REJA:
1.Karama-karshi kurashuvchi taraflar.
2.Konfliktning boshka ishtirokchilari: dalolatchi, yordamchi, tashkilotchi, vositachilar.
1.Karama-karshi kurashuvchi taraflar.
Konfliktning asosiy subyektlari bu karama-karshi kurashuvchi tomonlar xisoblanadi. Keng ma’noda bu konfliktga jalb kilinganlarning xammasi xam uning bevosita ishtirokchilari xisoblanmaslini anglatadi. Bu yerda konflikt dalolatchilari, guvoxlari, vositachilari, tashkilotchilari va boshka shaxslar nazarda tutiladi. Konfliktda ishtirok etuvchi tomonlar deb bir-biriga nisbatan faol (xujum yoki mudofaa shaklida) xarakatlarni amalga oshiruvchilar tushuniladi. Odatda konfliktda ikkita karama-karshi kurashuvchi tomonlar ishtirok etadilar, ba’zida xar biri o’z maqsad va vazifalariga ega bo’lgan uch va undan ortik tomonlar xam karama-karshi kurashuvchi taraflar bo’lishi mumkin.
Masalan, mexnat konfliktlarida xodimlar va ish beruvchilar ishtirok etadilar. Makrodarajada ishchilar manfaatlarini mexnat jamoalari, kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar ximoya qilishi mumkin. Ish beruvchilar tarafida turli tadbirkorlik va davlat tashkilotlari turishlari mumkin. Agar tomonlardan biri biror sababga ko’ra o’z faoliyatini tugatsa konflikt barxam topadi (yoki uning ishtirokchilari tarkibi o’zgaradi).
Muayyan shaxslararo konfliktda tomonlar bo’lib individlar maydonga chikadi va shu sababli ularning xar biri o’zgarmas xisoblanadi, ya’ni ularni boshkasi bilan almashtirib bo’lmaydi. Guruxiy konfliktda o’zgarmaslik shaxsga emas, balki guruxga nisbatan taalluklidir. Davlatlararo konfliktda esa o’zgarmaslik davlat nomidan xarakat kiluvchi mansabdor shaxs yoki organga emas, balki davlatning o’ziga nisbatan bellanadi.
Ba’zi mualliflar (F.Borodkin, N.Koryak) karama-karshi kurashuvchi tomonlarni kuyida tarzda darajalarga bo’lishni foydali deb xisoblaydilar: eng kuyi daraja - individ, keyinsi - gurux, jamoa, milliy tuzilma, ijtimoiy katlam, jamiyat, davlat. Bunday yondashuv unchalik to’g’ri emas. Ikkki shaxs o’rtasida konflikt o’zining moxiyati va fojiali tangliga ko’ra ba’zida guruxlar o’rtasida konfliktlarga karaganda ancha muxim bo’lishi mumkin. Gap subyektning kaysi darajaga mansublida emas, balki konflikt mexanizmida, uning yo’nalishi, karshi tomonlarning maqsadlarida va boshka ko’p xolatlardadir.
Kurashuvchi tomonlar turli darajalarga taallukli bo’lishi, ya’ni bir xil darajada bo’lmasliklari xam mumkin. Masalan, individ boshka shaxs bilan emas, balki gurux yoki davlat bilan konfliktga kirishishi mumkin. Davlatning o’zi ba’zida o’zining ten bo’lmagan sherik bilan, jamoat tashkiloti, siyosiy partiya, ekstremistlar guruxi va sh.k.lar bilan konfliktlashishi mumkin. Bunday konfliktlar institutlashtirilmagan shakllarda kechsa, odatda juda keskin, vaxshiy tus olishi, ba’zida zaif tomonning xalokati bilan tugashi mumkin.
Latent boskichda xamma vakt xam karama-karshi kurashuvchi tomonlarni aniklab bo’lmaydi. Birok, konflikt ochik shaklga o’tsa kurash ishtirokchilari xar taraflama aniklanadi.
Jinoiy jarayon tartibida ko’radigan bo’lsak, jinoyatchi ushlanmaguniga kadar u bilan odil sudlov organlari o’rtasida konflikt latent xarakter kasb etadi. Aybdor, albatta, o’zini konflikt tomoni sifatida ishtirokini shubxasiz biladi, birok, huquqni muxofaza kiluvchi organlar jinoyatni aynan kim sodir etganlini bilmasliklari mumkin. Jinoyatni ochish va aybdorni jazolash bo’yicha prosessual faoliyat gumondor ushlangandan so’ng latent boskichdan ochik ko’rinishga o’tganda konflikt oydinlashadi.
Karama-karshi kurashuvchi tomonlarning muxim xususiyatlari bo’lib, konflikt yakunini bellovchi ularning jismoniy, ijtimoiy, moddiy, intellektual imkoniyatlari, ko’nikmalari va maxoratlari xisoblanadi.
2.Konfliktning boshka ishtirokchilari: dalolatchi, yordamchi, tashkilotchi, vositachilar.
Konflikt karama-karshi tomonlarining rolidan farkli ravishda uning kiziktiruvchilari, yordamchilari, tashkilotchilari, vositachilari va sudyalarning roli asosan epizodik xususiyatga ega.
Dalolatchi(kiziktiruvchi) - bu bir tomonni konfliktga undovchi shaxs, tashkilot yoki davlatdir. Dalolatchining o’zi keyin bu konfliktda ishtirok etmasli mumkin, vazifasi boshka shaxslar (guruxlar) o’rtasida konfliktni yuzaga keltirish bilan bellanadi.
Yordamchi - bu o’z maslaxatlari, texnik, tashkiliy ko’ma va bosh-ka usullar bilan konfliktga yordam beruvchi shaxsdir. Xalqaro siyosatda kurolli konfliktga sabab bo’lgan boskinchiga yordam qilish tinchlikka karshi karatilgan jiddiy jinoyat deb baxolanadi. Mana shunday baxo tarix tomonidan II Jaxon urushi arafasida millatchi Germaniyaga Angliya va Fransiya tomonidan ko’rsatilgan yordamga berilgan edi («Myunxen bitimi»).
Tashkilotchi - bu konfliktni rejalashtiruvchi , uning rivojlanishini bellovchi, uni ta’minlash yo’llari va ishtirokchilarni muxofaza qilishni nazarda tutuvchi shaxsdir. Tashkilotchi bo’lib taraflardan biri yoki mustakil shaxs bo’lishi mumkin. Misol, V.Shekspirning «Otello» asarida Otello bilan Dezdemona o’rtasida fojiali konfliktda Yagoning o’zi ishtirok etmaydi, birok, uni xar tomonlama tashkil etadi.
Vositachilar fakat yuz berayotgan jarayonlar sabablari va sharoitlarini bilishga xarakat kilib kolmay(masalan, sudyalar shunday kiladilar), shu bilan birga konfliktni oldini olishga, uni to’xtatishga va xal qilishga xam urinadilar. Bu ma’noda vositachilarni konflikt ishtirokchilari deb xisoblash mumkin.
Amaliy konfliktologiyada vositachilik muammosi muxim axamiyatga ega. Muzokaralar yordamida kelishuvga erishishda konfliktlashuvchi tomonlarga yordam ko’rsatuvchi kat’iy xolis shaxs - vositachini nazarda tutgan tartib eng samarali xisoblanadi. Vositachilikning o’ziga xosli shundaki, tomonlar odatda kelishuv bitimini o’zlari tuzadilar. Vositachi birorta karor qabul qilishga vakolatli emas, balki uning yordamida erishilgan kelishuv tomonlarning keyin xarakatlarini bellab beradi.
So’ng yillarda millatlararo xududiy konfliktlarning ko’payishi munosabati bilan tinchliksevar kuchlar (BMT ko’shinlari) deb nomlanuvchi vositachilikka tez-tez murojaat kilinmokda, ko’p xollarda ular konfliktga bevosita ko’shiladilar. Kongo, Somali, sobik Yugoslaviya xududida bunday vositachilar orasida o’ldirilganlar va yarador bo’lganlar xam bo’ldi. Ta’kidlash kerakki, vositachilar sudyalar singari konfliktda karama-karshi kurashuvchi tomonlar xisoblanmaydilar, ularning maqsadlari diametral karama-karshi: konfliktni rivojlantirish emas, balki uni to’xtatish, ziddiyatni iloji boricha tinch yo’l bilan xal etish.
Vositachining kator xususiyatlarga ega bo’lishi talab etiladi; u dono va ijodkor, konfliktda barcha tomonlar uchun axlokiy jixatdan obro’li, xolis va savodxon shaxs bo’lishi kerak.
Konfliktlarni xal qilishning an’anaviy shakllariga taqqoslaganda (bevosita to’g’ri muzokaralar olib borish, tomonlarning maxfiy uchrashuvlari va b.) vositachilik kator afzalliklarga ega. Vositachini kurashuvchi tomonlarning o’zlari tanlaydilar, shu bois u tomonlarning o’zlariga karaganda muzokaralarni oson boshkaradi va nazorat kiladi va kulay axlokiy muxitni yarata oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |