siri ostida boshlanadigan o`tkir va surunkali infektsiyalardan yaxshi himoya qilibgina qolmay, shu bilan birga, begona, zararli hujayralar paydo bo`lishini yaxshiroq kuzatib, ularni yo`q qilib boradi va onkologik kasalliklar avj olishiga to`sqinlik qiladi.

Buyrak usti bezlarining po`stlog’i funktsiyasi ortishi uning gormonlari kortizonlar ko`proq hosil bo`lishi bilan immunik me’xanizmlar ta’sirini kuchaytiradi, allergik reaktsiyalar va kasalliklar imkonini pasaytiradi, hayajonli ta’sirlarga, shu jumladan, jismoniy yuklamalarga, iqlim omillariga, ruhiy qo`zg’atuvchilarga, aqliy mehnatga organizmning adaptatsion qobiliyatini oshiradi. Shunday qilib, sovuqda chiniqish odam salomatligini mustahkamlaydi,

uning aqliy va jismoniy ish qobiliyati oshiradi, organizmni infektsion, allergik, zararli o`smalar hosil qiluvchi kasalliklarga bardoshli qiladi, aterskleroz, semirish, diabetning oldini oladi. Chiniqish sportchilarning trenirovka yuklamalariga tezroq moslashib olishlariga imkon beradi hamda trenirovkalar ta’sirining samaraliroq bo`lishiga erishiladi. Haddan tashqari zo`riqish va toliqib qolish havfi susayadi, yuqori darajadagi sport formasida immunik himoyaning pasayish havfi kamayadi.

Chiniqishning ta’siri chiniqish omil (havo, suv,quyosh)ning turiga, ulardan qanday usul bilan foydalanish (artinish, cho`milish, dush qabul qilish, suzish) ga, chiniqish paytidagi harakat faolligiga, muolajaning intensivligiga va qancha vaqt davom etishiga, chiniqqanlik darajasiga bog’liq bo`ladi. Chiniqtiruvchi muolajalarning muayyan bir joyga ko`rsa-tadigan loqal ta’siri muhim ahamiyatga egadir. Masalan, yuqori nafas olish yo`llarini infektsiyalardan prfilaktika qilishda burun naychalarini, oyoqlarini, oyoqlarni, ko`krak qafasini chiniqtirish alohida ahmiyatga ega bo`ladi.

Effektiv ravishda chiniqish uchun uchta tamoilga - adekvatlikka, izchillikka va tizimlilikka rioya qilish kerak. Adekvatlik deganda, chiniqtiruvchi omil kuchining chiniqqanlik darajasiga muvofiq kelishi, ya’ni ushbu omilga organizmning ijobiy reaktsiyalanish qobiliyatini tushuniladi. Chiniqtiruvchi ta’sir intensivligi asta-sekin izchillik bilan oshirib borilmog’i zarur. Organizm chiniqtiruvchi omillar nisbatan moslashishni tez yuqotadi va shuning uchun ham ularning ta’siri tizimli ravishda, amalda har kuni yoki hatto kuniga ikki mahaldan amalga oshirib borilishi kerak.

Noratsional chiniqish vaqtida yuqori nafas olish yo`llarida o`tkir va surunkali kasalliklar (shamollash, gaymorit, bronxit, tonzillit, pnevmoniya), buyrak (nefrit), bo`g’im (artrit) kasalliklari avj olib ketishi mumkin. Budnay noratsional chiniqish ko`pincha yoshlar hayotida uchrab turadi. Ayniqsa, bu ba’zi bir yoshlarning haddan tashqari, o`ziga bino qo`yib kerilishi, o`z sog’lig’i bilan maqtanmoqchi bo`lishi, modda almashinuvi to`g’risida noto`g’ri tassavuri tufayli sodir bo`ladi (sovuq suvda tegishli chiniqishga ega bo`lmay turib cho`milish, iqlim sharoitiga mos kelmaydigan kiyimlar kiyib yurish, qish kunlari bosh kiyimsiz yurish va shunga o`xshash hollar tegishli tayyorgarlik ko`rmagan kishilarda bosh terisidagi tomirlarning uzoq muddatili spazmasiga, terining atrofiyasiga, soch to`kilishiga olib kelishi, shamollashga, burun halqum singari a’zolarining surunkali kasalliklariga sabab bo`lishi mumkin).


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish