Qon oqimi buzilmasin
Organizm salomatligi uchun qon tananing barcha qismlariga birdek etib borishi kerak. O`tiraverganimizda esa bu mexanizm buziladi. Qon tos sohasida turib qoladi, oyoqlarga yaxshi etib bormaydi. Bu esa venalarning varikoz kengayishiga, hazm tizimi a`zolari kasalliklariga, matabolizmning sekinlashishiga olib keladi.
Bundan tashqari, ko`p o`tirishdan umurtqa pog’onasi aziyat chekadi. Uning normal holatini qo`llab-quvvatlab turadigan mushaklar kuchsizlanib qoladi. Ayniqsa, umurtqaning bel va ko`krak qismlari ko`proq zo`riqadi.
SHunday ekan, ish joyingizda birinchi navbatda umurtqa pog’onangiz uchun qulay sharoit yaratib oling. erkin harakatlana oling, holatingizni o`zgartirib turishga sharoit bo`lsin. Har bir qulay vaziyatda harakatlanib turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |