13 MAVZU: KONFLIKTLAR SOXALARI VA TIPOLOYASI.
2.Konflikt subyektlari va ularning namoyon bo’lish soxalariga karab konfliktlarni kuyida turlarga bo’lish mumkin: iktisodiy, siyosiy, millatlararo, turmush, madaniy va ijtimoiy konfliktlar.
Jamiyatning bozor iktisodiyotiga o’tish davrida iktisodiy konfliktlarning moxiyati va yoyilish darajasi sezilarli darajada o’zgardi. Negaki, davlat mulkchili xukmronlik kilgan va bozor munosabatlari mavjud bo’lmagan jamiyatda iktisodiy konfliktlar uchun nez juda cheklangan va tor bo’ladi. Bunda Sovet Ittifokida ishsizlik, ish tashlashlar, sinflar kurashi bo’lmagan degan fikrlar tarbot ma’nosida bo’lmaganli ma’lum, umumdavlat mikyosida ko’p yillar davomida iktisodiy soxada konfliktlar amalda uchramagan yoki juda maxalliy va kiska muddatli bo’lgan.
Bozorga o’tishda boshkacha manzarani kuzatish mumkin. Moxiyatiga ko’ra bozorning o’zi doimiy konfliktlar uchun maydondir, birok u rakobat kurashi yoki rakibini sikib chikarish ko’rinishida emas, balki, avvalo, dialog, ba’zida sherini foydali kelishuvga majburlovchi turli xarakatlar (taxdid solish, shantaj, zo’rlik) bilan birga ro’y beradigan savdo bitimlari shaklida yuzaga chikadi. Shu bilan birga bozor iktisodiyoti sharoitida boshka kuchli konfliktli vaziyatlar xam yuz beradi: ish tashlashlar, pul muomalasida inkirozlar va b. Bozor iktisodi maxsus ishlab chikilgan koidalar bilan tartibga solinuvchi, doimo yuzaga keluvchi mexnat konfliktlarini xam takozo etadi. Garchi mexnat nizolari xar kanday ijtimoiy tuzumda mavjud bo’lsada, ular aynan istagan tovarni (ishchi kuchini xam) oldi-sotdisiga asoslangan bozor iktisodi uchun ko’p darajada xosdir.
Katta ko’lamda iktisodiy konfliktlarning xususiyati shundaki, ularga axolining keng katlamlari jalb kilinadi. Aviadispetcherlarning ish tashlashi fakat aviasiya kompaniyalariga emas, shuningdek minglab yo’lovchilarga xam tallukli. Agar ish tashlash vrachlar tomonidan amalga oshirilsa, millionlab jabrlanuvchilar paydo bo’ladi. Shu bois ba’zi turda ish tashlashlarni man qilish jamiyat xayotini barkarorlashtirishning muxim vositasi xisoblanadi.
Siyosiy soxada konfliktlar - bu umuman demokratik jamiyatda odatiy vokelikdir. Ularning xususiyati shundaki, ular katta mikyosda ijtimoiy xodisalarga, ko’zgolonlarga, ommaviy tartibsizliklarga, okibat natijada fukarolik urushiga aylanishi mumkin. Xozir davrda ko’pchilik siyosiy konfliktlar uchun millatlararo jixat xarakterlidir. Deyarli barcha xollarda siyosiy konflikt bir vaktning o’zida milliy xam xisoblanadi yoki xar kalay uning milliy tomoni bo’ladi (vatanparvarlik, separatizm yoki diniy xarakat).
Mexnat, so¦likni saklash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim soxasida manfaatlar karama-karshili bilan kechuvchi konfliktlar yukorida bayon kilingan konfliktlarning ikki turi - iktisodiy va siyosiy konfliktlar bilan uzviy boglik. Bu konfliktlar bevosita ijtimoiy tuzum tabiatiga boglik emas va ularning ko’lami unchalik katta emas. Xuddi shunday fikrni kishilar o’rtasida ularning ish yoki yashash joylarida sodir bo’ladigan turmush konfliktlariga nisbatan xam bildirish mumkin.
Ijtimoiy konflikt tipoloyasi.
Konfliktli o’zaro munosabatlarning aralash variantlari ko’p uchrab turadi. Masalan, jamoat tashkilotlari (siyosiy partiya, kasaba uyushmasi) bilan davlat organlari o’rtasida konflikt dastlab yuzaga kelganda, ijtimoiy xarakterga ega bo’lmasli mumkin, birok keyinchalik huquqiy konfliktga aylanib, u yoki bu qonunchilik normalari (konstitusiyaviy, ma’muriy, moliyaviy) ta’siriga tushishi mumkin. Ijtimoiy konfliktlarning aralash tiplari fukarolar o’rtasida o’zaro munosabatlarda, ayniksa, ish joyida yoki turar joyida uzok davom etuvchi nizolarda uchrab turadi. Masalan, oilaviy janjal sifatida boshlangan konflikt - ma’muriy huquqbuzarlik, xatto jinoyatga (kaltaklash, bezorilik) o’tishi mumkin; muassasada ma’muriy o’zaro munosabatlar mexnat, ba’zida huquqning turli soxalari bilan tartibga solinadigan siyosiy konfliktga aylanishi mumkin. Milliy munosabatlar soxasida konfliktlar ijtimoiy nuktai nazardan ko’pincha ko’p tarmokli xarakterga ega. Ularga: konstitusiyaviy, ma’muriy, fukarolik, jinoiy, prosessual, xalqaro huquq normalari ko’llanilishi mumkin.
Teshli huquqiy normalar tabiatiga karab ijtimoiy konfliktlar tipoloyasiga to’xtalsak, bunda konflikt sifatida istalgan huquq normasini: vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi, yoki man etuvchi normalarni turlicha sharxlash va tushunish yotadi (yoki ularga rioya etmaslik, ularni buzish). Man etuvchi normalar bilan boglik konfliktlar tez-tez bo’lib turadi. Birok normaning xarakteri fakat konfliktlar soniga emas, balki, uning subyektlariga xam ta’sir kiladi.
Vakolat beruvchi normada konflikt vakolatli subyekt bilan xususiy shaxs - jismoniy yoki ijtimoiy shaxs o’rtasida yuzaga keladi, bunda xususiy shaxsning manfaatlari vakolatli subyekt tomonidan buzilgan bo’ladi yoki shunday bo’lgan deb taxmin kilinadi.
Misol, 1993 yili davlat tomonidan viloyat xududida yer uchastkalari fukarolar uchun dala xovli barpo etish uchun ajratilgan. Birok, dala xovlilar uchun ajratilgan yer uchastkalaridan avval chorva mollarini o’tlatish va yem-xashak tayyorlashda foydalanib kelayotgan ko’shni kishloklar axolisi tomonidan norozilik bildirilgan. Bu yerda konflikt yer uchastkalariga huquqi bor shaxslar bilan yozilmagan koida tarzida foydalanuvchilar o’rtasida yuzaga kelgan. Bu konflikt maxalliy xokimiyat tomonidan maxalliy axolining extiyojlari uchun boshka yerni ajratish yo’li bilan xal kilingan. Bu xolda ijtimoiy konflikt uchun xos bo’lgan ikkita emas, balki uchta taraf: dala xovli egalari, kishlok axolisi va xokimiyatning maxalliy organlari ishtirok etgan.
Majburlovchi normani ko’llash xolatida konflikt subyektlari doirasi kengrok: u burchli shaxs va davlat o’rtasida (majburiyat bajarilmagan xolda), shuningdek, shu shaxs bilan uning kontragenti o’rtasida yuzaga kelishi mumkin. Gap shundaki, majburiyat fakatna jismoniy va ijtimoiy shaxslarnina bo¦lamaydi, balki davlat xam uning ijrosining kafolati sifatida chikadi. Misol, avtobusda nazoratchi o’z majburiyatini bajarib chiptasiz yo’lovchini jarimaga tortadi, yo’lovchi esa jarimadan bosh tortib, janjallasha boshlaydi. Agar nazoratchi chiptasiz yo’lovchi bilan konfliktga kirishishni istamay, uni ko’yib yuborsa, u avtomatik ravishda davlat bilan bo’ladigan boshka konfliktga kiradi.
Man etuvchi normalarni ko’llashda konfliktlarda teshli jismoniy yoki ijtimoiy shaxs bu normalarni buzadi. Bunga atrof-muxitni muxofaza qilish soxasida huquqbuzarliklar misol bo’ladi.
Bunday tipoloyaga huquqni ko’llovchi yoki huquqni muxofaza kiluvchi organlar tizimi bo’yicha ijtimoiy konfliktlarni tasniflash yakin turadi. Bu tasnif konfliktli vaziyat vujudga kelgan xolda bu organlarning kompetensiyasi xakida tasavvur xosil qilish uchun kulay. Bu kompetensiya huquqni muxofaza kiluvchi organlarga nisbatan yetarli darajada anik bellangan bo’ladi (sud, arbitraj, prokuratura, milisiya va b.).
Konfliktlarni organlar tizimi bo’yicha tasniflash xammadan xam fukarolar uchun foydali, chunki ular turli nizoli masalalarni xal etish uchun kayerga murojaat etishlari to’¦risida anik ma’lumotga ega bo’lishlari kerak.
14 MAVZU: KONFLIKTLAR RIVOJLANISH BOSKICHLARI VA MEXANIZMI.
REJA:
1.Konfliktli vaziyat.
2.Konfliktning rivojlanishi.
3.Konfliktning tugashi.
4.Ijtimoiy tanglik.
5.Konflikt ishtirokchilarining ruxiyati.
Tushunchasi. Konfliktgacha bo’lgan xodisalarni ko’rib chiksak, ularning ikki guruxdan iborat ekanlini aniklash mumkin: karama-karshi kurashuvchi taraflar ishtirok etayotgan obyektiv xayotiy vaziyat va taraflarning o’zi - muayyan manfaatlarga ega kishilar.
Ma’lumki, xayotiy vaziyat o’zining ko’p jixatlari bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin. Inson turmushi yoki ijtimoiy gurux mavjud bo’lishi xolatlari o’zgaruvchan, tezlik bilan yoki aksincha,sekinlik bilan kechuvchi , uzok vakt o’zgarmaydigan tarzda o’tishi mumkin.Ular muayyan ma’naviy muxit va u yoki bu darajada moddiy ne’matlar bilan xarakterlanishi mumkin. Ular subyektlarning xududiy joylashuvi, turli ijtimoiy iyerarxiyalar va boshka ko’p omillar bilan bog’lik.
Konfliktli vaziyat deganda insonlar manfaatlari bilan boglik bunday xolatlarning shunday jamlanishiki, bu ijtimoiy subyektlar o’rtasida real karama-karshilik uchun obyektiv tarzda nez yaratadi.Bu ta’rifni batafsil ko’rib chiksak, vaziyatning bosh xususiyati bu konflikt predmetining vujudga kelishidir.Vaziyat, konfliktdan oldin yuzaga kelishi uchun u taraflar tomonidan xali foydalanmasli va xatto to’la ma’noda anglanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, ilmiy muassasada shtatlar kiskarishi kutilmokda. Ko’p xodimlar, ayniksa, nafaka yoshidalar bu tadbir ta’siri ostiga tushishlari mumkin. U yoki bu lavozimlarni tugatish xakida masala kun tartibiga anik ko’yilmaganli uchun konfliktni vujudga kelganli xakida gapirish ertalik kiladi. Birok, konfliktli vaziyat bor, chunki bo’lishi kutilayotgan kelishmovchiliklar predmeti va kurash mavjud, jamoada tanglik paydo bulgan, bu vaziyat ishtirokchilarining keyin xarakatlarini yuzaga chikaradi , bellab beradi.
F.M.Borodkin va N.M.Koryak mexnat jamoalarida turli konfliktli vaziyatlarni tahlil etib, tashkilotlarda konfliktlar uchun nez yaratuvchi turli tipik vaziyatlarni kuyidacha umumlashtirganlar: a) tashkilotlarning tarkibiy bo’linmalari o’rtasida texnolok alokalarning nomuayyanli; b) turli farmoyishlar beruvchi ko’p sonli boshliklarning mavjudli; v) bir boshlikka bo’ysunuvchi xodimlarning ko’p mikdorda bo’lishi, bu boshkaruvda tartibsizlikni yuzaga keltiradi; g) mas’uliyatni bir xodimdan ikkinchisiga o’tkazish, bu umumiy mas’uliyatsizlik xolatini yuzaga keltiradi; d) bir kator xodimlarning uncha yukori bo’lmagan shaxsiy va ishchanlik sifatlariga ega bo’lishi. Tabiiyki, shunday sharoitlarda jamoada konflikt va ziddiyatni yuzaga kelishi juda yenl yuz beradi. Bu ruyxatga tanglikni yuzaga keltiruvchi yana kator boshka omillarni kiritish mumkin, masalan, boshkaruv tizimini kayta tashkil qilish, yukori idoralarning shtatlar kiskarishi xakida ko’rsatmalari, ish xakini to’lash bilan boglik kiyinchiliklar va b.
Xalqaro soxada konfliktli vaziyatlar o’ta murakkab va turlichadir. Masalan, Dnestr bo’yi respublikalarida Moldova xukumati bilan shu xududda rus tilida so’zlashuvchi axoli o’rtasida konflikt yuzaga kelgan. Bu xududda taraflar karama-karshilining boshlanishi Moldaviya SSR Oliy Soveti til xakida qonunning muxokama kilinayotgan vakt, ya’ni 1989 yilning yoz-kuz fasliga to’g’ri kelgan, bu qonun moldav tilini butun respublika xududi uchun yagona davlat tili sifatida tasdikladi. Bunga javoban Dnestr bo’yining ko’p korxonalarida mexnat jamoalari kengashlari tuzilib, ular bu masala yuzasidan referendum o’tkazilishini talab etganlar. Bu talab respublika xukumati tomonidan rad etilgan. Dnestr bo’yi konfliktining boshlanishi shunday yuz bergan.
Konfliktli vaziyat obyektiv ravishda bo’lgsi karama-karshi taraflar erki va xoxishidan tashkari (masalan, muassasada shtatlar kiskarishi) yoki taraflardan birining yoxud ikkisining xoxishi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bunda shu narsa juda muximki, xar kanday vaziyat obyektiv mazmunga (u real mavjud xodisalar bilan bellanishi mumkin) va subyektiv mazmunga (bu xodisalarga taraflarning xar biri kanday ta’sir etishiga boglik) ega, chunki subyekt shulardan kelib chikib konfliktda xarakat kila boshlaydi.
Konfliktli vaziyatni qabul qilish. Konfliktli vaziyatni subyektiv tarzda aks ettirish ishning xakikiy xolatiga to’¦ri kelishi shart emas. Adabiyotda konfliktni anglab olish xar doim o’zida subyektivizm elementini aks ettirishi va shu sababli muayyan darajada buzib aks etilishi xakida fikr to’¦ri bildirilgan.
Dnestr bo’yi vaziyatida moldav raxbarlarining xarakatlarini xarakterlovchi obyektiv faktlar shu xudud axolisi tomonidan tezda il¦ab olingan va tub millatga mansub bo’lmagan shaxslarga nisbatan kamsitilish deb qabul kilingan.
Ko’p o’tmay Dnestr bo’yi avtonomiyasini yaratish maqsadida Dnestr bo’yi axoli punktlarining ko’pchilida referendumlar o’tkazilib, ularda ovoz berganlarning ko’pchili suverenitetni yoklagan. Bu xolda barcha vokealarning tahlili shuni ko’rsatadiki, yuzaga kelgan vaziyatni subyektiv baxolash obyektiv xolatlar bilan ko’p darajada mos kelgan. Birok,moldav xukumatining xarakatlarini Dnestr bo’yi axolisi tomonidan Moldaviyada eng ekstremistik xarakat okimlarining shiorlari va chakiriklari bilan bevosita o’xshashdek qabul kilinganlini istisno qilish kerak emas, bu xukumatning diskriminasion maqsadlarini ma’lum darajada bo’rttirib yuborishni anglatadi.
Vaziyatni noto’¦ri qabul qilish keng ko’lam kasb etishi mumkin.Ma’lumki,konflikt sababi bo’lib boshka subyektni tushunmaslik xisoblanishi mumkin. Mutaxassislar «adekvat tushunilmagan» va «soxta» konfliktlar kategoriyalarini ajratadilar1 .
Birinchisiga shunday xolatlar kiradiki, bunda konfliktli vaziyat mavjud va taraflar uni shundaylicha qabul kiladilar, birok xakikiy axvoldan jiddiy chetga chikkan xolda qabul kiladilar. Jiddiy chetga chikish deganda paydo bo’lgan muammoning ko’lamlarini xaddan ziyod kengaytirish (mutlok xususiy sabab yuzasidan paydo bulgan kelishmovchilik umumiy xarakterga ega kelishmovchilik sifatida noto’¦ri talkin kilinishi mumkin) yoki aksincha uni xaddan ziyod toraytirish mumkin, ya’ni konfliktli vaziyat to’likmas yoki kisman aks etishi mumkin. Boshka turda chetga chikish «shartli» konflikt vaziyatida mavjud bo’ladi, bunda ziddiyatlarning mavjud bo’lishi kurashuvchi taraflar tomonidan anglashilmaydigan yenl o’zgaruvchi vaziyatlarga boglik bo’ladi. Millatlararo konfliktlarda bu xol tez-tez uchraydi.
«Soxta» konfliktda esa obyektiv konfliktli vaziyat butunlay bo’lmaydi, subyektlar o’rtasida birorta ziddiyat yuk, shunga karamasdan taraflar o’zaro munosabatlarining konfliktlilini xis etadilar va karama-karshi kurashni boshlaydilar. Ijtimoiy adabiyotda bu masalada bildirilgan yana bir fikr dikkatga sazovordir, ya’ni : “Insonlar xayotni va unga xos bo’lgan kiyinchiliklarni turlicha tushunadilar, chunki :
- xar birimizda takrorlanmas xarakter va o’ziga xos xayotiy tajriba bor;
- xar birimiz erkak yoki ayol bo’lib tulamiz;
- xar birimiz tulishda muayyan muxitga tushib kolamiz va butunlay boshka tajriba, dunyokarash va rolga ega bo’lamiz;
- xar birimiz turli kadriyatlarga ega bo’lamizki, bular bizning tafakkurimizga va xulk-atvorimizga ta’sir etadi hamda bir xil xarakatlarni sodir qilishga va boshkalaridan voz kechishga majbur kiladi.
Shu sababli biz boshka odamlar bilan tanishganimizda va ishlaganimizda xammamizning aynan bir xil narsalarni turlicha qabul qilishimiz ajablanarli emas»1
Yukorida ko’rsatilgan xollarda noadekvat bo’lmagan yoki soxta qabul qilishning ikkala tarafga xosli kam kuzatiladi.Odatda fakat bir subyekt vaziyatni xato yoki buzib, boshkasi esa to’la adekvat xolda tushunadi. Birinchi subyekt vaziyatni konfliktli deb tushunib, shunga mos xarakat kila boshlaydi, boshkasi esa, konfliktli xarakatlarni o’ziga yo’naltirilganlini bilgandan so’ng bu vaziyatni «konfliktli» deb baxolash uchun ko’prok asosga ega bo’ladi. Mabodo ikkinchi subyekt vujudga kelgan muammoning tasodifiylini anglab yetmasa, vaziyatni u tomondan baxolanishi obyektiv bo’la olmaydi.Soxta qabul qilish kimningdir oldindan ko’zlanmagan xarakatlarini kasddan, ataylab kilingan, ya’ni shaxsning muayan manfaatlariga mos keluvchi xarakat deb tushunish bilan bog’lik bo’ladi. Bunday muammoni xal qilish uchun odatda konfliktni boshlagan xarakatlar extiyotsizlik tufayli, kasddan bo’lmaganlini aniklash va tushunish yetarli xisoblanadi. Birok, ko’pincha bu imkoniyatlar e’tibordan chetda koldiriladi va taraflar bir-birlarining xarakatlarida yovuz kasdni ko’radilar, bu esa konfliktning kuchayishi va chukurlashishiga olib keladi.
Konfliktli vaziyatni noadekvat yoki soxta qabul qilishning sababi sifatida karaganda shuni ta’kidlash muximki, agar bunday qabul qilish kognitiv konflikt genezisida bayon kilinayotgan nuktai nazar mazmunini buzib sharxlash bilan boglik bo’lsa, mafaatlar konflikti genezisida esa bu, eng avvalo, opponent motivlarini baxolashda xatolar bilan bellanadi.
Soxta qabul qilish odatda boshkalarning so’zi va xarakatlarini noto’¦ri tushunish bilan boglik. U turli sabablardan kelib chikadi: xabarning ikki xil mazmunga ega bulishi, xabarning dastlabki mazmuniga mulokot matni orkali kiritiladigan xatoliklar bilan va b. Muayyan xolatlarda savol berish yoki xatto xushomad qilishni xakorat sifatida qabul kilinishi kuzatilgan. O’zgalarning xatti-xarakatlarida ma’noni bunday qabul qilishda tafovutlar ko’pincha madaniyatda farklar, mulokotning turli koidalari bilan bellanadi.
Afsuski, xatolik orkasida yuzaga kelgan konflikt keyinchalik guyoki o’zining real predmetiga ega bulgan konflikt kabi avj olishi mumkin. Konflikt jarayonining o’zidayok xakikiy konfliktli vaziyat vujudga keladi. Bunday xolat ko’pincha kriminal konfliktlarga xos beldir. Shu munosabat bilan A.M.Yakovlev xatto jinoiy xatti-xarakatni yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan noadekvat reaksiya sifatida xarakterlagan. Vaziyatni noadekvat baxolashning o’zi turli shaxsiy omillar bilan izoxlanadi: dunyokarashning cheklanganli, ruxiy ta’sirlanish (stress), okibatlarni oldindan ko’ra bilishning sustli, narkotik yoki alkogol ta’sirida bo’lish va x. Bunda vakt omilining xam axamiyati bor: xamma narsani birdaniga obyektiv xal qilish mumkin emas.
Konfliktli vaziyat va shaxs. Shunday kilib, shaxslar o’rtasida konfliktda konfliktli vaziyatni taraflar tomonidan qabul qilish xarakteri katta axamiyatga ega. Yuzaga kelgan vaziyatni e’tiborga olib, shaxs o’z xarakteri va karashlarining xususiyatlariga muvofik xolda xarakat kiladi. Aynan shu narsa bilan bir xil vaziyatda turli kishilar(guruxlar) tomonidan turlicha, ba’zan zid xarakatlar sodir etilishini tushuntirish mumkin. Aynan konkret vaziyat bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro ta’siri konfliktni yuzaga keltirishi mumkin yoki odamni undan kutkarishi mumkin.
2.Konfliktning rivojlanishi.
Latent boskich. Konfliktdan oldin uning latent - yashirin boskichi shart xisoblanib, unda tashki xarakatlarni istisno kilganda konflikt barcha elementlari mavjud bo’ladi.
O’z navbatida bu boskich konflikt rivojlanishining bir kator izchil jarayonlarini yoki davr(etap)larini o’z ichiga oladi.
Birinchi davr - obyektiv konfliktli vaziyatning yuzaga kelish davri.
Ikkinchi davr - bunday vaziyatda subyektlar (yoki xech bo’lmaganda subyektlarning biri) tomonidan o’z manfaatlarini anglab yetish davri.
Uchinchi davr – o’z manfaatlarini kondirish uchun to’sikni anglab yetish (kognitiv konfliktda – o’zga karashlarni anglash) davri. Bu to’siklar uch turda bo’lishi mumkin. Birinchidan, bu to’siklar bo’lgsi konfliktning doimiy ishtirokchilari deb karalishi mumkin bo’lgan boshka shaxslarning pozisiyalariga boglik emas, balki obyektiv vaziyatdan kelib chikishi mumkin. Masalan, ximiya zavodi atmosferani ifloslantirib atrof-muxitni muxofaza qilish bo’yicha talablarni doimiy ravishda buzib kelgan. Sababi - mazkur kimyoviy ishlab chikarish uchun mo’ljallangan suvni muxofazalash inshootlarining sanoatda ishlab chikilmaganlidadir. Zavodning manfaati - bu mazkur vaziyatni o’zgartirish, oshkora huquqbuzarlikka barxam berishdir. Zavod bilan konfliktlashuvchi tarafning o’zi yo’k. Bu yerda konfliktli vaziyat bevosita konfliktni yuzaga keltirmaydi. Ikkinchidan, ishtirokchilarning o’z subyektiv xususiyatlari ularning manfaatlarini kondirish uchun to’sik bo’lishi mumkin. Masalan, zavod misolida ko’radigan bo’lsak, uning o’zi tozalash inshootlarini o’z kuchlari bilan kurishi mumkin edi, birok kerakli tashabbusni namoyon etmagan. Birok bunda zavodning tashki tartibda konfliktga kirishuvini kuzata olmaymiz. Bu yerda konflikt jamoa ichida bo’lishi mumkin.
Nixoyat, uchinchidan, tashki to’sik mavjud va obyektiv bellangan, masalan, tozalash inshootini kurish uchun ko’shimcha xarajatlarga vazirlikning mansabdor shaxsi tomonidan rozilikning berilmasli. Bu xolatda to’sik yetarli asosda mavjud va anglashilgan, bu esa, konfliktni keyin rivojlanishi uchun muxim shart xisoblanadi.
To’rtinchi davr – o’z manfaatlarini va boshka tarafning teshli karshiliklarini anglash davri.
Beshinchi davr - taraflarning biri tomonidan o’z manfaatlarini ko’llab-kuvvatlash maqsadida amalga oshirgan muayyan xarakatlarini o’z ichiga oladi (masalan, zavod ma’muriyatining vazirlikka rasmiy murojaati).
Birok, bu murojaatga berilgan rad javobi konfliktni boshlanishi bo’lib, unda ikkala tarafning pozisiyalari anik shakllangan bo’ladi va bir-biriga nisbatan amaliy xarakatlar boshlanadi. Bu oltinchi davrdir.
Konflikt rivojlanishining oltita davri ko’rsatilgan izchillikda bir-birining o’rniga kelishi shart emas. Ba’zilari tushirilib koldirilishi, boshkalari takrorlanishi, ularning izchilli boshkacha tarzda bo’lishi mumkin. Yukorida keltirilgan mantikiy sxema konflikt tashki rivojlanishining eng tipik misolidir.
Tabiiyki, bunda konflikt ochik shaklga ega bo’ladi, bu esa kamida uch xolat bilan xarakterlanadi. Birinchidan, ishtirokchilarning xar biri uchun konfliktning mavjudli shak-shubxasizdir;
Ikkinchidan, xarakatlar amaliy axamiyat kasb etadi, ular tashki shaklga ega bo’ladi, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, nizoli obyektni egallash bo’yicha xarakatlar sodir etish, zo’rlik, taxdid va b.;
Uchinchidan, latent boskichdan o’tgan konflikt xakida konfliktga u yoki bu darajada ta’sir etishga kodir bo’lgan uchinchi shaxslar, begona shaxslar xabardor bo’ladilar. Bunday ta’sir bir xil axamiyatli bo’lmaydi. U ba’zida konfliktni sustlashtirishi yoki, aksincha, millatlararo konfliktlarda taraflarning yovuz kayfiyatlarini kuchaytirishi mumkin.
Ba’zi konfliktlarda boshkacha darajada konfliktlarga o’tish kuzatiladi, masalan, shaxsiy munosabatlardan guruxlar o’rtasida konfliktga o’tish mumkin.
Tashki xarakatlar. Konflikt odamlar, guruxlar yoki individlar o’rtasida munosabat bo’lganli bois u xar kanday ijtimoiy munosabat kabi yurisprudensiyada yaxshi o’rganilgan ijtimoiy axamiyatli xulk-atvor singari kamida to’rtta elementdan iborat bo’ladi, ya’ni : konflikt subyektlari, obyekti, karama-karshi jarayonning ichki, ruxiy (subyektiv) va tashki (obyektiv) tomonlari. Konfliktli xulk-atvor obyektiv jixatdan konflikt ishtirokchilarining karama-karshi yo’naltirilgan xarakatlaridan iborat. Bu xarakatlar orkali konfliktlashuvchi tomonlarning fikriy, ruxiy, irodaviy soxalarda yashirin jarayonlari amalga oshiriladi. Xar bir taraf manfaatlarining karor topishiga yo’naltirilgan o’zaro ta’sirning almashinishi va rakib manfaatlarini cheklash ijtimoiy xodisa sifatida konflikt moxiyatini tashkil etadi.
Konflikt tuzilmasini to’lik tushunish va demak, u kanday rivojlangan va okibatda nimani kutish mumkinli xakida tasavvurga ega bo’lish uchun yukorida ko’rsatilgan elementlarni tahlil etish lozim. Ishtirokchilar tashki xarakatlarining o’zi xarakat joyi va vaktiga boglik xolda o’z moxiyatini keskin o’zgartiradi. Vakt omili juda muxim. O’z vaktida erishilmagan bitim yoki aksincha, rad etish konfliktda manfaatdor tomon kutayotgan natijani bermasli yoki teskari natijani berishi mumkin.
Konfliktda barcha xarakatlarni shartli ravishda asosiy va yordamchi xarakatlarga bo’lish mumkin. Asosiy xarakatlar bu manfaatlarda mavjud karama-karshilikni o’zgartirishga olib keluvchi yoki saklab koluvchi bevosita konflikt predmetiga yo’naltirilgan xarakatlardir. Yordamchi xarakatlar asosiy xarakatlarning bajarilishini ta’minlaydi va konflikt markaziy muammosini xal qilishga kodir emas.
Konfliktlashuvchi taraflarning asosiy, tashki xarakatlarini obyektiv nuktai nazarga ko’ra ikki guruxga : tajovuzkor va mudofaa xarakatlariga bo’lish mumkin.
Tajovuzkor xarakatlar dushmanga xujum qilish, uning mulkiga zarar yetkazish, nizoli obyektni ko’lga kiritish, dushmanni ajratib ko’yish, kuvish, tutkinlikka solish va karshi taraf manfaatlarini to’¦ridan-to’¦ri kamsitishga karatilgan boshka xarakatlardan iborat. Ayrim mutaxassislar fikricha, «Zo’rlik - insonlarga jismoniy, ruxiy, ijtimoiy yoki ekolok zarar yetkazish mumkin bo’lgan va/yoki insonlarning o’zlarini to’la namoyon qilishga imkon bermaydigan xarakatlar, so’zlar, ko’rsatmalar, tuzilmalar yoki tizimlardan iborat»1.
Mudofaa xarakatlari nizoli obyektni ushlab turish, o’z-o’zini ximoya etish, moddiy kiymatlarni yo’k kilinishi yoki zararlanishidan ximoya qilish kabi xarakatlardan iborat.
Taxdid solishlar . Konfliktda ko’rsatilgan xarakat tiplaridan tashkari rakibga ta’sir etish vositasi bo’lgan taxdid solish xam foydalaniladi. Taxdid solishdan maqsad bu boshka tomonning manfaatlarini xavf ostida koldirish yoki rakibni o’zining maqsadlariga erishishga yordam berishga majburlashdir.
Taxdid solish kurash yoki muzokaralar olib borish jarayonida ko’llanilishi , ba’zida konfliktning mustakil boskichi sifatida karaladi.
Taxdidni ko’llash konfliktda zo’rlik ishlatishga turtki bo’lishi mumkin. Taxdid bu fakat rakibga nisbatan ko’yilgan kelishmovchilikdan guvoxlik beruvchi kat’iy talab, shart bo’libna kolmay, shuningdek, dolzarb muammoviy vaziyat doirasidan tashkariga chikkan ochik dushmanchilik ko’rsatkichi xamdir.
Taxdid - bu konfliktda muayyan ma’noda taktik vositadir. Taxdid solish - terrorchi mafkurada davlatlar va terrorchilar xarakatlarining odatiy usulidir (garovga olish, samolyotni portlatish xavfi va b.).
Kurash dinamikasi. Konfliktda taraflarning biri yoki ikkalasi xam to’knashuvdan bosh tortishga yoki yon berishga xarakat kilmasa, u xolda karama-karshi kurash boshlanadi.
Taraflardan birining kuch jixatdan ancha ustunli uning ¦alabasini ta’minlagan xollarda , endi boshlangan konflikt juda tez tugashi mumkin. Birok, ko’p xollarda aksincha, konflikt uzok davom etadigan xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Bundan tashkari, muayyan to’knashuvning tez yakunlanishi konfliktli vaziyatni barxam topishini anglatmaydi va konflikt yantdan avj oladi.
Millatlararo va siyosiy asosda konfliktlar ayniksa uzok vakt davom etadi. Xozir davrda ko’pchilik konfliktlarning ildizlari uzok o’tmishga va ommaviy ruxiyatning chukur katlamlariga borib takaladiki, ularning dastlabki asl sabablarini amaliy jixatdan aniklashning imkoni yo’k. Bunga misol kilib, ba’zi mamlakatlarda keng tarkalgan konli o’ch olish xolatlarini keltirish mumkin. Uzok davom etuvchi konfliktlar uchun keskin va nisbatan osoyishta xolatlarning, faol karama-karshilik qilish va o’ziga xos “tinch” davrlarning almashinib turishi xosdir.
Shaxslararo konfliktlarning bir turi bo’lgan oilaviy konfliktlar xam uzok davom etish xususiyatiga ega. Oilaviy konfliktlarda bir xil xolatlarning takrorlanishi, davriylik kuzatiladi. Oilaviy janjallar ko’pincha bir-birini takrorlaydi. Ular vaktinchalik tinchigandek bo’lsa xam, kelishmovchiliklarning xakikiy va yashirin sabablarini tugata olmaydi.
Konfliktning eng keskin boskichi bo’lgan kurash odatda xujum va mudofaaning almashinishi hamda muayyan sharoitlarga boglik turli xarakatlar va vositalarni ko’llashdan iborat. Xar kaysi taraf muayyan umumiy strateyaga rioya etishi mumkin va bunda xarakatlarning almashinuvi nazorat kilinishi mumkin. Muzokaralar vaktida to’xtatilgan kurash , agar ular natija bermasa yoki erishilgan kelishuv taraflardan biri tomonidan buzilsa, kayta tiklanadi. Xalqaro amaliyot muzokaralarni uzish yoki o’t ochishni tugatish xakida bitimlarni buzish xollari kurashni yanada avj oldirganlini tasdiklaydi. Ba’zida muzokaralarning o’zidan rakiblardan biri vaktincha tinch xolatga erishish uchun taktika maqsadlarida foydalanishi mumkin.
Bir gurush konfliktolog mutaxassislarning fikricha, «Konflikt dinamikasi o’zaro munosabatlar va vaziyat xususiyatlarini yanada anik tushunishda, faoliyatni ko’p darajada samarali rejalashtirish va xarakatlanishda yordam kiladi. Bunday tushunishga 2 yo’l bilan erishiladi:
1) turli nuktai nazarlar asosida bu konfliktlarning batafsil tahlilini amalga oshirish;
2) bu konfliktlarga alokador aloxida masalalar va muammolarni tadkik qilish.
Konflikt tahlili deganda nuktai nazarlarning ko’pliga asoslanib konfliktning reallini tushunish va tadkik qilish amaliy jarayoni tushuniladi. Bunday tushunish keyincha strateya va xarakatlarni ishlab chikish asosiga ko’yiladi»1.
Konflikt yetarli darajada ijobiy yo’nalishda rivojlanishi va mavjud ziddiyatni to’la yoki xech bo’lmaganda vaktinchalik xal qilish bilan tugashi mumkin. Birok, ko’pincha unda boshka xususiyat xam ustun kelishi mumkin : kurash avj oladi va keskinlashadi, konflikt o’sib boradi. Kurash dinamikasining bunday xolati odatda konflikt eskalasiyasi deyiladi.
Konflikt eskalasiyasi. Konflikt eskalasiyasining tashki namoyon bo’lish xususiyati - bu , eng avvalo , kurashning jadallashuvi xisob-lanadi. Konflikt spiralni burash metodi bo’yicha rivojlanadi : bir tarafning xarakati ikkinchi tarafning karshi xarakati bilan birga kechadi va bu keyin xarakat o’z okibatlarining ko’lamiga ko’ra konflikt boshlanishi nuktasidaga aynan bo’lmaydi.
Bir tarafning xarakatlari boshka tarafning ko’p marta kuchlirok va o’z navbatida yan tajovuzkor bo’lgan javob xarakatlarini keltirib chikaradi. Konflikt eskalasiyasi odatda vaziyatni shunchalik chigallashtiradiki, bunda konfliktda xak yoki aybdorlarni topish mumkin bo’lmay koladi. Konfliktolok tadkikotlarda bu masalada xam muayyan fikrlar bildirilgan:»Ba’zida konfliktni jadallashtirish zarur bo’ladi. Masalan, odamlarning xamma narsasi yaxshi bo’lganda, o’z extiyojlarini kondirishda xamma uchun xokimiyat va resurslar yetarli bo’lganda boshka odamlarning axvoli unchalik yaxshi emasli yoki ular bir chekkada kolib ketayotganliklari e’tibordan chetda bo’ladi yoki bu xolatni tan olishni istamaydilar. Shunda zarur o’zgartirishlarni kiritishga imkoniyat paydo bo’lishi uchun konfliktni aniklash, uni oydinlashtirish zaruriyati yuzaga chikadi.
Jamoalar va inson huquqlarini rivojlantirish soxasida ishlovchilar ko’pincha ularning vazifalari bu konfliktni xal qilish emas, balki konflikt muammosining tan olinishi va faol xarakatlar boshlanishi eng yakkol namoyon bo’ladigan aynan konfliktning intensivlanishi ekanlini tushunib yetadilar. Bu ko’pincha manfaatiga putur yetkazilgan guruxga ko’shilish va shu gurux imkoniyatlarini orttirish uchun strateyadan foydalanish xisoblanadi. Masalan, JARda XX asr davomida vaziyatni o’zgartirishni maqsadi deb bilgan faollar yashirin konfliktlarni ochik konfliktlarga aylantirish va keyinchalik ular bilan ish olib borish uchun kuch-¦ayrat sarf etganlar.
Konfliktlarni intensivlashtirish - bu muayyan tinch (zo’rlik ishlatishni nazarda tutmaydigan) maqsadlarda yashirin konfliktlarni yanada oydinlashtirish va oshkora qilishdir.
Konflikt eskalasiyasi bu tanglik va zo’rlikning kuchayishi-dir»2.
Eskalasiya konfliktda ichki o’zgarishlarni xam keltirib chikaradi. Konflikt yakkol jadallashuvi sabablarini izoxlovchi asosiy o’zgarish bu konflikt predmetini va teshlicha o’zaro ta’sir shakllarining almashinuvidir.
Konfliktning sezilarli chukurlashuvi va kuchayishi bilan boglik eng keng tarkalgan va tipik xolatlardan biri bu nizoda asoslantirishdan e’tirozlarga, shaxsiy xakoratlashlarga, xatto jismoniy ta’sir ko’rsatishga o’tishdir.
Bu vaziyatda tankid shaxsni o’ziga o’zi baxo berishga bo’lgan taxdid sifatida qabul kilinadi, o’z o’ziga baxo berishni ximoya qilishga bo’lgan urinish konflikt predmetini “shaxsiy” darajaga ko’yishga olib kelishi mumkin. Totalitar va teokratik rejimlarda jiddiy tankid doimo davlat xavfsizliga xavf sifatida karalgan va kat’iy ta’kib kilingan. Parlament tortishuvlarida, davlatlararo munosabatlarda boshkacha nuktai nazarni bayon etish ko’pincha o’z mavkeini o’tkazishga bo’lgan urinish deb baxolanadi.
Manfaatlar konfliktida predmet almashinuvi yuz berishi mumkin. Nizoli obyekt tufayli boshlangan karama-karshi kurash yanada keng mikyosda to’knashuvga aylanishi mumkin.
Manfaatlar konfliktida predmet o’zgarishi mumkin. Bunday o’zgarishga “obyekt yo’kolishi” tipik misol bo’ladi. Uning mazmuni shundaki, nizoli obyekt tufayli boshlangan kurash yanada katta to’knashuvga aylanadi, bunda konfliktning dastlabki predmeti asosiy rol o’ynamaydi. Ko’shnilar o’rtasida yer tomorkalari chegaralari tufayli boshlangan janjal o’zaro dushmanchilik va xar xil shaxsiy noxushliklarni keltirib chikarishi mumkin. Kavkazorti va Shimoliy Kavkazda xududiy e’tirozlar tufayli boshlangan ko’p sonli konfliktlar o’zaro dushmanchilikka, tinch axoliga karshi genosidga olib kelgan.
Keltirilgan misollarda konfliktning “kattalashuvi” kuzatiladi, yanada chukur ziddiyatlarga o’tish to’knashuvning ko’pchilik turli nuktalarining paydo bo’lishiga olib keladi. Konflikt yanada keng xududlarga tarkaladi, o’z episentrini o’zgartiradi.
Konflikt eskalasiyasida yana xam ko’p mikdorda ishtirokchilarni jalb qilish xisobiga karshi kurashuvchi subyektlarning o’ziga xos “yiriklashuvi” yuz beradi. Individlar o’rtasida konfliktning guruxlararo konfliktlarga o’zgarishi, rakobatlashuvchi guruxlar tuzilmasining o’zgarishi va sonining ortishi ko’llaniladigan vositalar majmuini yanada samarali kuch ishlatish metodlari xisobiga kengaytirib konflikt xarakterini xam o’zgartiradi.
3.Konfliktning tugashi.
Konfliktni tugash shakllari. Konfliktlar tipoloyasi bir xil emas, konfliktlar o’zgaruvchan, biri boshkasiga o’xshamaydi. Bunday vaziyatda konfliktlar tugashining yagona shakllarini aniklash yoki ularni xal qilishning kandaydir universal usullarini topish kiyin masaladir. Birok, muammoning murakkabliga karamasdan to’plangan nazariy va amaliy tajribaga tayanib ba’zi xulosalarni chikarish mumkin.
Eng avvalo, konfliktning tugashi uni xal qilishdan ancha keng tushunchadir. Konflikt ikkala tarafning xalokati bilan yakunlanishi mumkin, birok bu uning xal kilinganlini anglatmaydi. Agar konfliktni tugashiga uning tamom bo’lishi, uning turli sabablarga ko’ra to’xtashi deb karalsa, uning xal kilinishini karama-karshi kurashni tinch yoki kuch ishlatish vositalari bilan to’xtatuvchi konflikt ishtirokchilarining o’zi yoki uchinchi tarafning u yoki bu ijobiy xarakati (karori) deb tushunishimiz kerak.
Amaliy faoliyat tajribasi shuni ko’rsatadiki, konfliktni xal qilish uchun ozmi-ko’pmi kuch-¦ayrat sarflash kerak. Konfliktning “o’z-o’zidan xal kilinishi” ma’noga ega emas. Albatta, konfliktni umuman paykamaslik, inkor etish, yaxshi xolatda tushuntirishga xarakat qilish mumkin. Birok, u stixiyali rivojlanadi, keskinlashadi, boshka konflikt-larga ta’sir kiladi va natijada tizimni to’la buzishi mumkin.
Konfliktni muvaffakiyatli xal qilish shart-sharoitlari ko’p darajada taraflar va boshka ishtirokchilarning imkoniyatlari va xoxish-erklari bilan bellanadi. Konfliktni to’xtatishning bosh, eng faol asosi bu konfliktli vaziyatni yuzaga keltirgan obyektiv sabablarni bartaraf qilish xisoblanadi. Konflikt xam tashki xarakatlar, xam konfliktlashuvchi subyektlarning o’zlari bilan bellanganli sababli uning xal kilinishi xam mazkur ikki gurux omillarga boglik. Masalan, oilaviy konflikt er-xotinlarning biri yoki ikkalasining bevafoli bilan boglik bo’lsa, uni yaxshi xal kilinishi er va xotin ruxiyatining xususiyatlarida ifodalanadi va o’tmishda xatolarni bartaraf etish, birgalikda xayot kechirishga bo’lgan intilish bilan bellanadi. Ba’zi xizmat bilan boglik konfliktlarda ko’p narsa tashki xolatlarga boglik. Masalan, bo’lim yoki muassasaning kayta tashkil etilishi ularda mavjud ichki konfliktlarni to’la bartaraf etadi.
Adabiyotda konfliktning yakunlanishi xususida kuyidacha fikr berilgan1:
- tomonlarning o’zaro yarashishi natijasida konfliktning to’xtashi;
- konfliktni simmetrik xal etish yo’li bilan to’xtatish( bunda ikkala taraf yutadi yoki yutkizadi)
- konfliktni assimmetrik xal etish yo’li bilan to’xtatish ( bunda fakat bir taraf yutadi);
- konfliktning boshka karama-karshi kurashga o’sib o’tishi;
- konfliktning asta-sekin bosilishi.
Bu tasnifda konfliktning obyektiv boshlanish asoslari uni xal qilishning subyektiv usullari bilan ko’shilganlini ko’rish mumkin. Ularni yanada bo’ladigan bo’lsak boshkacha tasnifga ega bo’lamiz. Masalan, konfliktlarga aralashish natijalariga karab tasniflasak, unda konfliktning xal kilinishi, uni tartibga solish yoki bartaraf etishni farklash mumkin.
Amerikalik tadkikotchi R.Dal konfliktni yakunlashning uch mukobil imkoniyatini ajratib ko’rsatadi : tupik, zo’rlikni ko’llash va tinch yo’l bilan tartibga solish1. Turli variantlarni boshkacha uygnlashtirib aytish mumkinki, konflikt taraflarning ikkalasi yoki birining xalokati bilan tugaydi, “yaxshi vaktlar kelguncha” to’xtatiladi yoki biron bir tarzda konstruktiv xal etiladi.
Birinchi xolatga kirn urush misol bo’lishi mumkin. O’tgan asrlarda yuz bergan ko’pchilik urushlarda ko’p sonli kuruklikda ko’shin askarlari va tinch axolining aksariyat kismi xalok bo’lgan bo’lsa (Ikkinchi jaxon urushi 50 mln.dan ziyod kishining yostini kuritgan) , endilikda extimol tutilgan atomli urushda butun insoniyatning xalokati xam istisno kilinmaydi. Shu sababli yadro kurolini kamaytirishga, dunyoni o’t olishiga olib keluvchi xalqaro konfliktlarni bartaraf etish yo’lida astoydil xarakatlarni ro’yobga chikarish uchun uzok vakt talab etilmokda.
Konfliktni u yoki bu vaktga to’xtatib turish, kechiktirish, sekinlashtirishni kurashni to’la yakunlanishi deb xisoblab bo’lmaydi. Birok konflikt baribir ochik kurash sifatida davom etmaydi va tanglik sustlashadi. Bu xolat taraflarning kuchsizlanishi bilan, yan kurash uchun kuchlarni to’plash zaruriyati bilan boglik bo’lishi mumkin. Konfliktning vaktinchalik bosilishi tashki tasavvurni tu¦dirishi, birok uning xakikiy rivojlanishini ifoda etmasli xam mumkin : shunchaki “ochik” konflikt vaktinchalik “yashirin” shaklga o’tishi mumkin.
Konfliktni xal qilish mexanizmlari, asoslari(shart-sharoitlari). Adabiyotlarda konfliktlarni xal qilishning maqsadga muvofik asoslariga kuyidalar kirishi xakida fikr beriladi, ya’ni : konflikt sabablari; taraflar xulk-atvor motivlarini o’z ichiga olgan karama-karshi kurash diagnostikasi; vaziyatli va pozisiyaviy tahlilni amalga oshirish (vujudga kelgan vaziyat va taraflar nuktai nazarlarini aniklashtirish) ; konfliktlar borishini va okibatlarini bashorat qilish (shu jumladan konflikt u yoki bu tarzda tugaganda xar bir taraf uchun foyda yoki zararni aniklash). Bu xarakatlarning barchasi fakat uchinchi taraf (vositachi, xokimiyat organi) tomonidanna emas, shuningdek subyektlarning o’zlari tomonidan amalga oshirilishi foydalidir, bunda taraflar o’tkazilgan tahlildan so’ng umumiy karorlarni ishlab chikish zaruriyatini tushunishga yakinlashadilar.
Konfliktli vaziyat moxiyatini aniklash, uni obyektiv tushunish, konflikt ishtirokchilari tomonidan adekvat anglash kelishuvlarni ishlab chikish uchun asos bo’lib xizmat kiladi, shuningdek, ba’zi xollarda vaziyat taraflar tomonidan buzib qabul kilinsa, konfliktni umuman tugatish mumkin. Kelishmovchiliklar predmeti kanchalik anikrok va kat’iy bellansa, konfliktni xal qilishning samarasi uchun shuncha imkoniyatlar tuladi.
Konfliktni xal etish asoslaridan foydalanish, uni xal qilish mexanizmlariga olib keladi: a) konfliktni ishtirokchilarning o’zlari tomonidan xal kilinishi ; b) uchinchi tarafning aralashuvi. Bundan tashkari, konflikt turli boskichlarda xal kilinishi mumkin. Ba’zi xollarda uning rivojlanishini taraflar endi karama-karshi kurashga kirishganlarida va birinchi nokulayliklar va talafotlarni xis kilganlarida to’xtatish mumkin. Boshka xollarda konflikt tuzatib bo’lmas zarar yetkazilgandan keyinna xal kilinishi mumkin ( insonlar xalokati, turar-joylarning kulashi, mulkni yo’k kilib yuborilishi va b.).
Konfliktlarni xal qilishning keng tarkalgan yo’li - bu tinchliksevar kuchlarning aralashuvidir. Bu kuchlar konfliktli vaziyatning o’ziga (1), konfliktni saklab turuvchi xolatlarga (2), shuningdek ishtirokchilarning o’ziga (3) ta’sir ko’rsatishi mumkin. Konfliktni muvaffakiyatli xal etishning muxim koidalaridan biri - bu “xak” va “noxak” taraflarni bir-biriga karshi ko’yish emas, balki ikkala tarafning manfaatlarini to’la yoki kisman kondirishga imkon beruvchi karama-karshilikni xal qilish yo’llarini topishdir.
Ma’lumki, konflikt asosi bu subyektlar o’rtasida karama-karshiliklardir. Shu sababli konfliktlarni xal etishning eng makbul va natijali yo’li - bu ko’rsatilgan ziddiyatlarni bartaraf etilishidir. Birok bu yo’lga xar doim xam erishib bo’lmaydi. Bundan tashkari, ziddiyatlarning turli tiplarini (ochik, yashirin, obyektli, obyektsiz va x.), ularning darajalarini, subyektlari xususiyatlarini, shuningdek, konfliktni to’xtatishga intiluvchi kuchlar ixtiyorida obyektiv imkoniyatlarni xam e’tiborga olish kerak.
Konflikt asosida yotuvchi ziddiyatlarni bartaraf etishning asosiy usullari kuyidalar bo’lishi mumkin:
- konflikt obyektini bartaraf etish;
- konflikt obyektini taraflar o’rtasida bo’lib olinishi;
- obyektdan foydalanish navbatini yoki birgalikda foydalanish koidalarini o’rnatish;
- obyektni boshka tarafga berganlik uchun taraflardan biri tomonidan kompensasiya qilish;
- konflikt taraflarini ajratib ko’yish;
- taraflar munosabatlarini ularning umumiy manfaatlarini aniklashga yo’naltirish va b.
Konfliktlarning xal kilinishi - bu moxiyatiga ko’ra nizoli masala bo’yicha taraflar o’rtasida kelishuvga erishishdir. Bunday kelishuvning uch asosiy turi bor : 1) taraflar fikrining bir-biriga mos kelishi natijasida kelishuv ; 2) qonunchilikka yoki tashki kuchning axlokiy erkiga muvofik keluvchi kelishuv ; 3) karama-karshi kurashuvchi taraflardan biri tomonidan ma’kullangan va ilgari surilgan kelishuv.
Birinchi va uchinchi xollarda konfliktni xal qilish rakiblarning ikki taraflama faollini takozo etadi. Xalqaro va ichki siyosat soxasida amaliyot shuni ko’rsatadiki, ko’p xollarda konfliktni xal qilish jarayonini kuchli rakib tomonning o’z erkini nisbatan zaif tomonga bir tomonlama majburan o’tkazish sifatida tushunish mumkin emas. Negaki majburiy qabul kilingan karorning umri kiska bo’ladi, konflikt u yoki bu shaklda yana tiklanadi . Masalan, sobik Sovet Ittifokida avvaldan mavjud xududiy chegaralarning sun’iylini eslash kifoya. Ittifok inkirozga uchraganda va unga boglik millatlararo nifoklarning vujudga kelganidan so’ng, xalqlarning xududiy bo’linish muammosi juda keskin tarzda namoyon bo’ldi.
Shu sababli kuch ishlatish yo’li, ya’ni xarbiy yo’l bilan kon-fliktni xal etish mustaxkam nezga ega bo’lmaydi. Urushda ma¦lubiyatga uchrash, boy berilgan manfaatlarni kaytarishga bo’lgan intilish - zo’ravonlik kayfiyatlarini keltirib chikaradi. 1905 yilda rus-yapon urushi Rossiyaning ma¦lubiyati bilan tugadi. Birok, 1945 yilda Sobik Ittifok revansh oldi. Bu o’z navbatida ko’p yillar davomida Kurill orollari muammosi ustida bosh kotirayotgan yapon tarafiga yokmadi.
Xozir ikki mamlakat o’rtasida konflikt go’yoki to’xtatilgandek ko’rinadi. Birok, uzil-kesil karorga erishilmadi. U yoki bu urushlar natijasida vujudga kelgan boshka xududiy muammolar vakti-vakti bilan kun tartibidan joy olib turadi.
Birok, ikkala tarafni xam kanoatlantiruvchi karorga erishilmasa, nima kilmok kerak? Bunday vaziyat ba’zi xollarda konflikt yo’nalishini o’zgartirishi mumkin. Bu nafakat taraflar karama-karshi kurashi predmeti va motivlarini, shuningdek, ba’zida ishtirokchilarning o’zlarini xam almashinuvini anglatadi. Fukarolik va mexnat nizolari bo’yicha sud amaliyotida bunga o’xshash vaziyatlar uchrab turadi.
Ba’zan mexnat va fukarorlik-huquqiy nizolari yillar davomida cho’ziladigan sansalorlikka aylanishi mumkin. Konflikt predmeti allakachon yo’k bo’lib ketgan, nizoli karor qabul kilgan raxbarlar tarkibi xam o’zgargan, shikoyatchi esa, xanuz qonun talablariga e’tibor bermay vaziyatni o’z foydasiga xal qilishga erishmokchi bo’ladi. Bu yerda motivasiya o’zgaradi, “motivning maqsad tomon o’zgarishi” namoyon bo’ladi. Boshkacha aytganda konflikt yan jixatlarga ega bo’lib o’zgaradi.
Sanatoriyada tibbiyot xamshirasi bo’lib ishlovchi M. shtatlar kiskarishi bo’yicha ishdan bo’shatilgan. U ishdan bo’shatilish motivlari bilan rozi bo’lmagan, bunga xakikiy sabab bosh vrach bilan bo’lgan yomon o’zaro munosabatlar deb xisoblagan. Sanatoriya ma’muriyatining karori ustidan sudga shikoyat kilinganida natija bermagan. Shunda M. sanatoriya bosh vrachi ustidan prokuraturaga, kasaba uyushmasi ko’mitasiga va markaziy gazeta taxririyatiga shikoyatlar yozgan. M. konstitusiyaviy sudgacha kator shikoyatlarni yozaverib, natijada bu konfliktga ellikdan ortik tashkilotlarni jalb kilgan. Uning o’zi esa, ishga tiklash masalasi uni allakachon kiziktirmayotganli ( u bu vaktda xususiy klinikada ishlayotgan edi) ni aytib, gap sanatoriya bosh vrachi va boshka xodimlarning “insonga noinsoniy munosabatda bo’lganliklari” uchun jazolash “prinsipi” xakida ketayotganlini bildirgan.
Chukur va keng ko’lamli konflikt tizimni inkirozli xolatga va okibat natijada uni buzishga, xalokatga yoki jiddiy o’zgarishga olib kelishi mumkin.
Inkiroz odatda jamiyat kadriyatlari tizimini shikastlanishi, xokimiyat, boshkaruv institutlarining buzilishi, ijtimoiy nazoratning zaiflashuvi, anomaliyaning vujudga kelishi, ya’ni odamlar o’rtasida mavjud tartibotni ochik buzilishi bilan boglik. Shu sababli ba’zida kimlardir rivojlanayotgan konfliktga befark karaydilar xam. Ko’pincha esa kishilar konfliktlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga moyil bo’ladilar.
Ma’rifiy xayot kechirish norozilar , “kiynokka solinganlar”ni yuzaga keltirishni rad etib, balki odamlar o’rtasida uzok muddatli munosabatlarga asoslangan turmush farovonlini ta’minlashdan iborat. Tarixiy tajriba esa kuch ishlatish va boshka tarafni aldash bilan yutukka erishish, ularni xokimiyat va mulkchilik tizimida mustaxkamlash mumkinlini ko’rsatadi.
Konfliktni barxam toptirishga yo’naltirilgan shaxslar va guruxlarning kuch-g’ayrati xamma xollarda bir xil emas, ikkala tarafning manfaatlarini e’tiborga olish kerak. Bir taraf xak bo’lmasli mumkin, boshkasi xam aybsiz, kamchiliksiz bo’lmaydi. Birok, birinchi tarafning o’z manfaatlari bo’lishi mumkin va agar ularni umuman e’tiborga olinmasa, konflikt vaktincha bosilishi mumkin, birok yo’kolmaydi. Ijtimoiyist konfliktologlar tomonidan konfliktni tinch yo’l bilan xal etishning kator usullari1 ishlab chikilgan, shuningdek, buning uchun zarur omillar ko’rsatilgan.
Ularga kuyida usullar va omillar kiradi :
- institusional: jamiyatda maslaxatlar, muzokaralar o’tkazish va o’zaro foydali karorlarni axtarish uchun xizmat kiluvchi mexanizmlar, jumladan qonun chikarish, sud va ijro xokimiyati doirasida mexanizmlar (konstitusiyaviy sud, arbitraj va b.)ning mavjudli;
- konsensual: makbul karor kanday bo’lishli xakida konfliktlashuvchi taraflar o’rtasida kelishuvning mavjudli;
- kumulyativ omil: u kanchalik oz bo’lsa, tinch yo’l bilan xal etish extimoli shunchalik yukori bo’ladi. Boshkacha kilib aytganda konflikt yan muammolar va ishtirokchilar bilan o’sib bormaydi;
- tarixiy tajriba omili: bunga o’xshash konfliktlarni xal qilish usullari kiradi. Bunda oksokollar va boshka obro’li shaxslar muxim rol o’ynashlari mumkin ;
- kuchlar muvozanati omili: agar konfliktlashuvchi taraflar majburlash imkoniyati bo’yicha taxminiy teng bo’lsalar, ular konfliktni tinch yo’l bilan xal qilish yo’llarini kidirishga majbur bo’ladilar;
- psixolok omil: konflikt vaktida karor qabul qilishga mas’ul bo’lganlarning shaxsiy xususiyatlariga ko’p narsa boglik bo’ladi. L.Kozerning yozishicha, konflikt subyektlari uning befoydali va noo’rinlini tushunib yetsalar o’z xatti-xarakatlarini konfliktni yuzaga keltirgan dastlabki maqsadga erishish uchun emas, balki mavjud vaziyat yuzaga keltirgan ijtimoiy tanglikni kamaytirish uchun kaytadan o’zgartira boshlaydilar1.
Ijtimoiy guruxlar konfliktlarini xal etish.
Konflikt tadkikotchisi uchun va ishtirokchilarining o’zlari uchun xam yirik ijtimoiy muammolarni tartibga solishning zarurlini tushunib yetish muxim, bu muammolar nezida ko’p konfliktlar yuzaga keladi. Bu ishda ziyolilarning turli ijtimoiy katlamlari asosiy rolni o’ynaydi, chunki aynan shu ijtimoiy gurux fikrlarning ko’zgolishini susaytirishi, ¦azablangan taraflarga “yaxshilik va bosiklik”ni yoyishi kerak. Aynan shu jixatdan shovinistik va millatchilik mafkurasini koralash eng ta’sirchan xisoblanadi.
Tinchlik va kelishuv xakida chakiriklar bilan kechuvchi ko’p tadbirlar o’zining muximliga karamasdan vaktinchalik xisoblanadi. Koida bo’yicha ular konflikt moxiyatiga ta’sir etmaydi, balki fakat uning bellariga taallukli bo’ladi.
U yoki bu konfliktlashuvchi taraf raxbarlarining rasmiy yoki norasmiy xarakati o’ta axamiyatlidir. O’z tayinlanishiga ko’ra xokimiyat markazlari odamlarning ziddiyatli manfaatlarini muvofiklashtirishni uddalay olishi kerak. Xokimiyat tuzilmalarining raxbarlari kamida muayyan erk-irodaga, maxorat va intellektga ega bo’lishlari so’zsiz talab etiladi.
Ijtimoiy guruxlarning biror axamiyatli konfliktida yo’lboshchilarda institutlashtirish, instrumental ( iktisodiy va boshka turda ra¦batlantirish, sanksiyalar, tarbot, qonunlarni ishlab chikish va b.) va boskichli muntazam yondoshuvlarni tezlik bilan jamlashga bo’lgan xoxish; milliy xususiyatlarga karamasdan taraflar uchun teng sharoitlarni yaratish ; millatlararo munosabatlarni insonparvarlashtirish, nixoyat, xakam sudyalarni jalb etishga bo’lgan intilish kuzatilgan. Aytish joizki, To¦li Korabo¦da konfliktni to’xtatishga bo’lgan ko’p sonli urinishlarda yukorida sanalgan xarakatlardan xech biri amalga oshirilmagan, muzokaralar rejasiz va oldindan tayyorgarliksiz , tartibsiz olib borilgan va , tabiiyki, birorta ijobiy natijaga erishilmagan.
Fakat millatlararo konfliktlarda emas, shuningdek ko’pna boshka konfliktlarda ishlatilishi mumkin bo’lgan usullardan biri bu taraflarni ajratish, ularni bir-biridan aloxida qilishdir. Turmush konfliktlarida bu ko’shnilarni turli joylarga ko’chirish, oilada - ajralish, tashkilotda - konfliktlashuvchi xodimlarni turli bo’limlarga o’tkazish bo’lishi mumkin. Xalqaro amaliyotda taraflarni ajratish “xavfsizlik yo’la”ni o’rnatish, tinchliksevar kuchlarni kiritish va x.ni takozo etadi. Tabiiyki, taraflarni ajratish karama-karshi kurashuvchi kuchlarning karshiliga uchrashi mumkin, birok ba’zida xalqaro amaliyot ko’rsatganidek, u yagona samarali usul bo’lib xisoblanadi.
Konfliktning goyaviy va ijtimoiy-ruxiy elementlariga ta’sir etish xam muxim, xususan, konfliktlashuvchi boshka taraf xakida , uning xarakatlari va xulk-atvor motivlari xakida soxta tasvvurlardan xalos bo’lishga xarakat qilish kerak. Bunday buzuk tasavvurlar, ortikcha bo’rttirib ishonishlar, soxta axborot, mish-mishlar odatda va , ayniksa, millatlararo munosabatlarda kam emas.
Konflikt xarajatlarini uning rivojlanishini nazorat qilish orkali kamaytirish mumkin. Bu yerda gap fakat keskinlik yo’nalishini o’zgartirishdana emas, balki uni tartibga solish xakida (masalan, “jamoaviy shartnoma” tizimlarida mexnat nizolarida) xam boradi. Koidaga ko’ra, tarixning doimiy guvoxlik berishicha, taraflardan birini cheklashga karatilgan choralar qabul kilinadi. Bu xolda vaktinchalik samarali bo’lgan tashvikot, ma’muriy, kuch ko’llash vositalari ko’llaniladi. Birok bu yerda konflikt asosida yotuvchi uzok vakt davom etuvchi ziddiyatlarni xal qilish bo’yicha ko’shimcha amalga oshiriladigan xarakatlar juda muximdir.
Bir vaktning o’zida raxbar barcha tarafni vaktinchalik kanoatlantiradigan konfliktni xal etish bo’yicha choralarni ko’llashi mumkin (raxbariyatning kompromiss ish tutish uslubi). Raxbarning imkoniyatlari yetarli darajada bo’lmasli xam mumkin, uning rakiblari va maslaxatchilari ba’zida uni jiddiy karorlarni qabul qilishga undashlari mumkin.
Yirik ijtimoiy konfliktni xal kilinishiga oxir maqsad deb karash kerak emas. Gap shundaki, jamiyatni izdan chikarishga olib keluvchi yirik guruxlar o’rtasida konfliktlarni bir oddiy sababga ko’ra fakat salbiy ko’rsatkich sifatida asosiy insoniy kadriyatlar darajasiga bir ma’noda joylashtirish mumkin emas; ular ( muayyan sharoitlar mavjudlida) fakatna buzgnchi funksiyani emas, shu bilan birga barcha ijtimoiy-siyosiy barkarorlikni saklovchi funksiyani xam bajarishlari mumkin.
Aslida manfaatlar o’xshashliga yoki farklanishiga asoslangan to’knashuvning tabiiyli va mukarrarli tan olinishi xakida tezisga tayanadigan bo’lsak, ochik namoyon bo’ladigan ziddiyatlar ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash nuktai nazaridan yetarli darajada foydali bo’lishi mumkin. Muammo tanglikni olib tashlash, konfliktning o’zini bartaraf etishda emas, balki uning rivojlanishi bilan boglik xavfni iloji boricha kamaytirishda, ya’ni to’knashuvlarni maxorat bilan boshkarishdadir. Bunday yondoshuv rakibda ko’rolmaydigan dushmanni emas, balki bo’lgsi sherik (xamkor)ni ko’rishga majbur etadi.
Bu xususda konfliktolok nazariya eskalasiya va deeskalasiyaga yo’naltirilgan xarakatlar konfliktlarni yumshatish ishida natijali bo’lishga imkon beruvchi turli sharoitlarni ko’shimcha tadkik etish zarurlini ko’rsatadi. Konfliktni xal etish bilan boglik yondoshuv metodlari konflikt xolatlari, bu konfliktni xal etishning extimol tutilayotgan okibatlari xakida ko’shimcha bilimlarni talab etadi.
Totuvlikning goyaviy asosi bu davlat xokimiyatida ko’p ukladli iktisod konsepsiyasidir. Mulkchilik va xokimiyatni kayta taksimlash ikki ukladning mavjud bo’lishiga olib keladi: davlat va bozor mulkchili. Bunday xolatda davlatning o’zi so’zsiz tarzda kuchli bo’lib kolaversada, uning funksiyalari torayadi. Qonun doirasida amalga oshiriladigan mulk va xokimiyatning kayta taksimlanishi konfliktni yumshatadi. Iktisodiyotning davlat va xususiy mulkchilik sektorlari orkasida turgan yirik ijtimoiy guruxlar aloxida faoliyat ko’rsatadilar va bir-birlari bilan asosan rakobatlashuvchi tovar ishlab chikaruvchilar sifatida to’knashadilar. O’tish davri xarajatlari shu tarika nisbatan makbul mikdorgacha kamaytirilishi mumkin.
Xalqaro konfliktlarni xal qilish. Xalqaro konfliktlarni xal etish bir muncha murakkab xisoblanadi. Ular an’anaviy ravishda rakobat va zo’rlik bosh, muxim rol o’ynaydigan davlatlararo keskinlashgan munosabatlardan iborat. Bu yerda ko’pincha irkiy, sinfiy va guruxiy, milliy, xududiy va boshka manfaatlar chambarchas ko’shilib ketadi. Kurashga turli xil xukumat va xususiy tashkilotlar, ijtimoiy xarakatlar jalb kilinadi.
Keyin o’n yillikda xalqaro konfliktlarni tushunishda jiddiy o’zgarishlar kuzatildi. Mavjud ziddiyatlarni tinch yo’l bilan o’zaro makbul va keng kamrovli vositalar yordamida xal qilish mumkinli xakida goya vujudga keldi va keng tarkaldi. Bu goya tinch yo’l bilan yechimlarni axtarib topishni ilgari surar ekan, uning o’zi konfliktologiya nazariyasining rivojlanishi va amaliy maqsadlar uchun ijobiy va foydalidir.
Tinch yo’l bilan xal etish usulini tanlashda ochik namoyon bo’ladigan ziddiyatlarning kat’iy chegaralarini bellash maqsadga muvofikdir, chunki yashirin ziddiyatlarga karaganda ularni boshkarish yenl kechadi. Bundan tashkari, rakibga va konfliktning xar kanday ishtirokchisiga dushman sifatida emas, balki xamkor (sherik) sifatida karash kerak.
Xalqaro konfliktlarda yanlikni odatda ikki yondoshuvni tushunish bilan farklaydilar.
An’anaviy yondoshuv konflikt nezida yotgan ziddiyatlarni xal qilish bilan boglik. U jaxonda yuz beruvchi o’zgarishlarni yetarli darajada aks ettirgan ijtimoiy nazariyalar bilan muvofiklashtiriladi. Ikkinchi yondoshuv keyin yillarda ishlab chikilgan. U umumiy ko’lamda tinchlikni barkarorlashtirishga, shuningdek, kurolli konflikt imkoniyatlarining o’zini cheklashga karatilgan “tinchlik yaratuvchilik” goyalari bilan boglik. Kurolli konfliktlar extimolini cheklashga karatilgan tinchlikni o’rnatuvchi usullari o’z ichiga konfliktlarga yo’l ko’ymaslikning institusional usullarini kidirish va rivojlantirishni oladi. Bu yondoshuv davlatlar va xalqlar o’rtasida munosabatlarning bo’lgsi andozalari uchun ayniksa ma’kuldir. U kisman amalda sinalgan (Serbiya va Xorvatiya, Gruziya va Janubiy Osetiya, Kiprda grek va turk jamoalari chegaralariga tinchlikparvar ko’shinlarning kiritilishi va b.) va nisbatan bo’lsada xam o’z samarasini ko’rsatgan.
Muzokaralar yuritish konfliktlarni xal qilish usuli sifatida. Taraflar karama-karshilini bartaraf etishning barcha usullari ichida muzokaralar eng samarali xisoblanadi. O’zaro ta’sir etishning muzokaraviy tipi uchun taraflarning ko’zlangan natijaning xech bo’lmaganda biror kismiga erishishga, muayyan kompromissga borishga bo’lgan intilishlari xosdir. Muzokaralar jarayoni kuyida sharoitlar bo’lganda boshlanishi mumkin: 1) taraflar ziddiyatli manfaatlardan tashkari axamiyatli umumiy manfaatlarga xam ega bo’ladilar ; 2) taraflar o’zlari uchun foydali bo’lgan muayyan bitim yoki bir xil tushunishga erishishning imkoniyati bor deb xisoblaydilar ; 3) ular o’zaro koniktiruvchi karorlarni izlashda muzokaraga kirishadilar1.
Muzokaraviy jarayondan samarali foydalanishga misol bo’lib Dnestr bo’yida konfliktli vaziyat xisoblanadi. Bunda karama-karshi kurashuvchi taraflarni vaktinchalik bo’lsa-da kelishtirishga erishilgan, okibatda kon to’kishlar oldi olingan. Chechenistonda esa, bunday muzokaraviy jarayon ko’llanilmagan.
Konfliktni o’chirish uchun taraflar nizoli masalalar xakida va keyin kanday bo’lishlari xakida kelishib olishlari kerak. Bunda nizo predmeti kanchalik anik va kat’iy bellansa, konfliktni uzil-kesil xal kilinishining imkoniyati shunchalik ko’p bo’ladi.
Muzokaralar o’z ichiga xarakatlarning turli tiplarini oladi: iltimoslar, talablar, takliflar, va’da berishlar, rad etish va x.
Kishilik jamiyati butun tarix davomida muzokaralar yuritishning boy tajribasini to’plagan. Bu tajribaning shakllanishida nafakat siyosatchilarning, shuningdek, ekspertlar , jurnalistlar, boshka-ruv soxasi mutaxassislari , olimlarning xam katta xissasi bor. So’ng o’n yillik esa ularni yuritishning ayrim koidalari va tartiblarini tadkik etish davri bo’ldi. Muzokaralarning elementlari: uning taraflari, bevosita ishtirokchilari, predmeti, o’zaro kommunikasiya kanallari, axborot aniklandi. Ko’pchilik tadkikotchilarning fikriga ko’ra, axborotning yetishmovchili ishtirokchilarning shubxalanishiga va ishonmasliga, ya’ni konfliktning chukurlashuviga olib keladi. Shuningdek, muzokaralarning borishi va natijalarini baxolash mezonlarini ishlab chikishda kiyinchiliklar xam mavjud. Umuman olganda ishtirokchilarning xatti-xarakati mavjud vaziyatga, shuningdek, ularning ta’lim va madaniy darajasiga, irodaviy va boshka shaxsiy xususiyatlariga boglik.
Menejmentga bashlangan ishlarda katta e’tibor ishlab chikarish konfliktlarini xal qilish muammolariga karatilgan. Bu yerda muzokaralarga tayyorgarlik ko’rishning o’zi o’ta muximdir. Unga rakib (muzokaralar bo’yicha xamkor) , uning shaxsiy xususiyatlari, extimolli argumentlari xakida ma’lumotlarni yish kiradi. Muzokaralar vaktida konfliktning keskinlashuviga karshi ta’sir ko’rsatuvchi xatti-xarakat yo’nalishi tavsiya etiladi. Bunda asosiy koidalar juda oddiydir : 1) bir-birlarining huquqlarini tan olish; 2) sherik tomonni batafsil tinglash; 3) sherik tomon nuktai nazari tushunilganlini namoyish etish ; 4) konfliktning sherik taraf tomonidan kanday qabul kilinayotganlini aniklash; 5) muxokama predmetini kat’iy shakllantirish; 6) umumiy nuktai nazarni kayd etish; 7) taraflarni nima ajratayotganlini aniklash; 8) shundan so’ng konflikt mazmunini kaytadan tasavvur etish; 9) umumiy karorni topish ; 10) yakdillik va farklarni kayd etib , umumiy karorni qabul qilish.
Muzokaralar yakunlanishida yuz berishi mumkin bo’lgan tipik xatolar va xatto or okibatlar kuyidalar bo’lishi mumkin, ya’ni:
-sherik taraf o’zining yanglishganlini rakibining xatosi deb biladi;
-sherik taraf o’z manfaatlarini kisman yashiradi;
-sherik taraf zaruriyatsiz “urush xolati”ni qabul qilishi yoki mudofaaga kirishishi mumkin;
-sherik taraf o’z ustunlini tan olishni talab kiladi;
-eski arazlar yodga olinadi, rakibning zaif tomonlariga e’tibor karatiladi;
-muzokaralar nixoyasida “golib” va “ma¦lub” e’lon kilinadi.
Muzokaralarda tanglik manbalari ko’pincha fakat uning ishtirokchilari tasavvurlaridana mavjud bo’ladi. “Soxta” konfliktlarni xal qilish xakikiy konfliktlarga nisbatan kiyin bo’ladi. Fakat malakali olib borilgan muzokaralarna bunday “konflikt-sharpalar”ni kun tartibidan chikarishi mumkin, bu esa xakikiy mavjud konfliktlarning xal etilishini ma’lum darajada yenllashtiradi.
Muzokaralar ishtirokchilar o’rtasida ishonchning mustaxkamlana borishi bilan yanada yaxshilanishi mumkin.
Mexnat va xalqaro konfliktlar , boshkarma tizimida konflikt-larni xal qilishga taallukli muzokaralarni yuritish bo’yicha ko’pna tavsiyalar amerikalik tadkikotchilar tomonidan ishlab chikilgan:
1) muzokaralar tartib asosida va ish moxiyati bo’yicha olib borilishi kerak;
2) muammoni tomonlarning bir xil tushunishlariga erishish va shundan so’ng uni birga xal etishga erishish;
3) kishilarga ularning muammolaridan aloxida xolda karash, munosabatlarni yaxshilash, ishontirishga intilish muxim;
o’z karashlarinzni asoslantiruvchi adolatli yondashuvdan foydalaning. Ma’kullamasanz xam boshkalar tomonidan bildirilgan fikrlarni xurmat kiling;
nimaga intilayotganlinzni yoddan chikarmang, xayollarga ko’p berilmang.
Konfliktni xal etish usuli sifatida muzokaralarning muximlidan tashkari ularning jiddiy cheklanganlini xam aytish joiz. Muzokaralar yordamida doim xam xar kanday konflikt asosida yotgan obyektiv ziddiyatlarni zaiflashtirish yoki yo’kotishning iloji yo’k. Birok, ular avval kelishmovchiliklarni yensh mumkin bo’lmagan joylarda foyda berishi shubxasizdir.
Ba’zida o’zaro ta’sirning muzokaraviy tipi kurashga xam aylanishi,xususiy sabab asosida muzokaralar orkali yanada chukur kelishmovchiliklar yoki subyektlardan birining yanada chukur e’tirozlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday kurash predmeti bo’lib, muzokaralar predmetini tashkil kiluvchi kelishmovchiliklar emas, balki, masalan muzokaralar natija bermasa, yashirin kelishmovchiliklar bo’lishi mumkin.
Garovga olish bilan boglik muzokaralar.
Endi konfliktlarning eng keskin va xavfli turlarida, aynan garovga olishda muzokaralarni yuritish bo’yicha ¦arb mutaxassislarining ba’zi tavsiyalariga to’xtalamiz.
Garovga olishda muzokaralarda kuyida xolatlar chukur tahlil etilishi va e’tiborga olinishi kerak: 1) garovga oluvchilar shaxsi xususiyatlari; 2) garovga olish motivlari va jinoyatchilar maqsadlari; 3) garovga oluvchilarning yakin va uzok vaktga mo’ljallangan xatti-xarakatlari; 4) ular bilan muzokaralar yuritishning kelishilgan tartibi; 5) muzokara yurituvchi shaxs va psixolog-maslaxatchini tanlash; 6) muzokara yurituvchilar, raxbariyat va yorib kirish guruxi o’rtasida kat’iy o’zaro ta’sirni tashkillashtirish.
Ko’rsatilgan vaziyatda muzokaralarning bosh vazifalari kuyidalardir: a) garovga olinganlar xayoti; b) garovga oluvchilarni tutish; v) mulkni kaytarish yoki ximoya qilish.
Muzokaralar predmeti kuyidalardir: garovga olinganlarni ozod etish shartlari; garovga olinganlar va garovga oluvchilar uchun ozik-ovkat maxsulotlari yetkazish; garovga oluvchilarga erkinlik berish shartlari; tovon to’lash xakida masala; muzokaralashuvchi taraflar o’rtasida o’zaro munosabatni shakllantirish xakida masalalar va x. Mutaxassislar garovga oluvchilarda kuchli ruxiy xolatni yo’kotishni muxim deb xisoblaydilar, chunki bu ular tomonidan kotilliklar yoki boshka kutilmagan xarakatlarni sodir etish extimolini kamaytiradi. Shu sababli muzokaralarni yakunlashga shoshilish va erishilgan barcha bandlarga kat’iy rioya etish tavsiya etiladi. Tavsiyalarda garovga olganlar bilan kanday mulokotga kirishish, uni kanday amalga oshirish, muzokara olib boruvchi shaxslar va mulokotning boshka ishtirokchilari kanday talablarga javob berishlari lozimli xakida maslaxatlar beriladi. Shubxasiz, muzokaralarni uzilish xavfi va garovga olinganlarni ozod etish uchun kuch ishlatish zaruriyatini doimo e’tiborga olish kerak.
Kuch ishlatish yo’llari qonun doirasida va kachonki tinch yo’l bilan xal etish samara bermagan xollardana ko’llanilishi mumkin. Kuch ishlatish shakllari turlicha, ular xar doim xam odamlarga jismoniy zarar yetkazishni nazarda tutmaydi, balki ommani sikib ko’yish, to’siklarni o’rnatish, boshlovchilarni tutish, “tinch yo’laklar”ni joriy etish va b.ni o’z ichiga oladi, bu vositalarning ko’plari BMT tinchliksevar kuchlari tomonidan Yevropa, Osiyo, Afrika va dunyoning boshka xududlarida muvaffakiyat bilan ko’llanib kelinmokda.
Ba’zida masalani kuch ishlatish yo’li bilan xal etish xavfining o’zi konfliktdan chikishga yordam qilishi mumkin.
4.Ijtimoiy tanglik.
Tushunchasi. Ijtimoiy tanglik moxiyatiga ko’ra bu borlikni qabul qilish va baxolashning o’ziga xos vaziyati, ijtimoiy ong va xulk-atvorning muayyan xolatidir. Odatda bunday vaziyat konflikt uchun xos. Ijtimoiy tanglik ko’lamlari koida bo’yicha konflikt ko’lamlari bilan kiyoslanadi va bellanadi. Shaxslararo, guruxlararo, millatlararo yoki jamiyatda umumiy tanglik xakida fikr yuritish mumkin.
«Ijtimoiy tanglik» atamasi huquq sosioloyasi, psixoloya, ijtimoiy falsafa, tarix va siyosiy fanlar kategoriyalari katoriga kiradi va unga fanlararo tushuncha sifatida karash mumkin.
Shunday kilib, ijtimoiy tanglik tabiiy yoki ijtimoiy muxit tazyiki ostida yuzaga keluvchi va muayyan vakt oralida davom etuvchi gurux yoki butun jamiyatning xissiy xolatidir. Insonlarga bo’ysunmaydigan tabiiy kuchlar ta’sirida (iklim o’zgarishi, resurslarning kamayishi, zilzila va b.) kishilarning odatda xolati keskin o’zgarishi mumkin.
Ijtimoiy tanglik esa, xar kanday boshka ijtimoiy xodisa kabi sharoit, vakt, joyning muayyan uygnliga amal kiluvchi umumiy va maxalliy shart-sharoitlar va sabablarga ega.
Ijtimoiy tanglikning eng umumiy shart-sharoitlari - bu butun axoli ommasi yoki uning ko’pchilik kismining extiyojlari, manfaatlari, kutilayotgan ijtimoiy yechimlari bilan ularning ama-liy kanoatlantirilishi o’rtasida yuzaga keluvchi va norozilikni kuchayishiga, aloxida shaxslar va guruxlar tajovuzkorlini ortishiga, ruxiy ko’z¦alish va asabiylikni keskinlashuviga olib keluvchi barkaror va uzok davom etadigan, xal kilib bo’lmaydigan vaziyat xisoblanadi. Boshkacha kilib aytganda, gap konfliktli vaziyatning axoli onda aks etishi xakida boradi.
Ijtimoiy konflikt jamiyatda kuyida kamida ikki xolat bo’yicha yuzaga keladi: birinchidan, odamlarning ko’pchili avvaliga o’zlarining ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, milliy, madaniy yoki boshka xayotiy muxim extiyojlari, manfaatlari va huquqlarining kondirilishi xavf ostida kolganlini yoki kondirish mumkin bo’lmaslini oz darajada anglagan bo’lsalar, ikkinchidan, mavjud ijtimoiy sharoitlarda o’z manfaatlarini amalga oshirish va o’z extiyojlarini kondirish imkoniyatiga ega bo’lmagan odamlarning nisbatan ozchilik kismi o’z huquqlarini kamsitishga yoki xakikiy (yoki soxta) to’siklarga karshi kurash boshlab, jamiyatda konikmaslik, ko’rkuv, tushkunlik, lokaydlik kabi kayfiyatlarni tarkatgan xollarda.
Ijtimoiy tanglik xar kanday xamjamiyat mavjudlining doimiy bo’lmasada, zarur xususiyatidir. Mikrodarajada inson uni kuchli xissiy xolat(stress) sifatida boshidan kechiradi, unga nisbatan “immunitet” ishlab chikaradi, shu bilan inson ijtimoiy madaniyatining zarur kismiga aylanadi. U yoki bu darajada va shaklda tanglik odamlarga butun xayotlari davomida xamkorlik kiladi.
Makrodarajada ijtimoiy tanglik ma’rifiy jarayonlarga kirib , butun jaxon xamjamiyatiga sinb boradi.
Olib borilgan tadkikotlar shuni ko’rsatadiki, ijtimoiy tanglik, eng avvalo, ijtimoiy-ruxiy va xulk-atvor darajalarida namoyon bo’ladi va kuyida xususiyatlar bilan xarakterlanadi :
- ijtimoiy xayotning xayotiy muxim soxalarida mavjud sharoit (vaziyat)lardan konikmaslik kayfiyatlarining yoyilishi (Sobik Ittifokda XX asr 90-yillarida ijtimoiy tanglik narxlarning keskin o’sishidan, inflyasiyadan, iste’mol bozorining tankislashuvidan, shaxsiy xavfsizlikning yo’klidan, atrof-muxitni ifloslanishidan konikmaslikda namoyon bo’lgan) ;
-xokimiyatga ishonchning yo’kolishi, xokimiyatning obro’sizlanishi, lokaydlik kayfiyatlari, turli mish-mishlarning tarkalishi. Butun jamiyatda, aloxida xududiy birlikda ommaviy ruxiy notinchlik, xissiy ko’z¦alish muxitini vujudga keltirish ;
- xulk-atvor darajasida ijtimoiy tanglik stixiyali ommaviy xarakatlar (vaximali extiroslar, «kora kun» uchun ozik-ovkat maxsulotlari va sanoat tovarlarini xarid qilish va b.) turli xil konfliktlarga, namoyishlar, ish tashlashlar, norozilik va bo’ysunmaslikning boshka shakllariga ko’shilib ketishida, boshka xududlarga yoki chet elga majburiy va ixtiyoriy ko’chib ketish kabi xarakatlarda namoyon bo’lishi mumkin;
- xududiy darajada ijtimoiy tanglik ko’pincha turli ijtimoiy-siyosiy tuzilmalarning omma orasida ta’sir ko’rsatish va xokimiyat uchun kurashda faollining o’sishi bilan, turli ekstremistik guruxlar faoliyati , jinoiy elementlar faolli ortishi bilan boglik bo’ladi.
5.Konflikt ishtirokchilarining ruxiyati.
Kichik va katta guruxlar darajasida, shuningdek, shaxs darajasida konfliktlar murakkab tabiatga ega va ularni fakatna obyektiv va subyektiv sabablar o’zaro ta’sirini e’tiborga olgan xolda tushuntirish mumkin.
Xar kanday jamiyatda shaxsiy yoki guruxiy konfliktlar fakat tashki (iktisodiy, ijtimoiy, madaniy va b.) sabablar bilan emas, shuningdek, shaxslar va guruxlarning ruxiy xususiyatlari bilan xam yuzaga keladi. Ko’pchilik tadkikotchilar konfliktning tashki va ichki (ruxiy) omillarini bir xil axamiyatda omillar deb karashga moyildir.
Konfliktli vaziyatlarni tahlil etishda va ularni tartibga solish bo’yicha amaliy choralarni bellashda ruxshunoslar uchun eng muxim narsa bu konfliktlilik darajasini ortishiga olib keluvchi shaxslar va guruxlar xulk-atvorining tipolok ruxiy xususiyatlarini aniklash xisoblanadi.
Xulk-atvor modelidan kelib chikib umumlashgan ko’rinishda konflikt ishtirokchilarining kuyida uch asosiy ruxiy tipi farklanadi :
1. Destruktiv(buzgnchi) tip. Subyektning bu ruxiy tipi konfliktni yuzaga keltirishga va uni to rakibini jismonan yo’k kilib yuborishgacha yoki to’la ma¦lub qilishgacha kuchaytirishga intiladi. Turmushda - bu xudbin, janjal va mojarolar tashabbuskori, muassa-sada - tuxmatchi, ig’vogar omma orasida - tartibsizliklar va buzgnchi xara-katlar boshlovchisidir. Agar shunday toifa shaxslar bo’lmaganida ko’pna konfliktli vaziyatlar tinch yo’l bilan xal etilishi mumkin bo’lar edi. Bu xolat so’ng vaktda dunyoning turli xududlarida bo’lib o’tayotgan millatlararo konfliktlar misolida yakkol ko’rinadi. Xalqaro maydonda xarakat kilayotgan bunday subyektlar xam ma’lum (S.Xuseyn, Ben Laden va va b.)
Konfliktli xulk-atvor o’z-o’zini nazorat kilmaslik okibatida kelib chikadi. Konfliktlarga moyil kishilar koidaga ko’ra, yenl ta’sirchan, kaxrli, ko’pol, o’tkir xissiyotlarga va tavakkal qilishga moyil bo’ladilar, uzokni ko’ra bilmaydilar.
2. Konstruktiv (ijobiy) tip. Bu tipda shaxslar konfliktdan kochishga, xar ikkala tomon uchun makbul karorni topishga intiladilar. Konstruktiv yondashgan odam vositachi yordamidan foydalanadi va tanglikni yumshatishga yo’naltirilgan xarakatlarni amalga oshiradi. Konstruktiv tip subyektlar muzokaralarni ishtiyok bilan olib boradilar, kelishmovchilik predmetini va uni tartibga solish yo’llarini oydinlashtirishga intiladilar.
3.Konform tip. Konfliktda bunday tip shaxs ko’prok yon berishni, kurashni davom ettirishdan ko’ra itoatkorlikni afzal ko’radi.
Ko’p xollarda xulk-atvorning komform modeli boshkalarning tajovuzkor xarakatlariga obyektiv yordam qilishi mumkin , masalan, subyektlar o’rtasida ziddiyatlar arzimagan sabablarga ko’ra vujudga kelgan bo’lsa. Bu xolda xulk-atvorning kompromiss yo’li - bu konfliktni to’xtatishning eng yaxshi usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |